Avtomatik liniyalar, sinflarga bo‘linishi va ularni loyihalash




Download 82.18 Kb.
bet1/3
Sana10.03.2024
Hajmi82.18 Kb.
#169711
  1   2   3
Bog'liq
AMALIY MASHG\'ULOT 3
1, Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy, IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik, 15-m.Tarmoq va Intemetda ishlashni tashkil qilish, 5-m.Kabellarning turlari va xususiyatlari

AMALIY MASHG‘ULOT-3
Avtomatik liniyalar, sinflarga bo‘linishi va ularni loyihalash.
Hozirgi zamon mashinasozligida turli yarim avtomatik va avtoma­tik dastgohlar keng qo'llaniladi. Mashinasozlikda avtomatlashtirish darajasini yanada rivojlantirish bosqichi—bu metall kesuvchi dastgohlar­dan avtomatik liniyalar va ular asosida avtomatik sex va korxonalar yaratishdir.
Avtomatlashtirilgan liniya—bu texnologik uskunalar majmuasi bo'lib, ular ishlov berish texnologik jarayoni ketma-ketligida o'rnatilgan va mexanizatsiyalashgan transport vositalari hamda yuklash qurilmalari bilan jihozlanagan va ularning barchasiga operatorlar xizmat ko'rsatadilar.
Avtomatik liniya (AL) deb texnologik uskunalarning shunday majmuasiga aytiladiki, bunda ular ishlov berish texnologik jarayonining ma'lum ketma-ketlikda o'rnatilgan va avtomatik transportyorlar bilan bog’langan hamda avtomatik yuklash-bo'shatish qurilmalari va bir umumiy boshqarish sistemasi yoki bir necha o'zaro bog’langan boshqarish sistemalari bilan jihozlangandir.
Atomatik liniyalar sistemasi—bu avtomatik liniyalar majmuasi bo'lib, ular ishlov berish texnologik jarayonining ma'lum ketma-ketlikda o'rnatilgan, jarayonning avtomatik transport qurilmalari bi­lan biriktirilgan va o'zaro bog’langan boshqarish sistemalari bilan jihozlangandir.
Avtomatik liniyalarning afzalliklari: ish sharoiti yengillashadi va ish unumdorligi keskin ortadi, ishlab chiqarish maydonlariga va yordamchi transport vositalariga ehtiyoj kamayadi, ishlab chiqarish siklining vaqti qisqaradi, ishlab chiqarishning tugallanmagan hajmi ka­mayadi, ishda ishlab chiqarishning qat'iy ritmi ta'minlanadi.
Avtomatik liniyalarning kamchiliklari: liniyalarni boshqa detalga yoki boshqa texnologik jarayonga qayta sozlash uchun ko'p mehnat talab qilinishi; biror dastgoh yoki boshqa tur uskunaning nobopligi tufayli liniya tarkibidagi dastgohlardan foydalanish koeffitsiyentining pasayib ketishi; avtomatik liniyalarga xizmat ko'rsatuvchi sozlovchilar yuqori kvalifikatsiyaga ega bo'lishlarining zarurligi; zagotovkalarga ularning o'lchamlari muayyan va materialining bir turda bo'lishi bo'yicha nisbatan yuqori talablar qo'yilishi va boshqalar.

Download 82.18 Kb.
  1   2   3




Download 82.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatik liniyalar, sinflarga bo‘linishi va ularni loyihalash

Download 82.18 Kb.