168
Ma’mun akademiyasi 1004- 1005 yillarda Xorazmda yaratilgan bo‘lib,
O‘rta Osiyo tarixida birinchi akademiyadir. Akademiyaning “Ma’mun”
deyilishining sababi Ma’muniy xorazmshohlar davrida (997-1017) ularning
homiyligida tashkil qilingan va ilmiy ish olib borgan. Akademiya faoliyatining
1017 yilda to‘xtatilish sababi Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’munning isyonchilar
tomonidan o‘ldirilishi bo‘ldi. Shundan so‘ng akademiya homiysiz va qarovsiz
qolib, akademiya olimlari ilmiy ish uchun tinch sharoit qidirib,
birin-ketin
tarqalib ketdilar.
1004 yildan boshlab Gurganjda “Darul Hikma va maorif” ilmiy
tashkiloti faoliyat ko‘rsata boshlagan. Bu ilmiy tashkilot ko‘p jihatdan Platonning
Afinadagi Akademiyasini va Bog’doddagi “Bayt -ul hikma” akademiyasiga
o‘xshagan Xorazm Ma’mun akademiyasida o‘sha davrning eng ko‘zga
ko‘ringan ensiklopedist olimlari va mutafakkirlari xizmat qilganlar. Ular
qatorida quyidagi yirik tadqiqotchilarni sanab o‘tish mumkin:
Abulhayr ibn
Hammar, Jurjoniy, Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad ibn Muhammad as -
Sahiy, Xorazmiy va boshqalar. Bular o‘sha davr sharoitida haqiqiy ilmu-
fanlarning mashhur kimyogarlari, tabiatshunoslari, tibbiyotchilari,
matematiklari,
astronomlari, muhandis olimlari, mantiqshunoslar, faylasuflar,
tarixchilar,
geograflar va boshqa sohalarning atoqli vakillari yig‘ilgan edilar.
BMT ning Yunesko tashkiloti O‘zbekiston Respublikasining taklifi
bilan 2005 yilda Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi anjumanini o‘tkazish
to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘zbekiston ushbu tantanalar doirasida Xorazm
Ma’mun akademiyasini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
169
Xorazm-Amudaryo mintaqasi filiali sifatida qaytadan tikladi. 1997 yil 11
noyabrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti
I.A.Karimovning “Xorazm Ma’mun akademiyasini tiklash to‘g‘risida”gi
Farmoniga binoan bu akademiya o‘z tarkibida arxeologik, til va adabiyot,
biologiya bo‘limlarini tashkil qildi hamda o‘z ajdodlarining nomi va ruhiga
loyiq ish olib borishga intilmoqda.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.
2. Ularning asosida ilmiy sharh yozing.
3. Ma’mun akademiyasida xizmat qilgan yirik olimlar haqida ma’lumot
tayyorlang.