172
Og‘zaki chiqishning asosiy tamoyillari (ilmiy konferensiyada ma’ruza qilish)
MAQOLA
Matnni yozishda eng qiyin tomoni maqolaning
eng muhim qismi - uning
boshlanishi hisoblanadi. Odatda, dastlabki iboralar sodda, mazmunan siqiq, oddiy
va beo‘xshov tuyuladi. Ruhan tushkunlikka tushmang,
xavotir olmang va davom
eting. Kerakli birinchi ibora beshinchi yoki o‘ninchi marotabasida paydo bo‘ladi va
avvalgi barcha narsalarni yo‘q qilishingizni osonlashtiradi. Hech qachon maqolani
"Ma’lumki,….." so‘zlari bilan boshlamang. Hech qachon "Bu …. bilan
bog’liq"("Bu ….. bilan izohlanadi") kabi birikmalardan foydalanmang.
Maqolani boshidan yozishni boshlash shart emas.
Oxiridan boshlang
-
xulosa qismidan boshlash, ishning asosiy natijalari va xulosalarini
tavsiflash juda
oson. Rasm osti yozuvlar va adabiyotlar ro‘yxatini tuzish ham oson emas.
Maqolaning boshqa bo‘limlarini yozing va uni boshidan qayta ko‘rib chiqing.
Qiyinchiliklar yana paydo bo‘ladi, lekin ularni yengish osonroq bo‘ladi.
Maqolaning birinchi sahifasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
1. Maqolaning to‘liq nomi.
2. Qisqartirilgan nomi (kolontitullar uchun).
3. To‘liq elektron pochta manzili(lari) bo‘lgan muallifning(lar) ismi-sharifi.
Jamoaviy ishlar uchun - muallifning ismi, uning manzili bo‘yicha
o‘quvchilar bilan yozishmalar ochiladi.
4. Maqolalar uchun 80 so‘zdan ko‘p bo‘lmagan hajmdagi referat yoki texnik
eslatma uchun qisqa annotatsiya.
5. Grafika va jadvallar (alohida varaqlarda)
matndan keyin joylashtiriladi,
ularning matndagi o‘rni chetdagi maydonlarda belgilanadi.
Adabiy iqtiboslar birinchi muallif bo‘yicha (jamoaviy ish uchun) va nashr
etilgan yili bo‘yicha alifbo tartibida beriladi.
Ikki nusxadagi matn chizmalari bilan qog‘oz ko‘rinishida
va fayllar shaklida -
diskda tahririyatga topshiriladi.
O‘quvchi ishning darajasi va sifatini deyarli bir zumda kirish,
xulosa va
adabiyotlar ro‘yxati orqali aniqlashi mumkin. Tabiat chiroyli va uyg‘undir.
173
Tadqiqotchi tabiiy qonuniyat va jarayonlarni tushunishga qanchalik yaqin bo‘lsa,
uning ishi shunchalik chiroyli bo‘ladi.
Maqolada ushbu go‘zallik ishni tushunishga yordam beruvchi o‘zining
tuzilishi (qurilishi), fikrlash mantig’i, tilning ravshanligi va shakllanishi, chizma va
jadvallardan foydalanishda namoyon bo‘ladi. O‘rganilayotgan muammo qanchalik
muhim va jiddiy bo‘lsa, ishning dolzarbligini asoslash shunchalik qisqa bo‘ladi:
bilim hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, kamroq miqdordagi ramziy vositalar uni ifoda
eta oladi.
Maqola aniq tuzilishga, ichki bo‘limlarga (kichik bo‘limlar) ega bo‘lishi
kerak.
Shunday qilib, birinchi navbatda ishning