174
Agar siz aytmoqchi bo‘lgan bir nechta savolingiz bo‘lsa, unda siz bir nechta
maqola yozishingiz kerak, chunki asosiy qoida bunday bo‘ladi: bir maqola bitta
fikr; agar maqolada uchta fikr bo‘lsa, unda uchchalasi yo‘qoladi".
Annotatsiya qismidanoq (referatda) o‘quvchini maqolani o‘qishi
kerakligiga ishontirish kerak. Xulosani
shunday bayon qilish kerakki, u darhol
ularni o‘zlashtirib, ularning yuqori amaliy (bilim) qimmatini qadrlashi kerak.
Har bir bo‘lim yoki paragraf shunday qurilishi kerakki, o‘qishning boshlanishi
asosiy ma’lumotlarni berishi lozim. Eksperimentga (daliliy ma’lumotlarga) alohida
ye’tibor bering. Nazariy natijalar eksperimental ma’lumotlar
bilan tasdiqlangan
bo‘lsa, ayniqsa ishonchli.
Maqolaning oxirgi qismi - barcha ishlarning aralashmasi. U ikkita kichik
bo‘limdan iborat (ular maxsus sarlavhalar bilan ajralib turmaydi). Birinchi kichik
bo‘lim – bu tasdiqlovchi - maqolaning tuzilish qismini yakunlashga xizmat qiladi.
Unda siz belgilangan vazifalar hal etilganligini va ishning maqsadiga
erishilganligini ko‘rsatasiz.
Bu yerda siz muvaffaqiyatni ta’minlaydigan va yangi natijalarga erishishga imkon
beradigan o‘z tadqiqotingizning qo‘yilishi, metodikasi
yoki texnologiyasining
o‘ziga xosligini ta’kidlaysiz. Ikkinchi kichik bo‘lim – natijaviy - analitik. Unda siz
ish natijalarini, ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini aytib o‘tasiz va sharhlaysiz.
Maqolaning avvalgi bo‘limlaridan olingan alohida iboralar so‘zma-so‘z
takrorlanishi mumkin.
Nihoyat, agar iloji bo‘lsa (buni har doim ham imkoni bo‘lmaydi), ilmiy
mazmunni yoki olingan natijalardan kelib chiqadigan mazmunni shakllantirishga
harakat qiling. Ilmiy mazmun - ma’lum bir hodisa yoki qonuniyatning mohiyatini
(mexanizmini, jarayonini, tabiatini) ijobiy ochib beruvchi batafsil ibora.
Agar siz o‘z natijalaringizni umumlashtirish darajasiga ko‘tarilmasangiz va
daraxtlar ortida o‘rmonni ko‘rmasangiz,- ilmiy mazmun sizning o‘rningizga
boshqa birov tomonidan shakllantiriladi. Bu siz muallif bo‘lmagan
boshqa
maqola bo‘ladi.