• Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
  • Kurs ishi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin
  • Matn yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/150
    Sana09.10.2024
    Hajmi7,1 Mb.
    #274172
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   150
    Bog'liq
    Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

    Matn yuzasidan savol va topshiriqlar 
    1. Matnni o‘qing. 
    2. Matndan ilmiy uslubga xos atamalarni ko‘chirib yozing. 
    3. Ushbu matnga ilmiy sharh yozing.
     
    5- topshiriq. 
    O‘zingiz bilim olayotgan fan yo‘nalishini yoki yoqtirgan 
    mutaxasisligingizni ta’riflab matn yarating. Unda asoslar, dalillar keltirishni 
    unutmang. 
     


    164 
    17-mavzu. Ilmiy uslub janrlari. Kurs ishi 
     
     
    Nazariy ma’lumot. 
     
     
     
    Kurs ishi - oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari 
    tomonidan amalga oshiriladigan vazifa, odatda ikkinchi yoki 
    uchinchi kurslarda referatlar shaklida, katta kurslarda—tadqiqot 
    ishi shaklida bajariladi. Ko‘pincha kurs ishlari mutaxassislik 
    bo‘yicha asosiy bo‘lgan fanlardan amalga oshiriladi

     
    Kurs ishi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: 
    1. titul sahifasi; 
    2. mundarija; 
    3. kirish; 
    4. asosiy qism; 
    5. amaliy qism; 
    6. xulosa; 
    7. adabiyotlar ro‘yxati; 
    8. ilovalar. 
    Kirish
    . Kirish qismida ilmiy tadqiqot metodologik apparati aks ettirilgan. 
    Bu kurs ishini himoya qilish uchun tayyorlangan kengaytirilgan annotatsiya 
    shaklida tuzilgan kirishning asosini tashkil yetadi. 
    Kirish matni odatda mavzuni tanlash va uning ahamiyatini asoslash bilan 
    boshlanadi. Mavzuning dolzarbligi hozirgi vaqtda va ushbu vaziyatda ushbu 
    muammoni hal qilish uchun uning ahamiyati (vazifa, savol) darajasidir. Mavzuni 
    tanlash va uning dolzarbligi isbotlanishi kerak. 
    Tanlangan mavzuning 
    dolzarbligi 
    asosida tadqiqotning maqsadi va uning 
    muammolari, obyekti va mavzusi shakllantiriladi. 


    165 

    Download 7,1 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   150




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish