129
4. To‘rt so‘zdan iborat gap
5. Birinchi so‘zga sinonim
3-topshiriq
.
Essening kirishi, odatda, nimadan iborat bo‘ladi?
1) Quyidagi ro‘yxatga e’tibor bering va ulardan
Essening kirish qismi uchun
zaruriy punktlarni tanlang.
2) Quyidagilarning qaysi biri asosiy va qaysi biri ixtiyoriy bo‘lishini tanlang.
Kirishning tarkibiy tuzilishi.
Tarkibiy qism
Ha/yo‘q
Sarlavhadagi notanish so‘zning ta’rifi
Essening predmeti haqidagi fikringiz
Mavzu bo‘yicha o‘qigan
manbalaringizni keltirib o‘tish
Kitobxonni qiziqtirish uchun fikr yoki
savol
Buni yozishdan sizning maqsadingiz
Sizning savolga javob berishga
moslashgan uslubingiz
Mavzu haqida
qisqa holat
O‘zingiz o‘rnatgan chegara
4-topshiriq.
Qor haqida maʼlumot
130
Barcha faslning oʻziga xos oʻrni va gashti boʻlganidek, qish fasli ham garchi
kunlar sovuq boʻlsa-da oʻz ziynati oppoq qorlari bilan ajralib turadi. Qish fasli
deganda kishi koʻz oldiga hamma taraf oppoq qor bilan burkangan goʻzal va
betakror manzara gavdalanadi. Qor donalariga etibor
bersangiz ularni nihoyatda
rang barang va xilma-xil ekanligiga guvoh boʻlasiz. Goʻyoki ulkan isteʼdod sohibi
boʻlgan mohir ustaning betakror sanʼat asaridek. Xoʻsh qor oʻzi qanday paydo
boʻladi? Nima sababdan qor boʻlaklari bir birini takrorlamas geometrik shakllarga
ega? Qor ham yomgʻir doʻl va boshqa yogʻinlar singari atmosfera yogʻinlaridan
biridir.
Qor ham xuddi yomgʻir kabi atmosferaga bugʻlanib koʻtarilgan suv
tomchilaridan paydo boʻladi. Qorning yomgʻirdan
farqli tomoni shundaki, qor
havo harorati 0 C° dan past boʻlganida yogʻadi. Atmosferaga koʻtarilgan suv
bugʻlari atmosferada sovib oʻta kichik suv kristallchalariga aylanadi. Kristallchalar
hajmi bulut ularni tuta olmaydigan darajaga yеtganidan soʻng yеrga yogʻa
boshlaydi, yеr yuzasidagi harorat 0 C° yoki undan past boʻlganida kichik
kristallchalar muzlab bir biriga urilib yopishib kattalashib boradi. Muzlagan
kristallchalar yigʻilib qor donalarini hosil qiladi.
Qor donalarining hajmi
millimetrning maʼlum bir ulushidan santimetrgacha yеtadi. Qorning hajmi
yomgʻirga nisbatan yеngil shuning uchun ham qor yomgʻir
singari shiddat bilan
yogʻmaydi. Bazan shamol oqimi boʻylab havoda uchib yuradi.
Qor donalari yumaloq yassi ignasimon koʻrinishga ega, ammo har qanday
holatda ularning qirralari olti burchakdan oshmaydi. Qor donalari hamisha goʻyoki
bir xildek tuyuladi ammo ayni bir xil koʻrinishga ega
qor donalarini topish amri
mahol. Qor donalari nafis geometrik shakllarni oʻzida namoyon etadi, aslida muz
kristallchalari bulutda paydo boʻlgan vaqtida bunday koʻrinishga ega boʻlmaydi.
Muz kristallchalari yеrga tushgunga qadar bir biriga urilib yopishib shunday
betakror shakllarni mujassamlashtiradi.