Mavzu: Borland C++ Bulder bosh menyusi va uskunalar paneli. Reja: Borland C++ Bulder haqida. Bulder bosh menyusi




Download 18.87 Kb.
Sana27.02.2024
Hajmi18.87 Kb.
#163298
Bog'liq
20 Mavzu Borland C Bulder bosh menyusi va uskunalar paneli.
1-topshiriq psixologiya, 1, Metallurgik pechlarda qo\'llaniladigan o\'tga bardosh materiallar, Gravitatsiya usulda boyitish haqida umumiy ma’lumotlar

Mavzu: Borland C++ Bulder bosh menyusi va uskunalar paneli.

Reja:
1. Borland C++ Bulder haqida.
2. Bulder bosh menyusi.
3. Bulder uskunalar paneli.

Komponentlar to‘plamida ob’ektlar guruhlar buyicha alohida sahifalarga bo‘lingan. To‘plamda Standard, Additional, Dialogs va ho kazo sahifalar yig‘ilgan. Agar siz bu nomlarning ixtiyoriysini bossangiz, shu guruh ob’ektlari joylashgan sahifaga o‘tishingiz mumkin.


Masalan, siz formaga TEdit ob’ektini tashladingiz; siz uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishingiz va uning o‘lchamlarini o‘zgartirishingiz mumkin. Boshqa ko‘pchilik ob’ektlar bilan ham xuddi shunday ishlarni amalga oshirish mumkin. Lekin, dastur bajarilishida formada ko‘rinmaydigan (TMenu yoki TdataBase kabi) ob’ektlar o‘z ko‘rinishini o‘zgartirmaydi.
Formalar dizayneridan chap tomonda siz ob’ektlar inspektorini ko‘rishingiz mumkin. Bu oynadagi ma’lumotlar formada tanlangan ob’ektning tipiga qarab, o‘zgarib borishiga e’tibor bering. Har bir komponent bu ob’ektdir, va uning ko‘rinishi hamda harakatini ob’ektlar inspektori yordamida o‘zgartirish mumkinligini unutmang.
Ob’ektlar inspektori.
Ob’ektlar inspektori joriy ob’ektning harakatlarini aniqlash uchun ikki sahifadan tashkil topgan. Birinchi sahifa – xususiyatlar ro‘yxati bo‘lsa, ikkinchisi ob’ektning holatlari ro‘yxatidir. Joriy ob’ektning biror tomonini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, siz albatta Ob’ektlar inspektoriga murojaat qilishingiz kerak. Misol uchun siz TLabel elementining nomini o‘zgartirishingiz, yoki uning Caption, Left, Top, Height, va Width kabi xususiyatlari yordamida joylashishini o‘zgartirishingiz mumkin.
Ob’ektlar inspektori oynasining quyi qismidagi sahifa nomlaridan ob’ektlarning xususiyatlari va holatlari oynasiga o‘tish mumkin. Holatlar sahifasi dastur matni muharriri bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, undagi holatlarning ixtiyoriysiga sichqonchani ikki marta bossak, ob’ektning shu holatiga tegishli dastur sarlavhasi muharrirda paydo bo‘ladi va sizga shu holatda bajariladigan ishlarni dastur ko‘rinishida yozish imkoniyati beriladi. C++ Builder bu imkoniyatini keyinoq to‘liq ko‘rib o‘tamiz.
C++ Builder dasturlash muhitining yordam tizimi
C++ Builder muhitining oxirgi muhim qismi bu yordam tizimidir (on-line help). Bu vositaga murojaat qilish uchun avval menyu satridan Help so‘ngra Contents buyug‘ini tanlash kerak. Ekranda ko‘rsatilgan - ixtiyoriy ma’lumotni tez topish yordam tizimi namoyon bo‘ladi.
C++ Builder yordam tizimi.
Yordam tizimi joriy holatga bog‘liq hisoblanadi, ya’ni siz F1 tugmasini bosishingiz bilan joriy holatga mos ma’lumotni olishingiz mumkin. Masalan, Ob’ektlar inspektorida biror xususiyatni tanlab, F1 tugmasini bossak – joriy xususiyatning qo‘llanilishi haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz
Qo‘shimcha elementlar.
Bu bo‘limda biz asosan dasturlash uchun yordamchi hisoblangan uchta qo‘shimcha elementlar haqida gapiramiz:
–Menyu (Menu System)
–Tezkor murojaat tugmalari (SpeedBar)
–Rasmlar muharriri (Image Editor)
Menyu C++ Builder ning eng tezkor va moslashuvchan vositasidir, chunki, undagi buyruqlarni tezkor tugmalar yordamida ham bajarish mumkin. Menyuning qulayligi shundaki, bu yerda tugmachalar va belgilardan farqli ravishda aniq so‘zlar ishlatiladi.
SpeedBar bevosita menyunig quyi qismida, komponentlar to‘plamidan chap tomonda joylashadi.
Tezkor murojaat tugmalari (SpeedBar)
Keltirilgan Rasmlar muharriri Windowsdagi Paint dasturi kabi ishlaydi. Siz bu ob’ektga Tools menyusning Image Editor buyrug‘ini tanlash bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Rasmlar muharriri
Endi dasturchilar C++ Builder da ko‘p qo‘llaydigan elementlar bilan tanishib o‘tamiz.
Instrumental vositalar
Yuqorida ko‘rib o‘tilganlardan tashqari C++ Builder tarkibida yana beshta vosita mavjud. Ular quyidagilar:
–Ichki dastur nazoratchisi
–Tashqi dastur nazoratchisi
–Buyruq satri kompilyatori
–WinSight
–WinSpector
Bu vositalarning alohida guruhga bulinganligi ularning boshqalaridan ko‘ra kamroq amamiyatga molik ekanligida emas, balki, ular dasturlash jarayonida ancha mavhum texnik vazifalarni bajarishidadir.
C++ Builder da kuchli dasturchi bo‘lish uchun siz C++ Builder dastur nazoratchisi qanday tuzilganligini bilishingiz kerak. Nazoratchi sizga yozilgan dasturni qadamba-qadam tekshirish, bir martada dastur matnining bir qatorini bajarish va dasturdagi uzgaruvchilar qiymatlarini alohida ko‘rish oynasi (Watch)da kuzatish imkonini beradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan besh elementdan eng muhimi bo‘lgan ichki dastur nazoratchisi dastur matni muharriri oynasida ishlaydi. Tashqi dastur nazoratchisining ichkidan farqi u ancha tez va kuchliligidadir. Lekin uni ishlatish uchun avval C++ Builder muhitidan chiqish kerak.
Endi Kompilyatorlar haqida gaplashaylik. Tashqi kompilyator DCC.EXE deb nomlanadi, u asosan dasturni tashqi dastur nazoratchisi yordamida o‘tqazishdan oldin ishlatiladi. Lekin ko‘pchilik dasturchilar o‘z dasturlarini C++ Builder muhitining o‘zida nazoradan o‘tkazadilar.
WinSight va WinSpector Windows muhitida kuchli dasturchilar uchun qiziqarli hisoblanadi. Bu vositalar ikkilamchi hisoblanadi va faqat tor texnik maqsadlarda ishlatiladi.
Bu ikki vositadan WinSight ancha foydaliroq. Uning asosiy vazifasi Windows tomonidan yuborilayotgan xabarlardan sizni voqif qilib turishdir. C++ Builder malakasiz foydalanuvchilardan bu tizimning murakkab qismlarini yashirishga mo‘ljallangan bo‘lsada, Windows holatlarni boshqarish mumkin bo‘lgan tizim sanaladi. C++ Builder sizga Windowsning hamma xabarlariga javob berish imkoniyatini beradi. Natijada, malakali foydalanuvchilarga WinSight zarur bo‘lib qoladi.

Download 18.87 Kb.




Download 18.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Borland C++ Bulder bosh menyusi va uskunalar paneli. Reja: Borland C++ Bulder haqida. Bulder bosh menyusi

Download 18.87 Kb.