• Dasturlash muhiti tuzilishi.
  • Dasturlash mu hitining asosiy tashkil etuvchilari.
  • Mavzu: Borland C++ Builder – Windows uchun ilovalar. Reja: Borlandning hususiyatlari. Borlandda dasturlash muhiti tuzilishi




    Download 24.65 Kb.
    bet1/2
    Sana24.02.2024
    Hajmi24.65 Kb.
    #161819
      1   2
    Bog'liq
    19 Mavzu Borland C Builder – Windows uchun ilovalar.
    beta1, matematika 1qism 5 uzb, task 1, 3-MI, Test2 javoblari, vATANGA SADOQAT, Vaqt shamoldek uchmoqda, автоматик тизимларни лойихалаш, 3 курс МСТА 8 маъруза, 1- amaliy (4), t-2, O. M. Ayubov tomonidan yozilgan bitiruv malakaviy ishi kirish, 2, Tarmoq ma’lumotlari modelining afzalliklari va kamchiliklari (1), Taşıt - Vikipedi, maktablarda-fizika-fanidan-masalalar-yechishda-zamonaviy-yondashuv-va-tavsiya-etiladigan-metodlar

    Mavzu: Borland C++ Builder – Windows uchun ilovalar.
    Reja:
    1. Borlandning hususiyatlari.
    2. Borlandda dasturlash muhiti tuzilishi.
    3. C++ Builder dasturlash muhitining windowsda ishlashi.

    C++ Builder bu yuqori sifatga ega bo‘lgan dasturlar yaratish vositasidir. C++ Builder ni yuklash uchun kamida 4MB tezkor xotiraga ega bo‘lgan 386 kompyuter kerak bo‘ladi. Lekin normal ishlash uchun kamida 8MB tezkor xotiraga ega bo‘lgan 66MHz li 486DX kompyuteri to‘g‘ri keladi.. C++ Builder da yaratilgan uncha katta bo‘lmagan dasturlar ixtiyoriy kompyuterda ishlay oladi. Boshqacha qilib aytganda ularga C++ Builder muhiti uchun zarur bo‘lgan tezkor xotira va protsessor tezligi talab qilinmaydi.


    Dasturlash muhiti tuzilishi.
    C++ Builder dasturlash muhitining tashqi ko‘rinishi Windowsda ko‘rish mumkin bo‘lgan boshqa dasturlash muhitlari ko‘rinishidan farq qiladi. Masalan, Borland Pascal for Windows 7.0, Borland C++ 4.0, Word for Windows, Program Manager – bularning barchasi MDI dasturlari hisoblanadi va C++ Builder ga o‘xshamaydi. MDI (Multiple Document Interface) – bitta asosiy oynaning ichida bir nechta quyi tipdagi oynalarni boshqarishni bildiradi.
    C++ Builder muhiti esa, Single Document Interface (SDI) deb nomlanuvchi boshqa xususiyatga amal qiladi va alohida joylashgan bir nechta oynadan iborat.
    Agar siz C++ Builder ga o‘xshash SDI dasturlardan foydalansangaz, boshqa dasturlar oynalari uni yopib qo‘ymasligi uchun ularni pastga tushirib qo‘yish kerak. Agar boshqa dasturga o‘tish zaruriyati tug‘ilib qoladigan bo‘lsa, C++ Builder dasturi bosh oynasidagi kichraytirish tugmasini bosish kifoya.
    Dasturlash muhitining asosiy tashkil etuvchilari.
    Quyida C++ Builder ning asosiy tashkil etuvchilari keltirilgan:
    1. Formalar dizayneri (Form Designer)
    2. Dastur matni muharriri (Editor Window)
    3. Komponentlar to‘plami (Component Palette)
    4. Ob’ektlar inspektori (Object Inspector)
    5. Yordam tizimi (On-line help)
    C++ Builder ning bulardan tashqari sizga dasturlash muhiti va dasturni sozlash uchun xizmat qiluvchi tizim menyusi, uskunalar chizgichi kabi boshqa vositalari ham bor.
    C++ Builder da dasturchilar ko‘p vaqtlarini Formalar dizayneri va Dastur matni muharriri orasida o‘tish bilan o‘tkazadilar. Siz dasturlashni boshlashdan oldin shu ikki muhim elementni ajrata olishingizga ishonch hosil qiling.

    Formalar dizayneri. Dastur matni muharriri


    C++ Builder dagi Formalar dizaynerining tuzilishi shu qadar oddiyki, dasturning tashqi ko‘rinishini yaratish bolalar o‘yiniga o‘xshab ketadi. Formalar dizayneri dastlab oddiy bo‘sh oynadan iborat bo‘ladi va siz uni keyinchalik komponetlar to‘plamidan olingan ob’ektlar bilan to‘ldirishingiz mumkin.
    Formalar dizaynerining muhimligiga qaramasdan, dasturchiliarning ko‘p vaqtlari Dastur matni muharririda kechadi. Chunki bu yerda dasturning asosiy kodi (ish bajaruvchi qismi) yoziladi.
    Komponentlar to‘plami sizga formalar dizayneriga o‘rnatish va dasturning tashqi ko‘rinishida ishtirok etuvchi ob’ektlarni tanlash uchun xizmat qiladi. Komponentlar to‘plamidan foydalanish uchun avval kerakli ob’ekt ustiga sichqonchani bosing va so‘ngra formalar dizayneriga sichqonchani bosish bilan tanlangan ob’ektni formaga qo‘yishingiz mumkin.
    Komponentlar to‘plami.
    Komponentlar to‘plamida ob’ektlar guruhlar buyicha alohida sahifalarga bo‘lingan. To‘plamda Standard, Additional, Dialogs va ho kazo sahifalar yig‘ilgan. Agar siz bu nomlarning ixtiyoriysini bossangiz, shu guruh ob’ektlari joylashgan sahifaga o‘tishingiz mumkin.
    Masalan, siz formaga TEdit ob’ektini tashladingiz; siz uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishingiz va uning o‘lchamlarini o‘zgartirishingiz mumkin. Boshqa ko‘pchilik ob’ektlar bilan ham xuddi shunday ishlarni amalga oshirish mumkin. Lekin, dastur bajarilishida formada ko‘rinmaydigan (TMenu yoki TdataBase kabi) ob’ektlar o‘z ko‘rinishini o‘zgartirmaydi.
    Formalar dizayneridan chap tomonda siz ob’ektlar inspektorini ko‘rishingiz mumkin. Bu oynadagi ma’lumotlar formada tanlangan ob’ektning tipiga qarab, o‘zgarib borishiga e’tibor bering. Har bir komponent bu ob’ektdir, va uning ko‘rinishi hamda harakatini ob’ektlar inspektori yordamida o‘zgartirish mumkinligini unutmang1.
    Ob’ektlar inspektori.
    Ob’ektlar inspektori joriy ob’ektning harakatlarini aniqlash uchun ikki sahifadan tashkil topgan. Birinchi sahifa – xususiyatlar ro‘yxati bo‘lsa, ikkinchisi ob’ektning holatlari ro‘yxatidir. Joriy ob’ektning biror tomonini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, siz albatta Ob’ektlar inspektoriga murojaat qilishingiz kerak. Misol uchun siz TLabel elementining nomini o‘zgartirishingiz, yoki uning Caption, Left, Top, Height, va Width kabi xususiyatlari yordamida joylashishini o‘zgartirishingiz mumkin.
    Ob’ektlar inspektori oynasining quyi qismidagi sahifa nomlaridan ob’ektlarning xususiyatlari va holatlari oynasiga o‘tish mumkin. Holatlar sahifasi dastur matni muharriri bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, undagi holatlarning ixtiyoriysiga sichqonchani ikki marta bossak, ob’ektning shu holatiga tegishli dastur sarlavhasi muharrirda paydo bo‘ladi va sizga shu holatda bajariladigan ishlarni dastur ko‘rinishida yozish imkoniyati beriladi. C++ Builder bu imkoniyatini keyinoq to‘liq ko‘rib o‘tamiz.
    C++ Builder dasturlash muhitining yordam tizimi
    C++ Builder muhitining oxirgi muhim qismi bu yordam tizimidir (on-line help). Bu vositaga murojaat qilish uchun avval menyu satridan Help so‘ngra Contents buyug‘ini tanlash kerak. Ekranda ko‘rsatilgan - 
    Download 24.65 Kb.
      1   2




    Download 24.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Borland C++ Builder – Windows uchun ilovalar. Reja: Borlandning hususiyatlari. Borlandda dasturlash muhiti tuzilishi

    Download 24.65 Kb.