• Maxsus simvollar
  • Page Maker dasturini ishga tushirish
  • Dosument Setup
  • 31-mavzu: Pagemaker dasturi va unda ishlash asoslari




    Download 181,28 Kb.
    Sana17.11.2023
    Hajmi181,28 Kb.
    #100739
    Bog'liq
    31-mavzu


    31-mavzu: Pagemaker dasturi va unda ishlash asoslari
    Reja;
    • Page Maker dasturini ishga tushirish
    • Xotiradagi hujjatni o`qish
    • Yo`naltiruvchi chiziqlar va koordinata chizg`ichlarini akslantirish
    • Simvollarni formatlash

    Page Maker dasturi uchun matnni ixtiyoriy matn muharririda tayyorlash mumkin. Matn muharrirlari matnni kiritish, tahrirlash va formatlash uchun maxsus tuzilgan dasturdir. Lekin bu muharrirlar yordamida bir sahifada turli shriftlarda yozish qiyinchilik tug`diradi, yoki matnning bir qismini ramkaga olish yoki bo`lmasa ustunlar orasida vertikal chiziqlar chizish kabi ishlarni bajarisn mumkin emas. Nashriyot dasturlari esa matnni formatlash uchun maxsus tuzilgandir. Bu dastur turli matn muharrirlarida tayyorlangan matnlarni qabul qilib, sahifaning yakuniy ko`rinishni tayyorlaydi. Matnni tahrir qilishda o`zingiz yaxshi bilgan ixtiyoriy matn muharriridan foydalanishingiz mumkin. Microsoft Windows ga tegishli Write dasturi matnni tahririash uchun juda qulaydir. Matnni tayyorlashda Word muharririning imkoniyati kengroqdir. Word muharriri Windows bilan ishlashga, ham Page Maker dasturi bilan ishlashga moslashtirilgandir
    Kompyuter xotirasiga yozilgan matnni ko`zdan kechirib o`qib chiqish ko'p vaqt talab qilmaydi. Ko`pgina matn muharrirlari sintaksis xatolarni tekshitruvchi dasturlarni o`z ichiga oladi. Tayyorlangan matnni nashriyot dasturiga tuzatishdan oldin albatta uning xatolarini tekshirish lozimdir. Chunki, nashriyot dasturida tuzatilgan matnni qayta matn muharririga uzatish mumkin emas, Word matn muharririda turli shriftlardan foydalanish imkoniyati bor. Shuning uchun matnni tahrirlab bosib chiqarishda shu matn muharrirlaridan foydalanish mumkin.
    Page Maker dasturi matn muharririda yuborilgan sahifa raqamlari, kolontitul va matnning o`ng chegarasi kabi formatlash elementlarini qabul qilmaydi. Lekin quyidagilami qabul qiladi:
    • shriftlar (garnitura va kegl), interlinyaj, bosh harf va kichik harflar. qo`shtirnoq va tire simvollarini avtomatik ravishda moslashtiradi;
    • matn muharririda o`rnatilgan chap chegara o`zgarishsiz qoladi. Page Maker matn satrini ustun kengligida ajratadi;
    • matnning chap va o`ng chegaralari Page Maker dasturi o`rnatgan ustunlar chegarasiga asosan hisoblanadi. Misol uchun, matnli faylda chap chegara 1 duym qilib berilgan bo`lsa, u holda Page Maker matnni joylashtirishda ustunning chap tomonidan 1 duym joy qoldiradi;
    • Enter yoki Return klavishalari paragraming oxiri deb qabul qilinadi;
    • tabulatsiyaning ichki simvollari matnni yoki jadval ustunlarini tekislash uchun ishlatiladi. Page Maker da ustunning l ta satridagi tabulatsiya simvollarining soni 20 tadan oshmasligi kerak. Har bir qatorning oxiri karetkani qayrish simvoli bilan belgilanadi.

    Siz ishlatgan shrift o`rnatilgan printerda bo`lmagan taqdirda Page Maker dasturi o`sha shriftni eslab qoladi. Matnni bosib chiqarishda o`sha shriftga ko`rilishi yaqin bo`lgan shrift ishlatiladi. Keyinchalik esa printemi almashtirib kerakli shrift bilan matnni bosib chiqarish mumkin.
    Page Maker 2 Mbaytgacha bo`lgan matnii fayllarni qabul qiladi, lekin vaqtdan yutish maqsadida katta hajmli fayllarni hajmi 64 Kbaytgacha bo`lgan bir nechta fayllarga bo`lish tavsiya qilinadi. Windows muhitidagi Clipboard sohasi 64 Kbaytgacha bo`lgan fayllar bilan ishlashga mo`ljallangandir. Matnlarni ko`pincha Page Maker dasturining o`zida formatlash qulay hisoblanadi.
    Maxsus simvollar
    Ba`zi bir maxsus simvollar kompyuter klaviaturasida bo`lmasa, siz uni Page Maker dasturida yoki Windows muhitidagi matn muharririda kiritishingiz mumkin. ANSI Windows simvollar to`plamidagi ixtiyoriy simvol Alt klaviaturasini bosib turgan holda 0 raqamini va ANSI simvolining kodini kiritish orqali kiritiladi. Maxsus simvollarga savdo markazining belgisi, mualliflik huquqi belgisi, boblar va paragraflarni belgilash belgisi, ochilgan va yopilgan qo`shtirnoqlar, poligrafik tire va milliy alifbening o`ziga xos maxsus belgilari kiradi. Agar shu ishlatilayotgan matn muharririda bu belgilar bo`lmasa, ularga joy tashlab ketishingiz va original-maketni tayyorlayotgan vaqtda Page Maker dasturida kiritishingiz mumkin.
    • Page Maker dasturini ishga tushirish

    • Buning uchun WINDOWS tizimida ish stolida sichqoncha yordamida Pusk bo`limiga bosaladi, dasturlar ro`yhatidan Adobe bo`limiga tegishli Page Maker nomini tanlanib sichqoncha chap knopkasini bitta bosiladi.
      Page Maker (PM) dasturi ishga tushgach, yangi hujjat tayyorlashga kirishamiz. Buning uchun File (fayl) tavsiyanomasini ochib, undagi New (Новый - yangi) buyrug`ini tanlaymiz. Ekranda Document Setup (hujjat parametrlari) muloqot oynasi paydo bo`ladi.

    Bu oyna elementlari yordamida hujjat sahifalarining soni, o`lchamining qiymatlari kiritiladi. Target Printer resolution (Разрещение – bosib chiqaruvchi qurilma klaviyatura) parametri yordamida bosib chiqaruvchi qurilmaning turiga qarab, kerakli qiymat o`rnatiladi: agar bu ish suratli terish avtomatida bajarilsa, qiymati 2450 bo`lishi mumkin, agar lazerli printer bo`lsa, qiymati 300 yoki 600 bo`lishi mumkin. Bosib chiqaruvchi qurilma turini nashr qilinadigan sahifani tayyorlashdan oldin aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bu ishni Dosument Setup (Параметры документа - hujjat parametrlari) muloqot oynasidagi Compose to printer (parametr uchun tayyorlash) ro`yxati yordamida bajararniz. Ayrim hollarda bunday qurilma lazerli printer bo`lishi mumkin. Lekin ko`p hollarda yuqori sifatli surat teruvchi avtomatdan foydalaniladi. Bosib chiqaruvchi qurilmani oldindan aniqlash RM dasturi uchun kerakli shrift garnituralari va ranglar haqida ma'lumot beradi. Agar qurilma turi davomida o`zgartirilsa, nashr qilinayotgan sahifaning umumiy ko`rinishi o`zgarib ketishi mumkin. Muloqot oynasida hamma parametrlarni o`rnatib bo`lgach OK klaviaturasida sichqoncha knopkasini bitta bosiladi. Ekranda toza sahifa ko`rinishi paydo bo`ladi.
    Download 181,28 Kb.




    Download 181,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    31-mavzu: Pagemaker dasturi va unda ishlash asoslari

    Download 181,28 Kb.