• https://doi.org/10.5281/zenodo.7393521 Annotatsiya.
  • Kalit so’zlar
  • Ключевые слова
  • Maktablarda fizika fanidan masalalar yechishda zamonaviy yondashuv va tavsiya etiladigan metodlar




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana13.11.2023
    Hajmi0.58 Mb.
    #97901
      1   2
    Bog'liq
    maktablarda-fizika-fanidan-masalalar-yechishda-zamonaviy-yondashuv-va-tavsiya-etiladigan-metodlar
    beta1, matematika 1qism 5 uzb, task 1, 3-MI, Test2 javoblari, vATANGA SADOQAT, Vaqt shamoldek uchmoqda, автоматик тизимларни лойихалаш, 3 курс МСТА 8 маъруза, 1- amaliy (4), t-2, O. M. Ayubov tomonidan yozilgan bitiruv malakaviy ishi kirish, 2, Tarmoq ma’lumotlari modelining afzalliklari va kamchiliklari (1), Taşıt - Vikipedi


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    776 
    MAKTABLARDA FIZIKA FANIDAN MASALALAR YECHISHDA ZAMONAVIY 
    YONDASHUV VA TAVSIYA ETILADIGAN METODLAR 
    Yusupova Yulduz Soporboyevna 
    TDPU 2- kurs magistiri, Chilonzor tumanidagi 173- umumta'lim maktabining fizika fani 
    o'qituvchisi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7393521 
    Annotatsiya. Mazkur maqolada umumta’lim maktablaida fizika fanini o‘qitish hamda 
    o’qitilishda duch keladigan asosiy muammolar, shuningdek, ularning yechimlariga alohida 
    to’xtalib o’tilgan.
    Kalit so’zlar: texnik taraqqiyot, metodlar, innovatsion usullar, zamonaviy fizika. 
    СОВРЕМЕННЫЙ ПОДХОД И РЕКОМЕНДУЕМЫЕ МЕТОДЫ РЕШЕНИЯ ЗАДАЧ 
    ПО ФИЗИКЕ В ШКОЛЕ 
    Аннотация. Данная статья посвящена основным проблемам, возникающим при 
    преподавании и изучении физики в общеобразовательной школе, а также их решениям. 
    Ключевые слова: технический прогресс, методы, инновационные методы, 
    современная физика. 
    MODERN APPROACH AND RECOMMENDED METHODS FOR SOLVING 
    PROBLEMS IN PHYSICS IN SCHOOLS 
    Abstract. This article focuses on the main problems encountered in the teaching and 
    learning of physics in secondary schools, as well as their solutions. 
    Keywords: technical progress, methods, innovative methods, modern physics. 
    Umumta‘lim maktablaida fizika fanini o‗qitish holati, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot 
    talablariga ko'ra, o‗qilayotgan predmetlarning metodologik masalalariga yetarli darajada e'tibor 
    berishni taqozo qilmoqda, Buning muhimligi shundaki, rivojlangan ilmiy predmetlarning. 
    jumladan, barcha tabiiy fanlarning metodologik muammolari, ularning o'zlarida bevosita aks 
    etgan. Respublikamizda ta'lim tizimi o'zining yangi takomillashtirish bosqichida turibdi. 
    Zamonaviy fizika fanini rivojlanish darajasi, uni o‗qitishning ta'lim berish, tarbiyalash va 
    rivojlantirish funksiyalarining samaradorligiga, ilmiy bilish metodlarini ongli va mustahkam 
    egallaganiga bog‘liqdir.
    Alohida ta‘kidlab o‘tish kerakki, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2021 
    yildagi «Fizika sohasidagi ta‘lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-
    tadbirlari to‗g‗risida» gi PQ-5032-son qaror bilan 2021−2023 yillarda Fizika fanlari bo‗yicha 
    ta‘lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta‘minlash 
    bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Hozirgi jamiyatda har bir insonning 
    muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun fizikadan sifatli bilimga ega bo‗lishi davr talabi 
    hisoblanadi. Fizika ilmiy — texnika taraqqiyoti va tabiiy–ilmiy bilimlarning asosi hisoblanadi. 
    Mamlakatimizning XXI asrdagi muvaffaqiyoti, tabiat resurslaridan samarali foydalanish, 
    ekologik muammolarni yechish, kosmosni o‗zlashtirish, mudofa salohiyati, texnika va 
    energetikaning rivojlanishi, fan manbalari uchun materiallar hamda zamonaviy texnologiyalarni 
    yaratish kabi barcha yo‗nalishlar fizika fani va fizika ta‘limi darajasiga bog‗liq. Fizikadan davr 
    talablariga mos ravishdagi bilimlarga ega bo‗lmasdan Vatanimiz ijtimoiy–iqtisodiy 
    rivojlanishining uzoq muddatli maqsadi va vazifalarini yechishda erishib bo‗lmaydi. 
    Mamlakatimizning rivojlanishi va hozirgi davrda texnologik jadal taraqqiyotga erishishda fizika 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    777 
    ta‘limi va fizikaning fan sifatida rivojlanishiga mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanishga 
    asosiy e‘tibor qaratilishi lozim. Hozirgi kunda ham fizika fani umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida 
    eng muhim va asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Shunday bo‗lsada, umumiy o‗rta ta‘lim 
    makablarida fizika ta‘limini rivojlantirish va uni o‗rganish bilan bog‗liq bir qator muammolar 
    mavjud bo‗lib, ushbu muammolarni quyidagi asosiy guruhlarga birlashtirish mumkin.
    Maktab fizika xonalarini asbob va uskunalar bilan ta‘minlanish muammosi–o‗quv 
    dasturlarida berilgan barcha namoyishli tajribalar, uy sharoitida bajarilishi mumkin bo‗lgan 
    tajribalar bo‗lib, XXI asr fan–texnika taraqqiyoti darajasidagi laboratoriya ishlari va namoyish 
    tajribalari ko‗rsatilishi va bajarilishi uchun zarur laboratoriya va multimediya asbob va 
    uskunalari yaratilishi va fizika laboratriyasida mavjud bo‗lishi lozim. Zamonaviy kompyuterlar, 
    shu jumladan, Internet tarmog‗i ta‘limda fizikani o‗rganishda bir qator ijobiy xususiyatlarga ega. 
    Xususan, animatsion fizik modellar bilan o‗qitish dasturlari, kompyuterda namoyish etiladigan 
    videolavhalar, avtomatlashtirilgan laboratoriya qurilmalari va boshqalar uzluksiz ta‘lim tizimida 
    fizika fanini o‗qitishni zamonaviy darajasini oshiradi. Davlat ta‘lim standarti nafaqat ta‘lim 
    mazmunini balki o‗qitishning rejalashtirilgan natijalarini, axbortlashgan ta‘lim muhitiga ma‘lum 
    talablarni joriy qilishning tarkibiy qismi bo‗lib, moddiy–texnik va axborot bilan ta‘minlashi 
    hisoblanadi. Jumladan, ushbu sharoitda olingan u yoki bu ta‘lim natijalari, ta‘lim dasturi 
    mazmuniga bog‗liq.
    Muhim muammolardan yana biri–fanlararo ichki bog‗lanishning yetishmasligidir. Ya‘ni, 
    fizikani o‗rganishni amaldagi 6–sinfdan emas, 7–sinfdan boshlash maqsadga muvofiq shunda 
    fanlararo o‗zaro ichki bog‗lanish yuzaga kelib, uzluksiz va uzviylik prinsipi asosida 
    tayyorlangan fizika ta‘limi o‗quv dasturi va darsliklari yaratiladi. Natijada, umumiy o‗rta ta‘lim 
    maktablarida fizikaning mexanika, molekular fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika, 
    kvant fizikasi elementlari kabi bo‗limlari o‗quvchilarning bilish imkoniyatlariga moslashtirilgan 
    ma‘lumotlar o‗rganiladi. Bunda fizikaning har bir bo‗limi ―o‗z‖ tushuntirish apparatiga ega 
    bo‗lib, ko‗pchilik fizik hodisalarni sifatli qarab chiqishda ularning ko‗pincha takrorlanish 
    imkoniyatlarini chegaralaydi. Natijada moddiy olam jarayonlari va ob‘ektlari o‗rtasidagi tabiatda 
    mavjud ichki bog‗lanish o‗quvchilar uchun aniq bo‗lmagan bo‗lib, ular diqqatidan chetga 
    qolishga sabab bo‗ladi.
    Kadrlar muammosi ham mavjud bo‗lib, Oliy ta‘limni bitiruvchilari pedagogik 
    yo‗nalishda kerakli pedagogik institutlarda pedagogik bilim va ko‗nikmalarga ega emaslar. 
    Fizika va pedagogik mutaxasisliklar intelektual o‗sishiga qodir emas umumiy o‗rta ta‘lim 
    muassasalarida pedagog va fizika fani o‗qituvchisi talablariga javob bera olmaydi. Natijada, 
    umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida fizika fani o‗qituvchilari yetishmaydi. Konsepsiyaning 
    maqsadi va vazifalari. O‗quvchilar uchun fizikani o‗rganish tushunarli va ichki intiluvchan 
    jarayon bo‗lishi talab etiladi. Buning uchun atrofdagi olamning universal tadqiqot metodlarini 
    o‗zlashtirish, ushbu fanning tamoyillari va asosiy qonunlarini mohiyatini tushunadigan fizika 
    tilini mukammal egallagan o‗quvchi va o‗qituvchiga yordam beradigan mexanizmlar ishlab 
    chiqilishi kerak. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari fizika ta‘limi nafaqat kelgusida fizikani 
    professional kasb qilib olgan mutaxasisga zarur, balki o‗z kelajagini oldindan ishonchli aniq 
    to‗g‗ri harakat va samarali aytib bera oladigan va o‗ylaydigan har qanday madaniyatli inson 
    uchun zarur. Fizikani o‗qitish va o‗rganish o‗quvchilarni fizikadan olgan bilimlarini amaliyotga 
    va boshqa sohalarda qo‗llashga tayyorgarliklarini ta‘minlaydi. Shuningdek, boshqa fanlarni 
    mazmuniga va o‗qitishda, o‗quvchilarning intellektual tayyorgarliklariga ta‘sir qiladi. Ushbu 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    778 
    konsepsiyaning maqsadi– mamlakatimiz umumiy o‗rta ta‘lim maktablari fizika ta‘limi saviyasini 
    hamdo‗stlik va rivojlangan mamlakatlar umumiy o‗rta ta‘lim maktablari fizika ta‘limi darajasiga 
    olib chiqishga yordam beradi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
    – jamiyat va ta‘lim oluvchilar talablari bilan muvofiq ravishda fizika ta‘limi o‗quv 
    dasturi mazmunini takomillashtirish; 
    – har bir o‗quvchi uchun asosiy bilimlarni egallashni ta‘minlash, o‗qituvchilar uchun 
    tashxis qilishning avtomatlashtirilgan tizimini taqdim etish; 
    – umumiy o‗rta ta‘lim maktablari fizika xonasi va laboratoriyasida namoyish va 
    laboratoriya asbob va uskunalari bilan ta‘minlash, fizika ta‘limi o‗quv dasturini amalga oshirish 
    uchun zarur axborot resurslari bilan shu jumladan, elektron formatda pedagog va ta‘lim 
    oluvchilarning faoliyatlarini optimallashtirsh va ta‘lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni 
    qo‗llash;
    – fizika o‗qituvchilari kasbiy sifatini oshirish mexanizmi yordamida ularning moddiy va 
    ijtimoiy qo‗llab, jahon va hamdo‗stlik davlatlari fizika ta‘limini pedagogik fani yutuqlari va 
    zamonaviy ta‘lim texnologiyalari, ular tomonidan o‗z shaxsiy pedagogik yondashuvlari va 
    mualliflik dasturlarini yaratish va amalga oshirish;
    Dars jarayonida o‗quvchilarning darslik bilan mustaqil ishlashlari katta e‘tibor qaratilishi 
    kerak. Darslik bilan ishlash jarayonida o‗rganilgan hodisa va jarayonlarni tushunish, material 
    ichidan mantiqan bog‗liqlikni tushunish va ko‗rish, matndan asosiy materialni ajratish 
    ko‗nikmasini shakllantirish zarur. Asosiy o‗quv material o‗quvchilar tomonidan dars jarayonida 
    o‗zlashtiilishi zarur. Ushbu holat esa o‗qituvchidan har doim dars o‗tish metodikasini o‗ylab 
    tashkil etishni talab qiladi. Yuqori sinflarda o‗quv materialini suhbat shaklida yoki ma‘ruza 
    shaklida o‗quv muammolarni ilgari surish orqali bayon qilish maqsadga muvofiq bo‗ladi. O‗quv 
    eksperimentidan keng foydalanish (namoyish tajribalari, frontal laboratoriya ishlari, shu 
    jumladan qisqa muddatli) o‗quvchilarni mustaqil ishlashi. Darsning asosiy vaqti yangi mavzuni 
    mustahkamlashga va tushuntirishga bag‗ishlangan bo‗lib, o‗quvchilar bilimini nazorat qilish va 
    takrorlash usullarini takomillashtirish zarur. Bularning hammasi tayanch vazifani yechishga — 
    fizika darsi samaradorligini oshirishga yordam beradi. Agar ushbu konsepsiyaga oid muammolar 
    batafsil ijobiy xal etilsa prezidentning fiziklar oldiga qo‗ygan vazifalarni bajarish imkoniyati 
    tug‗iladi.

    Download 0.58 Mb.
      1   2




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktablarda fizika fanidan masalalar yechishda zamonaviy yondashuv va tavsiya etiladigan metodlar

    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish