|
Crocodile Physics dasturi xaqida. Simulyatorlar bilan ishlash. Crocodile Technology dasturiy haqida
|
bet | 1/5 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 413,73 Kb. | | #118269 |
Bog'liq crocadiledocx
Fizikaviy jarayonlarni Crocodile Technology/Physics pedagogic dasturiy vositasida modellashtirish.
Reja:
1. Crocodile Physics dasturi xaqida.
2. Simulyatorlar bilan ishlash.Crocodile Technology dasturiy haqida.
3. Crocodile Chemistry dasturi haqida.
Crocodile ICT dasturi haqida.
4. Olgan xulosalarim.
Crocodile Physics 605 o’zining yaratgan dasturlarini hozirda uy sharoitida o’qituvchi va o’quvchilar bepul foydalanishlari uchun imkoniyat yaratdi.
Fizika fanida Crocodile Physics 605 dastur muhitidan foydalanish.
Crocodile Physics 605 dasturi fizik jarayonlarni modellashtirish va fizikaning mexanika, elektr zanjirlar, optika va to’lqin hodisalari bo’limlariga oid tajribalar yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu kuchli dastur fizik hodisalarni kuzatish, tajribalar o’tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi.
Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd tomonidan 1994- yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo’ladi. Dastur fizikaning barcha bo’limlari bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o’rganish imkoniyatini yaratadi.
1-virtual tajriba. Misol Prujinaga osilgan metall sharchaning tebranma harakatini kuzataylik. Buning uchun berilgan qiymatlar quyida keltirilgan.
Bu erda sharcha massasi 1 kg, sharchaning elastikligi 0,9, metal sharchaning radiusi 5 sm.
Bu erda prujinaning boshlanғich uzunligi 0,9 metr, prujinaning bikrligi 10 N*m-1 .
Tajriba davomida kuzatiladiki, sharchaga ta’sir etuvchi kuchlar vaqtning har bir paytida ikkita kuchning o’zaro qiymatlaridagi o’zgarishlar ta’sirida ro’y beradi. Sharcha pastga xarakatlanayotganda og’irlik kuchining ta’siri kamayib, elastiklik kuchining ta’siri ortib boradi, aksincha sharcha yuqoriga harakatlanganda elastiklik kuchining ta’siri kamayib og’irlik kuchining ta’siri ortib boradi.
Dasturning o’ziga xos xususiyatlari: Fizik hodisalarni namoyish etuvchi optimal dastur, qadamma - qadam o’rgatuvchi darslar, fizikaning bo’limlariga oid tayyor modellar, fizik jarayonlarni kompyuterda modelashtirish imkoniyati, mustaqil modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys, yer sharoitida o’tkazish qiyin bo’lgan tajribalarni amalga oshirish va kuzatish, dasturning kuchli instrumentariyasi, tajribada qatnashayotgan fizik kattaliklarning qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan hisoblash imkoniyatini beradi, fizik hodisada qatnashayotgan fizik kattalik bilan boshqa fizik kattaliklar o’rtasidagi grafikli bog’lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog’ozga chop etish mumkin.
Bu dasturdan o’rta maktab o’quvchi va o’qituvchilari, listey, kollej talabalari va oliy ta’lim muassasalarining talaba, professor-o’qituvchilari «Elektr», “Elektrotexnika”, “Sxemotexnika”, “Elektr zanjirlar nazariyasi“ fanlarida qo’shimcha pedagogik dasturiy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin.
Bu dastur, kasbi kim bo’lishidan qat’i nazar foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini tahlil qilishga o’rgatadi.
Dastur imkoniyatlari juda keng bo’lib, undan amaliy mashg’ulotlarda (ya’ni masalalar echishda) ayniqsa, virtual tajriba ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin.
|
| |