96
sohasiga xizmat qiladi. Ushbu uslubning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat: tayyorgarlik ko‘rmaslik, vaziyatga qarash, suhbatdoshning albatta bo‘lishi,
yuqori darajadagi
hissiylik va ifodalanish, noan’anaviy til vositalaridan keng
foydalanish, keng doirada qo‘llab-quvvatlash.
Og’zaki uslub nafaqat og’zaki (uning janrlari — suhbat, hikoya, iltifot, nizo),
balki yozma ravishda (uning janrlari — yozishma, forum, sms-xabarlar, bloglar,
shaxsiy xatlar) ham taqdim etilishi mumkin.
Bu uslubda ko‘pincha adabiy til me’yorlariga rioya qilinadi. So‘zlashuv
uslubidagi nutq ko‘pincha dialogik shaklda bo‘ladi.
Ikki yoki undan ortiq
shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq deyiladi.
So‘zlashuv uslubida ko‘pincha turli uslubiy bo‘yoqli so‘zlar, grammatik
vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni
do‘ndiribsiz-da. Mazza qildik. Ketaqo-o-ol!
So‘zlashuv uslubida gapdagi so‘zlar tartibi ancha erkin bo‘ladi. Ko‘proq
sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha –
ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan
nutq uslubi
so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv
uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan
so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega
bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv
uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu
uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi.
So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir.
Jumlalar
qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va
matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi.Umumxalq tili ma’lum bir
xalqning so‘zlashuv tilidir.
Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan,
sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va
lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar,
atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror
97
ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin
bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan
til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig’indisi lahja deyiladi.
Sheva va lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi
aholining mahalliy
so‘zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg’ona shevasi kabi).