93
3-topshiriq.
Quyidagi so‘z, atama va so‘z birikmalarining qaysi uslubga
xosligini aniqlang. Rasmiy-idoraviy uslubga xos bo‘lganlari ishtirokida gaplar
tuzing.
Xalq sayli, bo‘linmas fond, kirim, zarurat tufayli, taftish, so‘zga chiqdi,
infrastruktura, mehnat bitimi, ko‘chmas mulk, topshirig’ingizga binoan, tebranish,
hosila, sug’urta, zimmasiga yuklatish, elektromagnit, modellashtirish.
4-topshiriq.
Inson miyasiga necha terabayt ma’lumot sig’adi?
Ko‘pchilikka ma’lumki, odamlar o‘z miyasi imkoniyatlaridan to‘liq
foydalanmaydi. 10 foizli imkoniyatlar
haqida gapirmaymiz, biroq shunisi aniqki,
miyaning imkoniyatlari tasavvurga ham sig’ishi qiyin. «Hi-News»
olimlar
tomonidan miyaga qancha ma’lumot sig’ishi mumkinligi borasida olib borilgan
tadqiqot natijalari bilan bo‘lishdi.
Solka biologik tadqiqotlar instituti olimlarining so‘nggi ma’lumotlariga
ko‘ra, inson miyasi hajmi bunga qadar aniqlangan natijalardan 10 barobarga ko‘p
ekan. Aniq raqamlarni keltiradigan bo‘lsak, gap bir petabayt (1000 terabayt)
haqida ketmoqda. Bir-ikki yil oldin butun internet
hajmi shunchaga teng deya
baholangandi.
Inson miyasi hajmini aniqlash uchun olimlar kalamushning gippokamp
to‘qimasini 3D tahlil yordamida o‘rgandi. Jarayonda ma’lum bo‘lishicha, miya
sinapslari o‘z o‘lchamini o‘zgartirishi mumkin, bu esa xotira hajmiga ta’sir
94
ko‘rsatadi. Bundan tashqari barcha holatlarning 10
foizida sinapslardan nusxa
ko‘chirilgan.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matnni o‘qing. Matn bo‘yicha savollar tuzing.
2. Matndan ilmiy atamalarni ko‘chirib yozing.
3. Yana qanday qiqiziqarli ma’lumotlarni bilasiz, ta’riflab bering.