89
Idoraviy protokol qoidalari mustahkam emas.
Ular turli xalqlarning urf-
odatlari va vaqt tendensiyalarini hisobga olgan holda doimo o‘zgarib turadi. Faqat
bitta narsa o‘zgarmaydi: protokol ishtirokchilari o‘rtasida hurmat va do‘stona
munosabat yotadi. Idoraviy protokoli qoidalari mustahkam emas. Unda tasodifiy
va yuzma-yuz muloqot qilish ham mumkin. O‘zaro munosabatlardagi asosiy narsa
suhbatdoshga samimiy, insoniy, iliq his-tuyg’ularni namoyon etish va har qanday
vaziyatdan to‘g’ri chiqib ketishdir. Muloqot va e’tibor
uchun minnatdorchilik
bildirish, suhbatdoshlarning urf-odatlari va xalq an’analariga hurmat ko‘rsatish
qobiliyati protokol me’yorlariga sovuq rioya qilishdan ko‘ra ancha yuqori
baholanadi.