92
shaklda telefon tarmog’i bo‘yicha tarqaladi, keyin boshqa abonentning abonentlik
liniyasiga tushganda yana analogli shaklga aylanadi.
Ichki abonent ATS ga murojaat qilganda unga aniq bir tashqi kanal ajratiladi:
ATS da tashqi kanallar soni unga ulangan abonentlar sonidan ko‘p marta kichikdir.
ATS abonentlari sonining uning tashqi kanallari soniga nisbati konsentratsiya
koeffitsiyenti deb ataladi. Bu koeffitsiyentning me’yordagi qiymatlari 8:1—10:1
tartibli kattaliklar hisoblanadi (8:1 koeffitsiyent shuni bildiradiki, agar hamma
abonentlar birdaniga ATS dan ulanishini so‘rashsa, u holda u ularning faqat 12,5 %
so‘rovini qondirishi mumkin; lekin bir vaqtning o‘zida 10000 abonentdan 125O
tasining murojaat qilish еhtimolligi, bitga abonentlik kanalining statistik o‘rtacha
yuklanganligi darajasidan yuqori еmas, shuning uchun yuqorida keltirilgan
konsentratsiya koeffitsiyentlari to‘la qoniqarlidir).Telefon apparatlari va ofis ATS
larning turlari va servis imkoniyatlari to‘g’risida birmuncha batafsilroq to‘xtalib
o‘tamiz.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matnni o‘qing. Matn bo‘yicha savollar tuzing.
2. Matn mazmunini gapirib bering.
3. Yozuvchining birorta asari qahramonini ta’riflab bering.