• Abdulla Qodiriy
  • 5-topshiriq.
  • Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/150
    Sana09.10.2024
    Hajmi7,1 Mb.
    #274172
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150
    Bog'liq
    Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

     
    2- topshiriq.

    Adabiyot janrlari” bo‘yicha klasterni davom ettiring

     
     
     
     
     
     
     
    3- topshiriq.

    Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi bo‘yicha matn tuzish. 
    Quyida berilgan kalit so‘zlar yordamida matn yarating. 
    Kalit so‘zlar: Pifagor, tenglik,matematik, kasr sonlar, uchburchak, teorema, katet, 
    gipotenuza, kvadrat, bo‘lish, ko‘paytirish, qo‘shish, ayirish, tub sonlar. 
    Abdulla Qodiriy 
    Abdulla Qodiriy 1894 yilda Toshkent 
    shahrida dehqon oilasida tug’ildi.U avval 
    Adabiyot 
    janrlari
    epik 


    84 
    madrasada, keyin rus-tuzem maktabida o‘qidi. 
    Adibning ilk ijodi 1913-1914 yillarda boshlangan bo‘lib, dastlab u shoir 
    sifatida qalam tebratgan. Uning “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “To‘y”, “Fikr aylagil” 
    (1914-1915) kabi she’rlari “Sadoi Turkiston” gazetasi va “Oina” jurnalida 
    bosilgan. A.Qodiriy bu she’rlarida millatdoshlarini jaholat va hurofotga qarshi 
    kurashga chaqirib, ma’rifatparvar shoir sifatida maydonga chiqqan. Bu yillarda u 
    “Baxtsiz kuyov” (1915), “Hech kim bilmasin” kabi sahna asarlarini ham yozgan. 
    Uning “Juvonboz” (1915), “Uloqda” (1916) kabi hikoyalarida o‘z xalqini savodli, 
    bilimli, madaniyatli va ozod ko‘rish istagi sezilib turadi. 
    Adib dastlabki asarlarini turli taxalluslar ostida e’lon qilgan. Shu 
    taxalluslardan biri va xalq o‘rtasida mashhur bo‘lgani Julqunboydir. 
    1924 yili Abdulla Qodiriy Moskvaga borib, Jurnalistlar institutida tahsil oldi. 
    Moskvadan qaytib, “Mushtum” jurnalida ishlay boshladi. Qodiriy “Mushtum” 
    jurnalining asoschilaridan sanaladi, u mazkur jurnal nashriyotida ancha yil mehnat
    qildi. Uning “Toshpo‘lat tajang nima deydi?” va “Kalvak mahzumning xotira 
    daftaridan” turkumidagi hajviy hikoyalari shu jurnalda ilk bor bosildi. 
    1925 yilda bosilib chiqqan Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani o‘zbek 
    adabiyotidagi dastlabki yirik nasriy asarlaridan biridir. Asarda XIX asrning 1-
    yarmidagi xalqimiz hayoti aks etadi. 
    1928 yilda Qodiriyning yana bir romani “Mehrobdan chayon” nashr etildi. 
    Muallif unda Turkistonning eng so‘nggi xonlaridan biri Xudoyorxon davri 
    voqealarini aks ettirdi. 
    1934 yilga kelib, A.Qodiriy qishloq xo‘jalik mavzuiga bag’ishlanagan “Obid 
    ketmon” qissasini yaratdi. Undan tashqari, u Gogolning “Uylanish” komediyasi va 
    G’arb yozuvchilarining satirik hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. 
    Qodiriyning mazkur asarlari xalqimiz tomonidan hamon sevib o‘qib 
    kelinadi.Ular asosida badiiy filmlar suratga olingan.Yoshlarimiz Qodiriyning 
    Anvar, Ra’no, Otabek va Kumush kabi qahramonlariga o‘xshashni orzu qilishadi. 
    Sevimli yozuvchimiz qatag’onga uchrab, 1939 yilda vafot etgan. 


    85 
    Istiqlol yillarida adib xotirasi yanada e’zoz topdi. Endilikda Toshkent Davlat 
    san’at instituti, metro bekati va boshqa ko‘plab muassasalar Qodiriy nomi bilan 
    atalgan. 
    Matn yuzasidan savol va topshiriqlar. 
    1.Matnni o‘qing. Matn bo‘yicha savollar tuzing. 
    2.Matn mazmunini gapirib bering. 
    3.Yozuvchining birorta asari qahramonini ta’riflab bering. 
    5-topshiriq.
    Badiiy asar tur va janrlari raqamlarini jadvalning javob 
    raqamlar qismiga yozing.
    1)
    G’azal; 2) Komediya; 3) Ruboiy; 4) Qissa; 5) Fard; 6) Hikoya; 7) 
    Tragediya; 8) Roman; 9) Qo‘g’irchoqbozlik; 10) Qasida; 11) Drama; 12) 
    Ocherk 

    Download 7,1 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv

    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish