• 4. M e t o n i m i ya
  • 5. S i n e k d o x a
  • A l le g o r i ya (gr. piching, kinoya) - mavhum tushunchalarni aniq narsa bilan almashtirish. Ko‘rpangga qarab oyoq uzat. S i m v o l
  • Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/150
    Sana09.10.2024
    Hajmi7,1 Mb.
    #274172
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   150
    Bog'liq
    Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

    3. M e t a f o r a
    - (gr.ko‘chim) - obrazlilik, ekspressiv bo‘yoq berish 
    niyatida narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanib, so‘z yoki iboralarni 
    ko‘chma ma’noda ishlatish. 
    a) sodda metafora: gumbaz, ilon, lochin… 
    b) kengaygan metafora; zangori kema, oq oltin, po‘lat qush kabi. 
    4. M e t o n i m i ya
    - (gr. boshqacha nom berish) tashqi va ichki tomondan 
    bir-biriga aloqador narsa yoki hodisalarning nomi boshqa narsa yoki hodisaga 
    ko‘chiriladi. 
    Metonimiya ko‘rinishlari quyidagicha: 
    narsa (idish) ichidagi narsaning ma’nosi o‘sha narsa (idishga) o‘tkaziladi: 
    Bir tovoq (palov) bir kosa (lag’mon), bir piyola (choy). 
    Muallifning nomi asarning nomi bilan qo‘llanadi: Hamzani o‘qimoq, 
    Cho‘lponni yodlamoq kabi. 
    Harakat yoki uning natijasi shu harakatni bajarishdagi vosita, qurol bilan 
    almashtiriladi: A.Qahhor - qalami o‘tkir yozuvchi, uning qo‘li yеngil. 
    Biror narsa u yasalgan material bilan almashtiriladi: Atlas kiydi, qog’ozini 
    tekshirishdi va h. 
    Ma’lum mamlakatda, davlatda yoki ma’lum o‘rinda yashab turgan kishilar 
    ma’nosi shu yеrga, davlat yoki mamlakatga ko‘chiriladi: Majlisga butun qishloq 
    yig’ildi va h. 
    Aniq tushuncha nomi o‘rnida mavhum ma’noli ot qo‘llaniladi: Majlis raisga 
    qaradi: yig’ilish qaror qildi va h. 
    5. S i n e k d o x a
    - narsalarning son yoki butun qismlari orasidagi 
    munosabatning nazarda tutilishi. 
    Sinekdoxaning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 
    butun o‘rnida qism qo‘llanadi. 
    Mo‘ylov kulib qo‘ydi.Uning, har qalay, yopig’i bor. 
    Qism o‘rnida butun qo‘llanadi: 
    Besh qo‘l baravar emas. Dasturxonga qarang. 
    Jins o‘rnida tur ishlatiladi: pushka-qurol, bedana-qush, sazan-baliq kabi. 


    81 
    A l le g o r i ya
    (gr. piching, kinoya) - mavhum tushunchalarni aniq narsa 
    bilan almashtirish. Ko‘rpangga qarab oyoq uzat. 
    S i m v o l
    - hayotiy voqea, tushuncha va narsalar ifodasi uchun shartli 
    ravishda ko‘chma ma’noda ishlatiladigan so‘z: tong - yoshlik, tun - baxtsizlik, qora 
    - motam. 

    Download 7,1 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   150




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv

    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish