Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv




Download 7,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/150
Sana09.10.2024
Hajmi7,1 Mb.
#274172
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   150
Bog'liq
Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

 
Nazorat savollari 
 
 
1.
Tezis – bu …… 
2.
Tezis necha xil bo‘ladi? 
3.
Konspekt turlarini aytib bering. 
 
8-mavzu.
Nutq uslublari 
 Nazariy ma’lumot
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida 
foydalanish jarayoni 
nutq
sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq 
vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash 
va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning 
quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi:
so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub,
ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub. 
 
 


78 
 
 
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til 
hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish
qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda 
qo‘llanish yo‘llari, fonetik, lug’aviy, frazeologik va grammatik birliklarning
qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi. 
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘llanadigan ko‘rinishi 
adabiy til uslubi deyiladi. 
 
Badiiy uslub 
Badiiy uslub kishi hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, 
umuminsoniyatga xosligi, barchaga barobarligi, o‘quvchi yoki tinglovchiga hissiy-
estetik ta’sir etishga yo‘naltirilganligi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. 
Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning 
leksik va grammatik vositalardan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli ifodaviy 
vositalarni qo‘llashi yoki o‘zi yangilarini yaratishi mumkin bo‘ladi. Shuning 
uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud so‘zlarni obrazli ishlatishdan tashqari 
o‘ziga xos so‘z va iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, 
manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi. Bu 
uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko‘lami, ijod usuli, 
poetikmahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan 
farqlanadi. Shunga ko‘ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o‘ta 
qamrovli va boy nutq ko‘rinishidir. Barcha turdagi san’at va adabiyot asarlari shu 
uslubda yaratiladi.Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim 
belgisidir. 

Download 7,1 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   150




Download 7,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv

Download 7,1 Mb.
Pdf ko'rish