• “Alisher Navoiy she’riyatining badiiy xususiyatlari”
  • III.Xulosa.
  • Asosiy qism
  • Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/150
    Sana09.10.2024
    Hajmi7,1 Mb.
    #274172
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   150
    Bog'liq
    Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

    Murakkab ko‘rinishdagi rejalar 
     
    Insho yozishda sodda ko‘rinishdagi rejalar bilan bir qatorda, mavzuning 
    o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda murakkab ko‘rinishdagi insho 
    rejalarini tuzish mumkin. Murakkab ko‘rinishdagi reja namunalari sodda rejalardan 
    o‘zining , , tarzida tarkibiy bo‘limlarga 
    ajratilishi bilan keskin farqlanib turadi. Bundan tashqari, har bir qisimning o‘zi 
    alohida bandlarga bo‘linadi. 
    Reja mavzuga mos bo‘lishi va maqsadga muvofiq tuzilishi kerak. 
    Masalan, 
    “Alisher Navoiy she’riyatining badiiy xususiyatlari” 
    mavzusidagi 
    insho quyidagi murakkab reja asosida yozilishi mumkin: 


    60 
    Reja: 
    I.Kirish. 
    Alisher Navoiy lirikasining badiiy xususiyatlari. 
    II.Asosiy qism: 
    1.
    Alisher Navoiy g’azallaridagi badiiy san’atlar. 
    2.
    Alisher Navoiy ruboiylarida badiiy tasvir. 
    3.
    Alisher Navoiy qit’alari va tuyuqlarida majoz haqiqati. 
    III.Xulosa. 
    Alisher Navoiy she’riyatidan olgan taassurotlarim. 
    Adabiy mavzusidagi insholarni murakkab, erkn mavzularni sodda reja 
    asosida yoritish maqsadga muvofiq. 
    Mavzu: 
    Boburnoma – jahon memuarining nodir namunasi 
    I.
     
    Kirish.
    Zahiriddin Muhhamad Bobur – mahoratli ijodkor. 
    II.
     
    Asosiy qism:
    1.
    “Boburnoma” – qomusiy asar. 
    2.
    “Boburnoma” da shaxs sur’ati va siyratining haqqoniy ifodasi. 
    3.
    “Boburnoma” da madaniy munosabatlar tavsifi. 
    III.
     
    Xulosa.
    “Boburnoma” – voqeylik esdaliklar tarzida yoritilgan asar. 
    Bunday tipdagi reja tuzilayotganda o‘quvchilar insho mavzulariga alohida
    diqqat-e’tibor bilan yondashmoqlari lozim , chunki adabiy xarakterdagi 
    insholarning aksariyati voqealarga boy, rang-barang timsollar galereyasiga ega 
    bo‘lgan, go‘yaviy hamda badiiy jihatdan mukammal asarlarning mazmuniga 
    asoslangan bo‘ladi. Bu esa murakkab insho rejasini tuzishda o‘ziga hos 
    yondashuvni talab etadi.
    Ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi insho rejalarida tinish belgilarining 
    ishlatilishi sodda ko‘rinishdagi rejalarga qaraganda qiyinroq. Murakkab 
    rejalarda tinish belgilarining qo‘llanishiga ham e’tibor qilish kerak. Bunda 
    “Reja”, “Asosiy qism” dan keyin ikki nuqta , “Kirish”, “ Xulosa” dan keyin 
    nuqta qo‘yiladi. “ Asosiy qism” uch va undan ortiq, “Kirish”, “Xulosa” qismlari 
    bir band asosida yoritiladi. 

    Download 7,1 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   150




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv

    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish