• 4-topshiriq. Jahon ozon qatlami himoyaga muhtoj
  • Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/150
    Sana09.10.2024
    Hajmi7,1 Mb.
    #274172
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   150
    Bog'liq
    Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

    2-topshiriq.
    Venn diagrammasidan foydalanib, ilmiy va publitsistik matnlarni 
    solishtiring 
     
    3-topshiriq. 
    Quyidagi so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing, so‘ngra 
    ularni rasmiy yoki shaxsiy munosabatini ifodalashiga ko‘ra guruhlang, ular 
    o‘rtasidagi farqni izohlang. 
    O‘qishga kirmoq, vazifasidan ozod etilmoq, salom еtkazmoq, belgilangan 
    jadvalga muvofiq, ko‘ngilni ko‘tarmoq, ko‘rishganimizda aytib bermoq, 
    zimmasiga yuklamoq, <> yoshlar harakatiga qo‘shilmoq, vaqt 
    topolmaslik, o‘qituvchi bo‘lib ishlamoq, harorat pasayishi oqibatida, xushxabar 
    eshitganidan keyin. 


    54 
    4-topshiriq. 
    Jahon ozon qatlami himoyaga muhtoj 
    Atmosferaning 
    ozon 
    qatlami 
    quyoshning 
    ultrabinafsha 
    nurlarini 
    ushlab qoladigan qalqon hisoblanadi. 
    Afsuski, 
    sayyoramizda 
    tabiiy 
    muvozanat buzilishi natijasida ozon 
    qatlamining yеmirilishi bilan bogʻliq 
    ekologik xavf paydo boʻldi. Bu esa 
    kelajakda iqlimning bashorat qilib boʻlmaydigan oʻzgarishlariga, yaʼni inson 
    organizmi immun 
    tizimining zaiflashishiga, 
    onkologik 
    kasalliklar sonining 
    oshishiga, oʻsimliklarning sekin oʻsishiga olib kelishi mumkin. 
    Olimlarning tadqiqotlariga koʻra, ozon qatlamining yеmirilishiga sovitish 
    texnikalari, yongʻin oʻchirish vositalari, tarkibida galogenlar (xlor, ftor va brom) 
    boʻlgan kimyoviy moddalarning sanoat va qurilish sohasida keng qoʻllanilishi 
    asosiy sabab sanaladi. Ekologik xavfning oldini olish maqsadida 1985-yilda 
    dunyoning 147 mamlakati ishtirokida Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi 
    Vena konvensiyasi qabul qilindi. Oradan ikki yil oʻtgach, 1987-yilning 16-
    sentyabrida ozon qatlamini yеmiruvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli 
    imzolandi. Shu kundan eʼtiboran ushbu sana ozon qatlamini himoya qilish xalqaro 
    kuni sifatida nishonlanadi.
    Ozon — (yunonchadan ozon – anqiydigan) ozon molekulalari (O
    3
    ) dan hosil 
    boʻlgan, har biri kislorodning uchta atomlaridan iborat gaz. Garchi, hozirda 
    atmosfera havosidagi ozon juda oz qismni tashkil etsa – da, uning ahamiyati 
    benihoya kattadir. U oqsil va nukleinli kislotalarni yеmiruvchi qatʼiy ultrabinafsha 
    nurlanishni ushlab qoladi. Taʼkidlash lozimki, stratosfera ozoni – ob- havoning 
    qisqa muddatli va lokal oʻzgarishlarini belgilaydigan muhim iqlimiy omildir. 
    Quyosh nurlanishini yuta turib va energiyani boshqa gazlarga uzata turib, ozon 
    stratosferani isitadi va bu bilan butun atmosferada sayyoraviy issiqlik va sirkulyar 
    jarayonlarning xususiyatlarini tartibga soladi. Ozonning oʻzgaruvchan molekulalari 


    55 
    tabiiy sharoitlarda, jonli va jonsiz tabiatning turli omillari taʼsirida hosil boʻladi va 
    parchalanadi, uzoq tadrijiy rivojlanish davomida ushbu jarayon birmuncha dinamik 
    muvozanatga keldi.
    Ozon qatlamini olimlar “biologik qalqon” deb ham ataydilar.Taassufki, bu 
    qalqonning yеmirilishiga inson omili katta rol oʻynayapti. Kosmik parvozlar, 
    reaktiv samolyotlar parvozi, avtomobillar va boshqa manbalardan chiqayotgan 
    gazlar, ayniqsa, sovitish tizimlaridagi freon gazi bu qatlam holatiga aks taʼsir 
    koʻrsatmoqda. Keyingi yillarda yurtimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarga ekologik bilim 
    berish borasida koʻpgina ijobiy ishlar qilinmoqda. Oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida 
    talabalarga ekologiya fani boʻyicha bilim berilmoqda. Bundan tashqari, gazeta va 
    jurnallar, 
    radio 
    televizorlar 
    orqali 
    ekologiyaning 
    dolzarb 
    masalalariga 
    oid, maqolalar berilyapti, koʻrsatuvlar uyushtirilyapti. Shunga qaramay, biz yosh 
    avlodga qoniqarli darajada ekologik tarbiya beryapmiz deb ayta olmaymiz. 
    Xususan, soha uchun kadrlar tayyorlash borasida qilinadigan ishlar koʻp. Toʻgʻri, 
    mustaqillik sharofati bilan mahalliy olimlar, soha mutaxassislari yangi darsliklar, 
    oʻquv qoʻllanmalari yaratishdi. Bu darsliklarda respublikamiz iqlimiy sharoitlari
    unda mavjud oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, uchrab turgan ekologik muammolar 
    oʻz aksini topgan. Ular yoshlarga ekologik tarbiya berishda yaqindan koʻmakchi 
    boʻlishi mumkin.
    Mutaxassislar 
    malakasini 
    oshirish 
    borasida 
    esa 
    ayrim 
    xorijiy 
    mamlakatlarning tajribalarini namuna tariqasida oʻrgansak foydadan xoli emas. 
    Masalan,Germaniyadagi tabiati goʻzal maskanlarda maxsus ekologik tarbiya berish 
    joylari tashkil etilgan. Ularda yoz oylarida mutaxassis oʻqituvchilar ekologiya 
    boʻyicha 
    oʻz 
    malakalarini 
    oshiradilar, 
    maktabga 
    qaytgach 
    ,olgan 


    56 
    bilimlarini,tajribalarini amalda qoʻllaydilar. Zero, bolalarni tabiatga mehr-
    muhabbat ruhida tarbiyalash shunchaki bir ermak uchun qilinadigan ish emas. Bu 
    davlat 
    ahamiyatiga 
    ega dolzarb masaladir. 
    Biz 
    sogʻlom, 
    mehnatsevar, 
    dunyoqarashi keng yoshlarni tarbiyalab, voyaga yеtkazsakgina kelajagimiz nurli 
    boʻladi. Shu oʻrinda respublikamiz, jumladan, Buxoro viloyatida ham atmosfera 
    havosini muhofaza qilish sohasida bir talay ishlar amalga oshirilganini 
    taʼkidlamoqchimiz. Viloyat hududidagi bir qancha korxona va tashkilotlarga 
    zamonaviy usuldagi chang-gaz tozalash qurilmalari oʻrnatildi. Shuningdek
    "Toza havo" tadbiri doirasida 20 mingdan ortiq avtotransport vositasi koʻrikdan 
    oʻtkazildi. 1200ta avtotransport vositasi meʼyoridan oshiq CO
    2
    ajratayotganligi 
    aniqlandi va joyida sozlandi. Natijada atmosfera havosiga 1.1 tonna zararli 
    tashlanmalar chiqishi oldi olindi. Bu tadbir doimiy tarzda oʻtkazilmoqda.
    Atmosfera havosini musaffoligini saqlash uchun, avvalambor, barcha insonlarga 
    ekologik taʼlim-tarbiya berilishini yoʻlga qoʻyish, korxonalarda ekologik jihatdan 
    sogʻlom texnologiya yaratish, transport vositalarining chiqindisiz ishlashini 
    taʼminlash, oyida bir marotaba boʻlsa-da, “avtomobilsiz kunni” tashkil qilish, 
    sovitish texnikalari va yongʻin oʻchirish vositalaridan havoga chiqariladigan 
    galogenlarni atmosferani yaʼni ozon qatlamini siyraklashmasligiga olib 
    kelmaydigan elementlar bilan almashtirish chora- tadbirlarini koʻrish, shahar va 
    qishloq koʻchalarida, korxonalar atroflarida yashil iqtisodiyotni yaʼni 
    koʻkalamzorlashtirishni yana-da kuchaytirish lozim. 
    Matn yuzasidan savol va topshiriqlar. 
     
    1.Matnni o‘qing va undagi termin hamda iboralarni izohlang. 
    2. Matnga reja tuzing va tuzgan rejangiz asosida mazmunini so‘zlab 
    bering. 
    3. Matn sxemasini tuzing: 

    bosh axborot 

    ikkinchi darajali axborot 


    57 

    Download 7,1 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   150




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv

    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish