53
kamchiligi shundaki, ular Yer atrofida sekin aylanar edi, shu sababli
radiosingallarni ishonch bilan qabul qilish hududi u qadar katta emas edi.
“Sinkom” va “Saharxez qushcha” deb atalgan navbatdagi aloqa
yo‘ldoshlari ancha takomillashgan edi. Ularning tezligi va aylanish yo‘nalishi Yer
aylanishining tezligi va aylanish yo‘nalishi aniq mos keldi. Xuddi shu sababli bir
vaqtning o‘zida 12 ta teledastur va 6000 telefon gaplashuvlarini yo‘ldoshlar orqali
qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Hyozirgi paytda Yer atrofidagi orbitalarda
turli mamlakatlar tomonidan uchirilgan o‘ndan ortiq aloqa yo‘ldoshlari ishlab
turibdi.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Matnni o‘qing. Matndan ilmiy uslubga doir atamalarni ko‘chirib
yozing.
2. Matndagi fikrlarga o‘z munosabatingizni bildirib mazmunini
so‘zlab bering.