Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv




Download 7,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/150
Sana09.10.2024
Hajmi7,1 Mb.
#274172
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150
Bog'liq
Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

Matn tahlili va tahriri. 
Matn tahlili - bunda xilma-xil vazifalar bajariladi. Chunki bu tahlildan 
kuzatiladigan maqsad asarning xususiyatlarini o‘rganishdir. Matndagi voqealarda 
davrning siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ahloqiy hayoti o‘z aksini topadi. 
Matnning adabiy tahlilida quyidagi maslalarga alohida e’tibor berilishi lozim: 
1.Matn tahlilida tasvirlangan voqelik va shu voqelikka muallifning munosabati 
aniqlanadi. Masalan: Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida olijanob 
fazilatlarini ulug’lash, adolat va xalqparvarlik, do‘stlik va qahramonlik, muhabbat 
erkinligi va unga sadoqati asarni g’oyaviy mazmunini tashkil qiladi. Asarda 
Xisrav, Yosumon kabi yovuz kuchlar bilan Farhod, Shirin, Mehnbonular 
o‘rtasidagi kurash ko‘rsatiladi. Shoir Farhod, Mehnbonu, Shirinlarning barcha 
harakatlariga xayrixohlik bildiradi. Shohni adolatli bo‘lishiga undash g’oyasini 
ilgari suradi. 
2. Tahlilda asarning mazmuniga ham shakliga ham e’tibor berish va mazmunning 
yеtakchi rolini ta’kidlab o‘tish zarur. 
3. Matn tahlilida tahlilning yuqoridagi u yoki bu turidan foydalaniladi. Matnni 
sharhlash so‘z va so‘z shakllari badiiy tasvir vositlarining asar g’oyaviy va estetik 
mazmunini oshirishdagi roli izohlanadi. Matnni sharxlashda lingvistik aspekt 
asosiy o‘rinni egallaydi. U traditsion adabiiy tahlilda ham yеtakchi sanaladi, 
chunki u matnning estetik strukturasi va badiiy tasvir vositlarini o‘rganishga 
ko‘maklashadi. 
 


39 
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 
1-topshiriq
. Matnni o‘qing.
ELEKTR 
 
Ko‘zni qamashtiradigan chaqnash, chaqmoqlarning osmondagi olovli ilon 
izi yo‘llari, momaqaldiroqning guldirashi... 
Ko‘zni qamashtiradigan chaqnash, chaqmoqlarning osmondagi olovli ilon izi 
yo‘llari, momaqaldiroqning guldirashi... Kishilar tabiatning bu dahshatli 
hodisalarini bir necha ming yillab kuzatishgan, lekin sabablarini bilisholmagan, 
shuning uchun ulardan qo‘rqishgan. Chaqmoqni o‘rganish yo‘lidagi urinishlar 
ko‘pincha fojia bilan tugagan. Masalan, 1753-yili tajriba vaqtida rus fizigi G. V. 
Rixman yashin urib halok bo‘lgan. 
Bundan yuz yildan ko‘proq vaqt ilgari odamlar tabiatning elektr kuchidan 
foydalanishni o‘rgandilar, elektrni o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Xo‘sh, odamlar elektr 
haqida nimalarni bildilar? 
Jismlarning bir-biriga ishqalanishi natijasida ularning tortishish xususiyatini 
kasb еtishi qadimgi olimlarga ma’lum edi. Yunon olimlari ebonit tayoqchasini 
ishqalaganda u o‘ziga yеngil jismlarni tortishini aniqlaganlar. 1600-yilda ingliz 
fizigi U. Gilbert ebonitdan tashqari olmos, billur va boshqa jismlar elektr 
xususiyatiga ega ekanligini aniqlagan. 1729-yilda ingliz olimi S. Grey ayrim 
jismlarning elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatini ochib, tabiatdagi jismlarni 
o‘tkazgich va izolatorlarga ajratdi. 1734-yilda fransuz fizigi Sh. Dyufe, amerikalik 


40 
olim B. Franklin ikki turdagi elektr zaryadlarning mavjudligini aniqlab, ulardan bir 
turi shisha, tog’ billuri, qimmatbaho toshlar, jun va boshqa jismlarda, ikkinchisi 
esa ebonit, shoyi, qog’oz va shu kabi jismlarda hosil bo‘lishini, bu ikki tur 
zaryadlar tortishish yoki itarishish xususiyatiga ega ekanligini ham aniqladilar. Bir 
xil ishorali elektr zaryadlar o‘zaro itarishishadi, turli ishoralilari esa o‘zaro 
tortishishadi. Bu zaryad turlarining ebonitda hosil bo‘lgani manfiy, shishada hosil 
bo‘lgani esa musbat ishorali deb olingan. 
19-asr oxirlarida elektr ta’limoti rivojlanishining yangi davri boshlandi. 
Atomlar tarkibida elektrlangan zarralar mavjudligi haqidagi fikrga asoslangan 
modda tuzilishining elektr ta’limoti — elektronlar nazariyasi rivoj topdi. Bu 
ta’limot golland fizigi X. A. Lorens, ingliz fizigi J. J. Tomson, fransuz fizigi va 
matematigi J. A. Puankare, nemis fizigi G. Gelmgols nomi bilan uzviy bog’liq. 
Tabiatda zaryadlangan juda mayda zarralar mavjud. Zarralarning ba’zilari 
musbat, ba’zilari manfiy zaryadlangan. Manfiy zaryadli eng kichik zarralar 
elektronlardir. Elektronlar (yunoncha elektron — ebonit) metall o‘tkazgichlarning 
ichida harakatlana oladi. Zaryadlangan zarralarning bir tomonga yo‘nalgan oqimini 
olimlar elektr toki deb atadilar. 
Siz uyga kelib, yoqib-o‘chirgich tugmasini 
bossangiz, elektr lampochka charaqlab yonadi. Nima 
uchun? Tugmani bosganingizda siz o‘tkazgichlarni 
ulaysiz, o‘tkazgichlar orqali esa lampochka tomon 
shitob 
bilan 
elektronlar 
oqimi 
yo‘naladi. 
Lampochkaning ichida ingichka simoyoqlarga maxsus metall — volframdan 
tayyorlangan spiral osilgan. Bu spiral (lampochka tolasi) alohida xususiyatga ega: 
elektronlarning undan o‘tishi juda qiyin. Spiral orqali elektronlar oqimi 
o‘tkazilganida, ular tola metallning atomlarini u yon-bu yon «turtib» boradi, 
natijada tola bir zumda qizib, nurlana boshlaydi. Elektronlar oqimi qancha kuchli 
bo‘lsa, lampochkaning tolasi ham shuncha kuchli qizib, ravshanroq yonadi. 
Yo‘g’onroq simlardan tayyorlangan xuddi shunday spirallar elektr dazmol va 
plitkalarni qizdiradi. Bu hodisa (elektr tokidan qizish hodisasi) dan, masalan, 


41 
zavodlarning elektr pechlarida metallarni eritish uchun foydalaniladi. Faqat bunday 
pechlardagi spirallar barmoqlar yo‘g’onligidagi simlardan ishlanadi. 
Kishilar elektrni yana bir «kasbga» — mashinalarni harakatga keltirishga 
o‘rgatdilar. Mashinist maxsus ulab-uzgich dastasini buraydi. Quvvatli elektr 
dvigatellar elektrovoz g’ildiraklarini harakatga keltiradi va poyezd asta-sekin 
relslarda yura boshlaydi. 
Bunday quvvatni dvigatel qayerdan oladi? Olimlar ikkita parallel joylashgan sim 
orqali tok bir yo‘nalishda o‘tsa, simlar bir-birini tortishini, qarama-qarshi 
yo‘nalishda o‘tganda esa bir-birini itarishini payqadilar. Tok o‘tayotgan simlarning 
ana shunday o‘zaro ta’sir kuchi elektr dvigatellarni aylantiradi. 
Siz elektr o‘yinchoqlardagi jajji motorlarni ko‘rgansiz, albatta. Bunday 
motorlarning ishlashi uchun bitta elektr batareya toki еtarli. Lekin million-million 
elektr lampochkalarni elektr bilan ta’minlash, stanok va mashinalarni harakatga 
keltiruvchi, tramvay va elektr poyezdlar g’ildiraklarini aylantiruvchi dvigatellarga 
tok yеtkazib berib turish uchun juda ko‘p elektr energiyasi kerak. Bunday energiya 
elektr stansiyalarida hosil qilinadi hamda elektr uzatish liniyalari orqali shahar va 
qishloqlarga yеtkazib beriladi. 
O‘tgan asrda qaysi kashfiyot olimlarni ko‘proq hayratga solganligini 
bilasizmi? Bu — elektr energiyasining bo‘shliqda tarqalishini isbotlagan kashfiyot. 
Elektr energiyasi hech narsa, hatto hech qanday zarra bo‘lmagan mutlaqo bo‘sh 
joyda ham uzatilar ekan. Bunday bo‘shliqda elektromagnit maydon — energiya 
eltuvchi elektromagnit to‘lqinlari bo‘larkan. Radio ham, telefon ham, telegraf ham 
elektr bilan ishlaydi. 
Elektr yordamida metall buyumlar sirtiga yupqa himoya qatlami 
yugurtiriladi, masalan, konkilarning sirti yupqa xrom qatlami bilan qoplanadi. 
Texnikaning elektrdan foydalaniladigan barcha tarmoqlarini sanab chiqish qiyin. 
Bu tarmoqlar esa tobora ko‘payib bormoqda. 
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar. 
1. Matnn o‘qing. 
2. Matn yuzasidan reja tuzing. 


42 
3. Matndan ilmiy uslubga xos terminlarni aniqlang. 
4. Berilgan matn qaysi turiga xos?

mikromatn

 makromatn

Download 7,1 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150




Download 7,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv

Download 7,1 Mb.
Pdf ko'rish