27
Hozirda SI turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy
tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha
vazifalarning uddasidan chiqa oladi. 1990 yillarda SI taraqqiyotida yangi sahifa
ochildi. 1997 yilda Deyep Bluye nomli IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon
chempioni Garri Kasparovni yеnggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi.
SIning yorqin namunalaridan yana biri – IBM Watson superkompyuteri bo‘lib, u
o‘z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi.
Shuningdek, ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan mobil yordamchi
Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi dasturlarni SIning yutuqlaridan biri
sifatida qayd etish mumkin. Hozirga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda
ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab
olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining
keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog’liq barcha jarayonlar sun’iy intellekt
tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi.