22
Agar axborot xulosa qilishga yеtarli bo‘lsa, u
to‘liq
bo‘ladi. To‘liq
bo‘lmagan axborot xato xulosa va harakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan,
«Ko‘chada temperatura 10 daraja
» kabi xabarda
issiq
yoki
sovuqligi
aytilmasa,
inson ustki kiyimni noto‘g’ri tanlashiga olib keladi.
Agar axborot hozirgi paytda zarur bo‘lsa, u
dolzarb
bo‘ladi. Masalan,
do‘stlar kelishi haqidagi telegramma o‘z vaqtida ularni kutib olish imkonini beradi.
Eskirgan, bevaqt yoki ahamiyatsiz axborot inson uchun dolzarb bo‘lmaydi.
Inson tushunarli bo‘lgan tilda bayon etilsa, axborot
tushunarli
bo‘ladi.
Masalan, ispan tilini bilmagan insonga ispan tilida xat yozilsa, bu
tushunarsiz
bo‘ladi.
Olish imkoniyati bo‘lganda axborot ochiq bo‘ladi. Turli to‘siqlar axborotni
yopiqqa aylantirishi mumkin. Masalan, arxivdagi maxfiy
hujjatlarni bu arxivga
kirish huquqi bo‘lmagan kishilar ololmaydi. Shu sababli bu kishilar uchun
arxivdagi hujjatlar yopiq hisoblanadi.
Har bir inson o‘zi uchun olingan axborot foydali va muhim ekanligi haqida
hukm chiqaradi. Axborotning asosiy xususiyatlarini bilish insonga olingan
axborotni to‘g’ri baholash hamda to‘g’ri qaror qabul qilishga yordam beradi.
Inson doimiy ravish
atrof muhitdan axborot oladi, uning xususiyatlarini
tahlil qiladi, muhim qonuniyatlarni aniqlaydi va buning ortidan dunyoni bilib oladi.
Axborotni tushunish, uni tahlil qilish va amaliyotda qo‘llash
orqali insonda
bilimlar shakllanadi. Bir axborot turli insonlarda turlicha bilimlarni keltirib
chiqarishi mumkin. Shakllangan bilimlarni inson o‘z faoliyatida qo‘llaydi. Ayni
damda inson faoliyati uning atrof muhit haqidagi bilimlarining ko‘payib borishiga
yordam beradi.