24
olingan ma’lumotlarga qaraganda, jamiyat darajasi jamiyatda to‘plangan va
qo‘llaniladigan axborot miqdori bilan aniqlanadi. Shunday qilib,
axborot
jamiyatni tashkil qiladi, boshqaradi va rivojlantiradi. Ta’kidlash joizki,
axborot tabiatdagi barcha tirik organizmlar hayotida muhim rol o‘ynaydi.
Axborot insoniyat jamiyatida axborot resurslari shaklida mavjud.
Aa
AXBOROT RESURSLARI
- bilimlarni (fanda, ta’limda, iqtisodiyotda)
qo‘llash bilan bog’liq faoliyat olib boruvchi foydalanuvchilarga saqlash (
elektron
va qog’ozli hujjatlar, kitoblar, filmlar va b.), to‘plash, qayta ishlash va taqdim
qilishga mo‘ljallangan shakldagi axborot (mattnli, grafikli, audio, video va b.)
Axborot
resurslari, uni yaratganlar ishtirokisiz,
bir necha marotaba
qo‘llanilishi mumkin. Bilimlarni saqlash obyekti bo‘la turib, axborot resurslari bir
vaqtda yangi bilimlarni egallashda boshlang’ich manba vazifasini o‘tashi mumkin,
o‘z navbatida, ular axborot resurslari shaklida taqdim etilishi mumkin.
Axborot
resurslarini qo‘llash yoki inson tomonidan yoki kompyuter dasturlari tomonidan
talqin qilinishi mumkin. Axborot resurslari elektron shaklda (masalan, elektron
hujjat fayllari) va boshqa shakllarda (qog’oz shaklidagi kataloglangan matnlar va
tasvirlar, kinoplyonkadagi kinofilmlar) mavjud. Axborot
resurslari davlat va
boshqa hujjat arxivlarida, kutubxonalarda (elektron shaklda ham), axborot tizimlari
serverlarida saqlanadi. Har
bir axborot resursi uning joyi, qo‘llanish sohasi va
boshqa ma’lumotlarga ega tasnifi bilan beriladi. Masalan, XX asr o‘rtalarida
kutubxonalarda
bunday
tasniflash
katalog
yashiklarida
joylashtirilgan
kartochkalarda aks etgan. Zamonaviy kutubxonalarda, arxivlarda, odatda, elektron
kataloglar va qidiruv tizimlari qo‘llaniladi. Elektron axborot resurslarini saqlashda
qattiq disklar, optik disklardan foydalaniladi.
Elektron axborot resurslari