Foydami yoki zarar?
SI haqidagi bahs-munozaralar qariyb 50 yildan beri davom etib
kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ba’zilar
ularning ommalashib odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy
ishsizlik
ko‘rsatkichlari
oshib
ketishi
mumkinligidan tashvishdalar.
Mutaxassislarning
boshqa
bir guruhi esa SIga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirishmoqda. Hatto
IT- sohasidagi milliarderlar orasida ham turli qarashlar mavjud.
28
Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask SIning butun boshli sivilizatsiyani barbod
qilishiga ishonchi komil.
Maskning fikricha, “SI insoniyat sivilizatsiyasi uchun asosiy xavfdir.
SI mehnat bilan bog’liq ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar
hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg’or texnologiyalar ortidan
quvish natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-
xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin”. Shuningdek, Microsoft rahbari Bill Geyts
ham uning zarariga to‘xtalib o‘tadi. “Bir necha o‘n yildan so‘ng, robotlar ishning
katta qismini bajara boshlagach, SI shu qadar kuchayib ketadiki, yakunda u
bizni xavotirga sola boshlaydi.
Bu borada Ilon Maskning fikriga qo‘shilaman. Ammo nega bu savol
boshqalarni tashvishlantirmayotganiga hech tushunolmayman”, – deydi Geyts.
“Boshqalar” deganda Geyts Facebook egasi Mark Sukerbergni nazarda tutgan
bo‘lsa,
ajab
emas.
Chunki,
Mark
SIga nisbatan
ijobiy
munosabatda
ekanligini bildirar ekan: “Yangi texnologiyalar har doim ham yaxshilik yoki
yomonlik qilish maqsadida yaratilishi mumkin. SIning keng tarqalishi ortidan
keladigan ijobiy natijani esa, yaqin 5-10 yil ichida ko‘ramiz”, deya Ilon Maskning
fikriga e’tiroz bildirgan edi. Bugungi kunda ayrim davlatlarda robot-hamshiralar,
xaydovchisiz transport vositalari, buyurtmani yеtkazib beruvchi dronlar xizmatidan
foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba’zi vazifalarini ham
maxsus robotlar bajarishyapti. Olimlar ularning tashqi ko‘rinishini imkon qadar
odamlarnikiga o‘xshatishga urinishmoqda.
Bundan tashqari, SI jurnalistlarning doimiy ko‘makchisiga aylanib
ulgurgan. Masalan,
Associated
Pressda
“ishlayotgan” robotlar moliyaviy
hisobotlarni yozib boradi. SIning qo‘llanilishi ushbu nashrda har chorakda
beriladigan yangiliklarni 300 tadan 4400 taga oshirdi.
Swiss Re sug’urta kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib 4,7
mln aholi ishsiz qolishi mumkin. Shuningdek, ishsizlik g’aznachilar, pochta
xodimlari, hisobchilar va idora xizmatchilariga xavf solishi mumkinligi aytilgan.
SI ularning vazifasini bemalol bajara oladi.
29
Savol va topshiriqlar
1.
Yangi axborot berilgan qismni ajrating.
2.
Matn yuzasidan savollar tuzing va yozma javob bering.
3.
Ahamiyatiga ko‘ra axborotlarni ajrating:
|