43
sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temurning iqtisodiy g’oyalari, u ishlab chiqqan
va amalda yuritgan iqtisodiy siyosati mislsiz ahamiyatga ega. Amir Temur
iqtisodiy g’oyalarining o‘ziga xos ulug’vorligi shundaki, ular
hayoliy emas, balki
aniq hayotdan kelib chiqqan va unda o‘z ifodasini topgan.
Amir Temurning iqtisodiy g’oyalari “Temur tuzuklari” asarida bayon
etilgan. Uning iqtisodiy g’oyalari va siyosati zamirida inson,
uning manfaati,
farovon va tinch hayot kechirishi tashvishlari yotadi. U odamlarga kasb-hunar
berish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati va tijorat ishlari bilan mashg’ul
bo‘lish uchun yеtarli sarmoya berish, yеtatli uy –
joylar qurib berish haqida
qayg’uradi.
Sohibqironning iqtisodiy qarashlari va yuritgan yangicha iqtisodiy tarbiyani
yo‘lga qo‘yish ishlarida biz uchun muhim dasurulamal tarixiy yo‘l – yo‘riq bo‘lib
xizmat qiladi. Bunday iqtisodiy qoidalarga G’arbdan 300-400 yil ilgari amal
qilindi, ular hayotiy tajribadan o‘tdi.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matnn o‘qing va mazmunini kengaytirib so‘zlab bering.
2. Matn yuzasidan savollar tuzing.
3. Matndan badiiy uslubga xos terminlarni aniqlang.
4. Berilgan matn qaysi turiga xos?
ma’lumotnoma matni
ijodiy-tavsifiy matn.