• Aloqaning mantiqiy vositalariga qo‘yidagilar kiradi
  • ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !
  • Matn hosil qiluvchi vositalari




    Download 2.13 Mb.
    Sana07.04.2024
    Hajmi2.13 Mb.
    #190693
    Bog'liq
    Akademik yozuv 4-mavzu
    63376 web sahifa yaratish texnologiyalarii, Aksiyalar va ularning qo\'llanilish xususiyati, Akbarova Dilfuza , microsoft-access-dasturi-bilan-ishlash, 17-may 22, Endokrin tizimning inson organizmi va xulq atvorining ahmiyati, Bayonnoma N3, Magistratura qabul parametrlari, 1-dateline, Informatika-togarak, Onlayn olimpiada va ko, To\'garak reja informatika, 6 ta Vazifaaaaa, Aminov Z 1 23, Aminov Z 2 23

    Matn hosil qiluvchi vositalari


    BOYMURODOV KAMRONBEK
    1.Matn qismlari
    2.So’z va uning ma’suliyati
    3.Gap qismlarini bog’lash usullari
    4.Xulosa
    REJA:
    Matn hosil qiluvchi vositalari

    Matn yaxlit nutqiy asar bo‘lib, boshlanish, fikrlarni ochib berish tuzilmasi va tugallanishlarga ega.


    2 Matn albatta kompozitsiyaga ega bo‘lishi kerak, uch qismdan iborat reja asosida – bosh qism, o‘rta qism (fikrni ochish) va xotima qismlaridan tuzilgan bo‘lishi kerak.
    1 Yaxlitlik matnning xususiyati sifatida berilgan birlikda yagona mavzudagi hikoya bo‘lishini nazarda tutadi. Bu mavzu sarlavha sifatida
    berilishi mumkin. Matnga sarlavha qo‘yish murakkab, chunki u bir tomondan butun matnnning mazmunini aks ettirishi, ikkinchi tomondan adresatga tushunarli bo‘lishi kerak.
      • Bosh qism o‘quvchi, eshituvchini bevosita matnning asosiy mazmunini qabul qilishga tayyorlaydi. Unda hikoya mavzusi shakllanadi. O‘rta qismda bu mavzu rivojlanib boradi. Xotima qismi mazzuni ochib berishga yakun yasaydi.
      • Kompozitsiyaning har uchchala qismi o‘ziga xos xususiyatlarga ega hamda maxsus til vositalari yordamida aks etadi. Fikrning boshlanishi, bir fikrdan boshqasiga o‘tish, mavzuning yakuni kabilarning ma’lum bir shakllari mavjud. Ular boshlanish va xotima qismlarida barqaror bo‘ladi.
      • Maktablardagi insholarda boshlanish va xotima funksiyasini, odatda, zaruriy bo‘lgan kirish va xulosa qismlari bajaradi. Maktablardagi insholarning asosiy xatoliklaridan biri yo boshlanish va xotimaning yo‘qligi yoki kompozitsiyaning bu elementlari bilan matnning asosiy mazmunidagi bog’liqlikning yo‘qligi.
      • Fikrni ochib berish ma’lum bir mantiqiy sxema asosida quriladi. Unga tezis (muallif o‘quvchiga yеtkazmoqchi bo‘lgan asosiy g’oya) va dalillar (muallif tezisini tasdiqlovchi isbotlar, misollar, illyustratsiyalar) kiradi.

    Matnda hamma narsa o‘zaro bog’langan, hattoki murakkab sintaktik butunlik va undagi alohida gaplar ham. Jumlalararo aloqaning turli vositalari mavjud. Asosiylarini sanab o‘tamiz:

    Matnda hamma narsa o‘zaro bog’langan, hattoki murakkab sintaktik butunlik va undagi alohida gaplar ham. Jumlalararo aloqaning turli vositalari mavjud. Asosiylarini sanab o‘tamiz:

      • predmetli aloqa (matndagi alohida qismlar insonlar ismi, predmetlarning nomi bilan birlashadi);
      • vaqtli aloqa (matnda yagona vaqt makoni mavjudligi). Vaqtdagi birgalik grammatik va leksik ifodalanadi: 1961yilda, avval-keyin; ertalab–kechqurun va b.. vaqtning grammatik birligiga alohida e’tibor bering. Vaqtni almashtirish doim o‘rinli bo‘lishi kerak. Maktabdagi insholarda eng ko‘p uchraydigan xatolik hozirgi zamondan o‘tgan zamonga asossiz o‘tib ketishdir: Kecha birinchi kanal bo‘yicha mening sevimli filmom «Krepkiy oreshek» namoyish qilindi. Men uni yеttinchi marta ko‘rmoqdaman;
      • makonli aloqa (shahrimizda,u yеrda,bu yеrda va b.);
      • so‘zlar tartibi.

    Aloqaning mantiqiy vositalariga qo‘yidagilar kiradi:

    Aloqaning mantiqiy vositalariga qo‘yidagilar kiradi:

    • 1) fikrlar, voqealar, dalillarni bayon qilishda ketma-ketlik
    • 2) sabab-oqibat va shart-oqibat aloqalariga rioya qilish (so‘zlarni qo‘llash: shuning uchun, natijada, demak, shu bilan bog’liq, shu bilan birga va b.),
    • 3) fikr bildirish tartibini tashkil qiluvchi kirish so‘zlarni qo‘llash (masalan, birinchidan, ikkinchidan, bir tomondan, boshqa tomondan, bundan tashqari,umuman olganda),
    • 4) yakunlovchi so‘zlarni qo‘llash (nihoyat, shunday qilib, oxirida, yakun yasaymiz).

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    1.N. Jiyanova, O. Mo‘ydinova. Nutq madaniyati. – T.: “Ilm ziyo zakovat”, 2019. 221 b.
    2.Mahmudov N.O‘qituvchi nutqi madaniyati. T.: «O‘zbekiston milliy kutubxonasi», 2009,188b.
    3. Qo‘ng’urov R., Begmatov Ye., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, - T.: “Fan”, 1992, 254b.
    4.M.X.Axmedova, K.A.Gayubova. “O‘zbek tili”. T. TATU, Aloqachi”, 2019.
    5. Jumaniyozov R., Nutqiy mahorat .-T.: “Adolat”, 2005, 90 b.

    ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !

    ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !


    Download 2.13 Mb.




    Download 2.13 Mb.