Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv




Download 7,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/150
Sana09.10.2024
Hajmi7,1 Mb.
#274172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat 
va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari 
darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama еtuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur fan talabalarga matnlar, ularning turlari, 
har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir 
terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun
mo‘ljallangan. 
Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali amalga 
oshiriladi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalarda yuritiladigan 
hujjatlarni o‘zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda rasmiylashtirilishiga 
erishishdek ulkan vazifa hammamizning oldimizda turibdi. 
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g’risida”gi qonun talablaridan 
kelib chiqqan holda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bakalavrlariga 
“Akademik yozuv” fani kiritildi.
Bu fanni o‘qitishdan maqsad bakalavrda mutaxassislik tili, mutaxassislik 
terminologiyasi, mutaxassislik matni, mutaxassislik nutqi asoslarini shakllantirishdan 
iboratdir.
Shunga ko‘ra universitet talabalari uchun “Akademik yozuv” kursining 
kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi. 
“Akademik yozuv” fani nutq madaniyati va o‘zbek tilining boshqa sohalari 
bilan chambarchas bog’liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda 
mutaxassislik tili va uslubi, mutaxassislik terminologiyasi va atamashunoslik, ish 
yuritish va hujjatchilik to‘g’risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z 
fikrinimutaxassislik sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta 
olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar fan va texnika tilining o‘ziga xos 
xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog’i lozim. 
Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, respublikamiz iqtisodini 
yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet 



mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini 
namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar davlat tili – o‘zbek tilini 
mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart. Shuning uchun dasturda mutaxassislik 
tili bilimlariga alohida urg’u berildi. 
Hozirgi kunda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqei tobora ortib borayotganligi, 
lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, 
ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilganligi barcha mutaxassislarning millatidan 
qat’iy nazar, o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda. 
Shu bois, mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega 
bo‘lib, bakalavr mutaxassislik tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z 
sohasiga oid so‘z va terminlarni, hujjatlarni to‘g’ri yozish malakasini hosil qilishni 
ko‘zda tutadi.
Bo‘lajak mutaxassisning kasbiy layoqati va mahorati hozirgi davrda o‘z 
kasbining madaniyati asoslari hamda notiqlik me’yorlarini ham bilishni taqozo 
etmoqda.
Fanni o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, talabalarning 
yozma 
nutqiy 
ko‘nikmalarni 
takomillashtirish, 
o‘zbek 
tilining 
boy 
imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrini to‘g’ri, aniq, 
mantiqli ifoda etishga o‘rganishni ko‘zda tutadi. Shularni nazarda tutib, o‘quv 
qo‘llanma nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan kommunikativ 
tamoyilga asoslanib tuzildi. Nazariy bilimlar fikr ifodalash vositasi bo‘lib, asosiy 
maqsadning amalga oshishiga xizmat qiladi.
Qo‘llanmada nutq uslublariga, jumladan, ilmiy, publitsistik, ilmiy-ommabop 
va rasmiy-idoraviy uslublarga keng o‘rin ajratilib, talabaning o‘z mutaxassisligi 
sohasi bo‘yicha ulardan foydalanib, matn yaratish ko‘nikmasi hosil qilinadi. 
Qo‘llanmada talaba oldiga ilmiy, publtsistik, badiiy adabiyotlarni o‘qib 
tahlil qilish, mutaxassislik sohasida matn yaratish, matnni tarjima qilish, uni shakl 
va mazmun jihatdan yangilash kabi talablar qo‘yildi. 
Nazariy ma’lumotlar ixcham shaklda berilib, eng muhim jihatlarigina 
keltiriladi. Mavzuni mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar va mashqlar ishlab 



chiqildi. Nutqiy mavzularni hamda nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash uchun
savollar, mashqlar va klaster, sinkveyn, Venn diagrammasi, T-sxema, konseptual 
jadval singari ijodiy topshiriqlar berildi. Shuningdek, davlat tilida ish yuritish
suhbat, bahslashuv orqali mustaqil yozma ishlarni uyushtirish, matn tuzdirish 
talabalarning ixtisosligiga ko‘ra belgilanadi.
O‘quv qo‘llanmada talabalar mustaqil ta’lim olishlari uchun qo‘shimcha 
materiallar berilgan. 

Download 7,1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Download 7,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv

Download 7,1 Mb.
Pdf ko'rish