Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosiga o’tish bosqichlari




Download 42,76 Kb.
bet4/5
Sana24.01.2024
Hajmi42,76 Kb.
#144881
1   2   3   4   5
Bog'liq
G’aznachilikning budjet ijrosini tashkil qilishdagi ahamiyati

4. Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosiga o’tish bosqichlari
Davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g’azna hisobraqamiga kiritishdan, shuningdek, davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobraqamdan to’lashdan iborat.
Davlat byudjeti g’azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Davlat byudjetining g’azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo’yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qorag’alpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyasini boshqarish - davlat o’z vazifalarini samarali bajarishini ta’minlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilishda ma’lum samaraga erishish, yagona tizim asosida moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish va nihoyat iqtisodiy barqarorlashtirish va jamiyat rivoji uchun sharoit yaratish borasida davlat tomonidan ko’riladigan tadbirlar yig’indisidir.
Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli organlar bilan bir qatorda, G’aznachilik ham alohida muhim o’rin egallaydi. G’aznachilik - byudjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul qiladi va byudjet tashkilotlariga etkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun G’aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig’iga binoan vakolatni o’z zimmasiga oladi va byudjet mablag’larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash va nazorat qilish asosida to’lovlarni amalga oshiradi.
Davlat byudjeti g’azna ijrosi deganda davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari fondlarning mablag’lari to’planadigan va ushbu mablag’lar doirasida aniq belgilangan yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g’azna hisobraqami orqali davlat byudjetining ijro etilishi hamda shu orqali davlat moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi.
Davlat byudjeti g’azna ijrosiga o’tishgacha bo’lgan davrda byudjet ijrosi jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilar edi:

  • byudjet tushumlarini taqsimlash;

  • tegishli byudjetlarda jamlangan mablag’larni byudjetdan mablag’ oluvchilarning ularga xizmat ko’rsatuvchi banklarda ochilgan hisobraqamlariga o’tkazish.

Davlat byudjeti ijrosining bunday tartibida byudjet mablag’larining keyingi taqdiri butunlay foydalanuvchilarning ixtiyoriga bog’liq bo’lib qoldi. Davlat byudjeti mablag’laridan qay darajada samarali va oqilona foydalanilganligini esa faqatgina buxgalteriya hisobotlari orqali so’nggi nazorat usullaridan foydalangan holda tekshirish mumkin edi.
Mazkur muammolarni e’tiborga olgan xolda, Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish tadbirlari doirasida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tizimida byudjetni g’aznachilik orqali ijro etish uchun mas’ul bo’lgan institutsional tuzilma shakllantirildi. Bu faoliyat bir necha bosqichlarda amalga oshirildi. Ularni xronologik jihatdan quyidagicha tavsiflash mumkin (1- jadval):


  • 2002 yilda “Davlat moliyasini boshkarishni isloh kilish” loyihasi ma’qullandi hamda uni tayyorlash va amalga oshirish bo’yicha mas’uliyat Moliya vazirligiga yuklatildi. Mazkur loyihaning maqsadi “davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag’larining samarali sarflanishini ta’minlash, byudjet ijrosining yangi tizimini yaratishdan iborat”18 bo’ldi.

  • 2004 yilda O’zbekiston Respublikasining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonunini qabul qilindi. Bu Qonun byudjet xarajatlarini boshqarish va nazorat qilish jarayonlariga keskin o’zgartirishlar kiritdi. Ushbu Qonunning maqsadi O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalarining) va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’larining g’azna ijrosi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’ldi. “Davlat byudjeti g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi o’z navbatida byudjetdan mablag’ oluvchilarning tovarlarni etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazish hamda ularning xarajatlarini to’lashga qaratilgan byudjet mablag’larining harakatini nazorat qilish tartibini aniqlash va belgilashni taqozo etadi.

  • 2005 yilda Moliya vazirligi tarkibida davlat byudjetining g’azna ijrosini joriy qilish uslubiyoti boshqarmasi tashkil etildi. Davlat byudjetining g’azna ijrosini joriy etish – keng qamrovli masala bo’lib, o’zaro bog’liq bo’lgan qator masalalarni hal qilishni talab etardi, xususan, g’aznachilik faoliyatining uslubiy asoslarini shakllantirish, hisob va hisobot tizimini qayta tuzish, yagona g’azna hisobvarag’ini ochish va shu kabi masalalar Uslubiyot boshqarmasi faoliyatining diqqat markazida bo’ldi va byudjetning g’azna ijrosi metodologiyasini yaratishga qaratildi.

  • 2007 yilda respublikaning barcha hududlarida davlat byudjetining g’azna ijrosi elementlari joriy etildi, davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga ko’ra barcha guruhlari bo’yicha ijrosi g’aznachilik bilan qamrab olindi.

  • 2007 yilda Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish hisobiga byudjet tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjet daromadlari va xarajat- larini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida Moliya vazirligi Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tashkil etildi.


Xulosa
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko’rsatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat xaridlari bo’yicha hukumat komissiyasi tashkil qilindi va uning ishchi organi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi deb belgilandi. G’aznachilik tashkiliy tuzilmasi tarkibida esa “Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni monitoringi axborot-tahlil bo’limi” tarkib topdi.

  • 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonuni talablaridan kelib chiqib, Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’idan amalga oshirila boshlandi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat byudjetiga o’tkaziladigan soliqlar va majburiy to’lovlar banklar tomonidan qabul qilinadigan va belgilangan tartibda 23402-, 23403-, 23407-, 23409-, 20207-, 20205- va 23411-sonli balans hisobraqamlarda ochilgan shaxsiy hisobraqamlarga (ShHR) kirim qilinadigan va ular hisobidan tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari hisobiga belgilangan miqdorlarda ajratmalar amalga oshiriladigan tartib joriy etildi.

  • 2014 yildan Byudjet kodeksining amalga kiritilishi byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosini tashkil etishning qonuniy bazasini yanada mustahkamladi.

  • 2021 yilda respublikamiz bir necha yillardan buyon davlat moliyasini isloh etishda davlat byudjet daromadlarini g’azna ijrosi bilan qamrab olish islohotlarning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 martdagi (ro’yxat raqami №02-02/1-860, 2021 yil 14 mart) 1-sonli bayonnomasiga muvofiq 2021 yilning 1 aprelidan 1 iyuniga qadar byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini yig’ishning amaldagi tartibni saqlab qolgan holda O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olishning sinov (test) jarayonini amalga oshirish, shuningdek Moliya vazirligi axborot tizimi hamda Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan tegishli organlar va tashkilotlar axborot tizimlari o’rtasida ma’lumot almashinuvini yo’lga qo’yish, shuningdek, 2021 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan to’liq qamrab olish vazifasi yuklatildi. Bunda 2021 yil 1 iyulidan byudjet tizimining byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan respublikaning barcha hududlarida joriy qilish nazarda tutilgan.

  • 2017 yildan byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosini tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2021 yil 22 noyabrdagi 88-son buyrug’iga ko’ra O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 22 dekabrda №2580 raqami bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari”da belgilangan mexanidm asosida tashkil etildi. Bunda byudjetdan mablag’ oluvchilarning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yhatdan o’tkazishda tegishla hujjatlarni UzASBO tizimi orqali g’aznachilik bo’linmalariga uzatish va O’RMVAT tizimida hisobga olishning amaldagi byurokratik tizimdan elektron tizimiga o’tilishi asosida g’aznachilik ijrosining yanada samarali ijrosi ta’minlandi.

  • 2020 yillarda davlat va korporativ xaridlar tizimini zamonaviy uslub va uslubiyot asosida tashkil etish chora tadbirlari belgilandi. Bunda davlat xaridlarini samarali, korruptsiyadan xoli va shaffof tarzda tashkil etilishi maqsadida qonun hujjatlari shakllantirildi.




Download 42,76 Kb.
1   2   3   4   5




Download 42,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosiga o’tish bosqichlari

Download 42,76 Kb.