«geoaxborot texnologiyalar» fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma farg’ona-2023 Mamadaliyev Nurillo Azizilloevich




Download 316,31 Kb.
bet3/16
Sana21.02.2024
Hajmi316,31 Kb.
#159996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari-23 yil (1)
Amaliy mashg1 (1), 1-Laboratoriya ishi tarmoq havfsiz, Mobil ilovalarni rivojlanish tarixi, Amaliyot Hisoboti Tituli, Компьютер тармо лари
Mavzuni mustaqil o’zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan foydalanib, ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k) o’qituvchidan maslahatlar oladilar. Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn o’qituvchiga himoya qilish orqali topshiriladi.
« Geoaxborot texnologiyalar » fani bo’yicha mustaqil ishlarni referatlar shaklida tashkil etilishi talabalarni ilmiy-ijodiy o’quv jarayoniga jalb qilishning keng tarqalgan usullaridandir. Talabalar ilmiy ijodi ta’lim shakllaridan biri sifatida o’qitish, bilim berish va tarbiyalash vazifalarini bajarishda o’z xususiyatlariga ega. Talaba tadqiqot faoliyatiga jalb qilinib, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, statistik va boshqa materiallarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’ladi, o’rganilayotgan hodisani tanqidiy baholashga o’rganadi, nazariyani amaliyot bilan bog’laydi va h. k.
Agar referat tayyorlashning darslik bo’yicha tayyorlangan seminar mashg’ulotidagi chiqishga qaraganda mazmun va sifat jihatdan yuqoriligi hisobga olinsa, referat shubhasiz katta foyda keltiradi. Talaba auditoriya oldida referatda bayon qilingan qoidalarni himoya qilishga, yoqlashga tayyorlanishi kerak, Informatika fanini o’rganishda bu muhim ahamiyatga ega.
Referat - bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl talaba tomonidan referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan rejalashtirish, referatni tayyorlash va muhokama qilishning barcha bosqichlarida kafedra professor-o’qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va maslahati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda o’qituvchi tomonidan talabalarning referat ishlariga rahbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali amalga oshirilganligi va referatlarga talablar mezoni qanchalik to’g’ri qo’yilganligi albatta, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Topshiriq talabalarning referat yozish ko’nikmalarini, ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini hisobga olgan holda berilishi juda muhim.

Download 316,31 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 316,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«geoaxborot texnologiyalar» fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma farg’ona-2023 Mamadaliyev Nurillo Azizilloevich

Download 316,31 Kb.