• Farg’ona-2023 Mamadaliyev Nurillo Azizilloevich.
  • «geoaxborot texnologiyalar» fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma farg’ona-2023 Mamadaliyev Nurillo Azizilloevich




    Download 316.31 Kb.
    bet1/16
    Sana21.02.2024
    Hajmi316.31 Kb.
    #159996
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari-23 yil (1)
    Amaliy mashg1 (1), 1-Laboratoriya ishi tarmoq havfsiz, Mobil ilovalarni rivojlanish tarixi, Amaliyot Hisoboti Tituli, Компьютер тармо лари

    MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI


    “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI”
    KAFEDRASI


    « GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALAR »


    FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINI BAJARISH BO’YICHA


    USLUBIY KO’RSATMA

    Farg’ona-2023
    Mamadaliyev Nurillo Azizilloevich. Geoaxborot texnologiyalar fanidan talabalar mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma. - Farg’ona: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali, 2023 yil.


    Tuzuvchilar:




    N.A.Mamadaliyev

    TATU FF «Axborot texnologiyalari» kafedrasi katta o’qituvchisi







    Taqrizchilar:




    O.Porubay

    TATU FF «Axborot texnologiyalari» kafedrasi katta o’qituvchisi



    X.X.Mamajonov

    Farg'ona viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i

    Ushbu uslubiy ko’rsatma “Axborot texnologiyalari” kafedrasi majlisida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan.


    (“__”._______. 202__ yil 1-sonli bayonnoma)
    Uslubiy ko’rsatma “Kompyuter injiniringi” fakultetining ilmiy-uslubiy Kengashida tasdiqlangan.
    (“__”._______. 202__ yil 1-sonli bayonnoma)
    TATU Farg’ona filiali Kengashining (“__”._______. 202__ y. dagi 1 -sonli yig’ilishida nashrga tavsiya etilgan.

    Kirish



    Mazkur uslubiy ko’rsatma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli «Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to’g’risida»gi buyrug’i bilan tasdiqlangan «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish» bo’yicha yo’riqnoma, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Kengashining 2023 yil 29 avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan « Geoaxborot texnologiyalar » fani bo’yicha Ishchi o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
    «Geoaxborot texnologiyalar » fanidan tayyorlangan ushbu uslubiy ko’rsatma axborot - kommunikatsion texnologiyalari sohasidagi oliy ta’limning barcha ta’lim yo’nalishlari 4–bosqich bakalavriatura talabalarining mazkur fandan mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
    Mustaqil ishning o’ziga xosligi shundaki, o’quv faoliyatining bu qismi talabalarning mustaqil faolligi hamda tegishli professor-o’qituvchilarning nazorati asosida tashkil etilib, o’quv rejada semestr bo’yicha ajratilgan soatlar hajmiga ko’ra amalga oshiriladi.
    Mazkur uslubiy ko’rsatmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo’lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish bo’yicha maslahatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baholash tartibi bayon etilgan.
    Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko’ra “Kompyuter injiniring” ta’lim sohalarida o’qitiladigan “Geoaxborot texnologiyalar” fani dasturi muxandislik ishida zarur bo’ladigan: turli masalalarini hal qilish va EHMlarda turli dasturlar ifodalash, tahlil qilish va yechish, eng maqbul (optimal) jihozlash usulini tanlash va yechimlarni tahlil qilish tizimlari, operator ish o’rnini jihozlash va loyihalashda qo’llaniladigan texnologiyalar tushunchalarini o’z ichiga olgan bo’limlaridan tashkil topgan.
    “Geoaxborot texnologiyalar” fanining asosiy maqsadi “Geoaxborot texnologiyalar” fanining maqsadi talabalarga turli dasturlash tizimlarida loyihalash usullari, ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqish hamda algoritmlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni berishdan iborat qallash.
    “Geoaxborot texnologiyalar” fanining asosiy vazifalari-Talabalarni turli hil ma’lumotlar tuzilmalari bilan tanishtirish, yangi tuzilmalarni ishlab chiqish va o’quv jarayonlariga tadbiq etish usullarini o’rgatishdan iboratdur.
    Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi - “Geoaxborot texnologiyalar” fanini o’zlashtirish quyidagi fanlardan yetarli bilim va ko’nikmalarni talab qiladi: “C++da dasturlash”, “Dasturlash tamoyillari” va “Oliy matematika”. Bundan tashqari o’quvchi talabalar biror bir dasturlash tilida dastur yaratish tajribasiga ega deb qaraladi.
    Mazkur fan bo’yicha olingan bilim va ko’nikmalar “Axborot xavfsizligi”, “Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash” va “Parallel kompyuterlarning arxitekturasi va dasturlash” fanlarini o’rganishda hamda kurs va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashda katta yordam beradi.

    Download 316.31 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 316.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «geoaxborot texnologiyalar» fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma farg’ona-2023 Mamadaliyev Nurillo Azizilloevich

    Download 316.31 Kb.