• Talabaning mustaqil ishi
  • Talabalar mustaqil ishlarining mazmuni va asosiy shakllari




    Download 316,31 Kb.
    bet2/16
    Sana21.02.2024
    Hajmi316,31 Kb.
    #159996
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari-23 yil (1)
    Amaliy mashg1 (1), 1-Laboratoriya ishi tarmoq havfsiz, Mobil ilovalarni rivojlanish tarixi, Amaliyot Hisoboti Tituli, Компьютер тармо лари

    Talabalar mustaqil ishlarining mazmuni va asosiy shakllari


    «Geoaxborot texnologiyalar» fani bo’yicha talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish ularda axborotlar va ular bilan ishlashga doir bilim, dunyoqarash, ijtimoiy faollik va mustaqil fikrlashni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o’z ichiga oladi. U o’quv rejasi va fanlar dasturlarida ko’zda tutilgan zarur bilimlar va ko’nikmalarning talabalar tomonidan oqilona, kam vaqt va kuch sarflab o’zlashtirilishini ta’minlaydi.


    «Geoaxborot texnologiyalar» fanini o’qitish jarayonini takomillashtirish, talabaning qiziqishlarini, anglash faolligini va mustaqil ishlarini rivojlantirish yo’nalishida boradi, bunda talabalarning ijodiy fikrlashi, mustaqil o’qish ko’nikmasi va layoqatlari shakllanadi.
    Talabaning mustaqil ishi – muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirishiga yo’naltirilgan tizimli faoliyatdir.
    Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad – kafedra professor-o’qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanni uzluksiz o’rganishini tashkil etish, olingan bilim va ko’nikmalarni yanada mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko’rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirish natijasida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat.
    Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan–semestrga ko’nikmalar hosil bo’lishiga muvofiq ravishda o’zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga o’rganib borishi kerak.
    « Geoaxborot texnologiyalar » fani bo’yicha talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:

    • fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash;

    • amaliy mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib borish;

    • belgilangan mavzular bo’yicha referat tayyorlash;

    • testlar yechish;

    • amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish bo’yicha keyslar yechish;

    • munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko’rish;

    • talabalarning ilmiy jamiyatlari va to’garaklarida ishtirok etish;

    • ko’rgazmali vositalar tayyorlash;

    • hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;

    • ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza matnlarini tayyorlash;

    • “talaba-o’qituvchi-kutubxona” kunida fan bo’yicha yangi o’quv adabiyotlari sharhini o’qituvchi bilan hamkorlikda tayyorlash;

    • axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo’yicha nazariy, amaliy va statistik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish;

    • belgilangan mavzular bo’yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida taqdimot materiallari tayyorlash;

    • talabalar turar joyida ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o’qish jarayonlarida ishtirok etish;

    • fakultativlar va maxsus seminarlar ishlarida ishtirok etish;

    • kafedraning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida ishtirok etish va boshqalar.

    Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga bo’ysundirilganki, butun o’quv jarayoni to’laligicha talabalar tomonidan faol, ongli, puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o’zlashtirish va ularda iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar ta’lim jarayoni va shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib hal qilinishi mumkin emas. Ularning mazmuniga qisqacha to’xtalib o’tamiz.

    Download 316,31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 316,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalar mustaqil ishlarining mazmuni va asosiy shakllari

    Download 316,31 Kb.