• Ruda konlarini ochish va tayyorlash.
  • Geologiya qidiruv ishlarini tashkillashtirish




    Download 32.97 Kb.
    bet5/5
    Sana01.03.2022
    Hajmi32.97 Kb.
    #18240
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    giologiya
    Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Kasbiy faol psix Darslik
    Aralash transport – qazish joyidan qazib olingan kon massasini birin-ketin turli transport vositalariga qayta yuklab tushirish joyigacha tashish jarayonlari tizimidir. Bunda har bir turdagi transport ishlashi qulay bo‘lgan sharoitlarda qo‘llanadi. Masalan, konveyer transporti karyerning eng chuqur joyida, avtotransport yuqoriroqda, temir yo‘l transporti esa yer yuziga yaqin gorizontlarda qo‘llanishi texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Konlarni ochiq usulda qazib chiqarishda foydali qazilma ustidagi qoplama jinslarni qazib olib, ularni karyer ichiga yoki undan tashqariga joylashtirish bilan bog‘liq texnologik jarayonlar majmui ag‘darma hosil qilish deyiladi.
    Ag‘darmalar ichki va tashqi bo‘ladi. Karyer maydonidagi foydali qazilmani qazib olingandan so‘ng bo‘shagan maydonda hosil qilingan qoplama jins ag‘darmasi ichki ag‘darma, karyer chegarasidan ma’lum masofada hosil qilingan ag‘darma esa, tashqi ag‘darma deyiladi.
    Yopiq usulda qazib olish
    Ruda konlarini yer osti usulida qazib chiqarish asoslari
    Foydali komponentlar turi bo‘yicha rudalar metall va nometall guruhlarga bo‘linadi. Qora metall (temir, marganets, xrom, titan, nikel va kobalt), rangli metall (mis, qo‘rg‘oshin, rux, aluminiy, volfram,molibden, qalay, simob va surma), nodir metall (oltin, kumush,platina) va radioaktiv metall (uran, toriy) rudalari metall rudalariguruhiga kiradi. Appatit, fosforit, tosh tuz, qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan va tarkibida qimmatbaho toshlari bor jinslar, shuningdek, grafit, slyuda va boshqa mineral xomashyolar nometall rudalar guruhini tashkil qiladi.
    Tarkibidagi foydali komponentlar soni bo‘yicha metall rudalar oddiy (monometalli) va murakkab (polimetalli) bo‘lishi mumkin. Ruda konlari bir-biriga yaqin joylashgan va turli shaklga ega bo‘lgan ruda tanalaridan tashkil topadi.

    Ruda konlarini ochish va tayyorlash. Ruda konlari yotqiziqlarini katta qismi gorizontga nisbatan o‘ta qiya (tik) yoki qiya holatda yer qobig‘iga joylashgan bo‘ladi. Bu konlarni yuqoridan pastga yo‘nalishda qazib olish ishlarini yengillatish maqsadida qavatlarga bo‘linadi. Odatda, qavatlarning vertikal balandligi 60–80 metrni tashkil qiladi
    Ruda yotqizig‘i cho‘ziqligi bo‘yicha qavatlar uzunligi 50–60 m bo‘lgan bloklarga ajratiladi.

    Ruda konlarini ochishda ruda tanasining yer qobig‘ida joylashish elementlari va kon-geologik sharoitlariga ko‘ra vertikal, qiya stvollar yoki shtolnyalar o‘tish orqali ochish usullaridan foydalaniladi. Ruda konlarini ochishda vertikal stvollar bilan ochish usuli keng qo‘llaniladi.
    Download 32.97 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 32.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geologiya qidiruv ishlarini tashkillashtirish

    Download 32.97 Kb.