• Jadval №2 Geteroatom oksidlanish darajasining oshishiga misollar Qaytarilish reaksiyalari.
  • Uglerod atomida kechadigan qaytarilish reaksiyasi
  • Jadval №3 Uglerodning oksidlanish darajasi
  • Geteroatom bo‘yicha boradigan oksidlanish reaksiyalari Geteroatomlarning oksidlanish reaksiyalari




    Download 124 Kb.
    Sana12.12.2023
    Hajmi124 Kb.
    #117375
    Bog'liq
    6-amaliy okzu


    Geteroatom bo‘yicha boradigan oksidlanish reaksiyalari

    Geteroatomlarning oksidlanish reaksiyalari
    Geteroatomlar (azot, oltingugurt, kislorod va boshqalar) turli xil oksidlanish darajasiga ega bo‘lishi mumkin. Quyidagi jadvalda (jadval №2) geteroatomlarning oksidlanish darajasi keltirilgan bo‘lib, ularning mexanizmi noaniq bo‘lib, ko‘pchilik hollarda elektrofil xarakterga ega bo‘ladi.
    Jadval №2
    Geteroatom oksidlanish darajasining oshishiga misollar


    1. Qaytarilish reaksiyalari.

    Qaytarilish reaksiyalari elektronga boy bo‘lgan qaytaruvchi reaktivdan qaytariluvchi moddaga elektronlarning ko‘chib o‘tishi bilan sodir bo‘ladi. Agar reaksiya elektron juftlarning uzatilishi bilan kechsa ion mexanizmda boradi, masalan, gidrid-ionlar bilan qaytarilganda; juftlashmagan elektronlarni berish orqali elektron mexanizmda, masalan, metallar va ba’zibir metall tuzlari bilan qaytarilganda; yoki molekulyar vodorodni biriktirib olish orqali qaytarilganda ham elektron mexanizmda kechadi.
    Qaytaruvchining hujumiga elektron zichligi past bo‘lgan markazlar, ya’ni nukleofil hujumga moyil bo‘lgan markazlar nishon bo‘ladi. Qaytarilishga uglerod atomi yoki geteroatom uchrashi mumkin.
    Uglerod atomida kechadigan qaytarilish reaksiyasi
    Uglerod atomida qaytarilish reaksiyasi oksidlanish darajasining pasayishiga olib keladi va bir necha usullarda sodir bo’ladi:
    Birikish reaksiyalari orqali:

    Almashinish reaksiyalari orqali:

    Ikkita C–Z bitta C–C bog‘ga almashinishi bilan qaytarilish. Bu reaksiyalar turi α,β-difunksional birikmalarni olefinlarga aylanishida yuz beradi:

    Yoki siqib chiqarish reaksiyalarida:

    Yoki qaytarilish orqali kondensatsiyalanishda kuzatiladi:

    C–C bog‘ini ikkita C–H bog‘ga almashtirish qo‘sh bog‘ va uch bog‘larni gidrogenlaganda kuzatiladi:

    Yoki onda-sonda qaytarilish orqali parchalanishda:

    Asosiy qaytarilish reaksiyalari № 3 jadvalda keltirilgan.


    Jadval №3
    Uglerodning oksidlanish darajasi

    Ion va radikal mexanizmlarda boradigan qaytarish hujumlariga nishon bo‘lib, uglerod-uglerod qo‘sh bog‘lar bilan kuchlangan karbonil yoki shunga o‘xshash guruhlarning qutblangan qo‘shbog‘lari, shuningdek kuchli elektron tortuvchi geteroatomlar tutgan markazlar hisoblanadi:

    Agar reaksiyaning o‘xshash holati xuddi SN1 reaksiyalaridek barqaror bo‘lsa yoki reaksiya olifenlarning oksidlari singari kuchlangan molekulalar ishtirokida borsa reaksiya oson kechadi.

    Agar reaksiya eleminlanish orqali sodir bo‘lsa hujum yanada oson kechadi.

    Qo‘sh va uch bog‘lar katalitik gidrogenlanishga o‘ta moyil bo‘ladi.
    Qaytarilish reaksiyalarining ko‘pchiligi kuchli nukleofil agent-gidrid-ioni ishtirokida kechadi. Gidrid-ionlarining donori sifatida ko‘pincha 4 ta ioni beradigan metallarning qo‘sh gidridlari (LiAlH4, NaBH4, KBH4 va boshqalar) ishlatiladi. Bu reagentlar o‘z faolligi bo‘yicha LiAlH4>> KBH4>NaBH4 tartibda joy egallaydi. Ularning reaksion qobiliyatini susaytirish va reaksiyalarning selektivligini ta’minlash uchun LiHAl(OC2H5)3, LiHAl(OC4H9-ugl.)3, kabi alkogolyatlar holiga o‘tkaziladi.
    Download 124 Kb.




    Download 124 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geteroatom bo‘yicha boradigan oksidlanish reaksiyalari Geteroatomlarning oksidlanish reaksiyalari

    Download 124 Kb.