Gibridlanish




Download 37.24 Kb.
Sana01.03.2024
Hajmi37.24 Kb.
#164964

Energiyalari oʻzaro yaqin boʻlgan atom orbitallari bir-biri bilan ta’sirlashib, shakl va energiyalari bir xil boʻlgan gibrid orbitallarni hosil qilishi gibridlanish deb ataladi. gibridlanish nazariyasi 1934 yilda J.Sleter va L. Poling tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariyaga ko’ra- kimyoviy bog` aralash yoki gibrid orbitallar hisobiga amalga oshadi. Gibridlanish jarayonida orbitallarning energiyasi va shakli o’zgaradi. Gibrid orbitallarning qoplanishidagi yuza alohida olingan orbitallardan ko’ra ko’proq bo’ladi. Gibridlanish jarayonida datslabki atom orbitallarning soni o’zgarmay qoladi.1 Ko‘p valentli atomlardan hosil bo‘lgan kovalent bog‘lanishlar doimo fazoviy yo‘nalgan bo‘ladi. Bog‘lanishlar orasidagi burchaklar valent burchaklar deyiladi. Ko‘pincha kovalent bog‘lanish hosil bo‘lishida ishtirok etadigan elektronlar turli holatlarda, masalan, biri- s-, boshqasi p- orbitallarda bo‘ladi. Bunda molekuladagi bog‘lanishlarning puxtaligi ham turlicha bo‘lishi kerak edi. Lekin tajriba ular teng qimmatli ekanligini ko‘rsatadi. Bu hodisa L. Poling tomonidan kiritilgan, atom orbitallarining gibridlanishi haqidagi qoida bilan tushuntiriladi. Аtоm оrbitаllаrning gibridlаnishi haqidagi tаssаvurlаrgа muvofiq turli оrbitаllаrgа mаnsub elеktrоnlаr ishtirоkidа kimyoviy bog’lanish hosil bo’ladi, bu elеktrоnlаrning bulutlаri bir-birigа tа’sir ko’rsatib, o’z shаkllаrini o’zgartirаdi, nаtijаdа turli оrbitаllаrning o’zaro qo’shilishi, ya’ni gibridlаngаn оrbitаllаr hosil bo’ladi. sp-gibrid оrbitаllаrdа elеktrоn bulutining zichligi yadrоning bir tоmоnidа kаttаrоq bo’lib, ikkinchi tоmоnidа kichikrоqdir. Gibrid оrbitаllаr o’zining kаttаrоq qismi bilаn boshqa аtоmlаrning elеktrоn bulutlаrini ko’prоq qоplаydi. Gibridlаnish nаtijаsidа elеktrоn bulutlаr tamоmilа simmеtrik shаklni оlаdi. Erkin holаtdаgi аtоmlаr hеch qаchоn gibridlаngаn holаtdа bo’lmaydi. Gibridlаnish аtоmlаrdаn mоlеkulа hosil bo’lish vaqtidаginа yuzаgа chiqadi. Gibrid orbitallarning oʻzaro qoplanishi gibridlanmagan orbitallarga nisbatan katta bo’lganligi sababli mustahkam bogʻlar hosil qiladi.
sp3-gibridlanish. Uglerod atomi kimyoviy reaksiyalarga kirishayotganda asosiy holatdan (1s22s2sp2) qoʻzgʻalgan holatga (1s22s1sp3) oʻtadi. Tashqi pog’onadagi 4ta atom orbitaldan shakl va energiyalari bir xil boʻlgan 4ta gibrid sp-orbitallar yuzaga keladi. Ular tetraedr uchlariga yo’nalgan holda 109.5° burchak hosil qilib fazoda joylashadi. Bunday gibridlanish to’yingan uglevodorodlar va ularning hosilalaridagi uglerod atomlariga xos boʻladi.
sp2-gibridlanish. Uglerod atomidagi tashqi Ita s va 2ta p orbitallarning gibridlanishidan 3ta sp-gibrid orbitallar yuzaga keladi. Ular tekislikda 120° burchak bilan joylashadi. Gibridlanmagan p orbital ana shu tekislikka perpendikulyar holda boʻladi. Bunday gibridlanish to’yinmagan uglevodorodlar (alkenlar), karbonil va karboksil funksional guruhlaridagi uglerod atomlariga xos bo’ladi.
sp-gibridlanish. Uglerod atomidagi tashqi 1ta s va 1ta p orbitallarning gibridlanishidan 2ta sp-gibrid orbitallar yuzaga keladi, ular chiziqda 180° burchak hosil qilib joylashadi. Gibridlanmagan 2ta p orbitallar esa oʻzaro perpendikulyar tekisliklarda boʻladi. Bunday gibridlanish alkinlar, allenlar va nitrillarda kuzatiladi.
Gibridlanish turiga qarab C-C bogʻ uzunligi oʻzgarishini quyidagi misolda yaqqol ko’rish mumkin:

Ugleroddan boshqa element atom orbitallari ham gibridlanishi mumkin. Masalan, ammoniy ioni va unga mos alkilammoniy kationlarida azot atomi elektron orbitallari sp³, piridinda sp², nitrillarda esa sp-gibridlanish holatida bo’ladi.

Download 37.24 Kb.




Download 37.24 Kb.