|
Mavzu 9: Kompyuter taqdimotlari PowerPoint va taqdimotga grafika joylashtirish
|
bet | 14/17 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #138424 |
Bog'liq 6unja646F$ Mavzu 9: Kompyuter taqdimotlari PowerPoint va taqdimotga grafika joylashtirish
Reja
Microsoft Power Point dasturi
Prezentasiya
Kompyuter taqdimotlari. Microsoft Power Point dasturi.
Kompyuter grafikasi tushunchasiga to’xtaladigan bo’lsak, kompyuter grafikasi deganda avvalo biz turli xil rasmlarni va chizmalarni, animasiyalarni, xar xil efektlarni, ovozlarni o’zida mujassam etgan. Shuni o’quv jarayonida, konferensiyalarda va seminarlarni o’tkazishda zamonaviy texnikani qo’llash oddiy bo’lib qoldi. Namoyish etish uchun 35 millimetrlik slayd plyonkasi va tashqi plyonkalar ishlatilish odat tusiga kirdi. Keyingi vaqtlarda rangli suyuq kristalli panelllar tarqalgan bo’lib, bevosita kompyuter ekraniga ulanadi. Bunday prezentasiyalarni tayyorlash ko’p mexnat talab qilinadigan jarayonlardir. Shuning uchun dastur taminoti bozorida qator paketlar paydo bo’ldiki, ular prezentasiyalarni barpo etish va o’tkazish ishlarini soddalashtirishga yordam beradi.
dasturidir.Microsoft Power Point dasturi Windows qobigi ostida yaratilgan bo’lib, ushbu dastur prezentasiyalar (taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalardan biri xisoblanadi. Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida xam qo’llash mumkin. Ayrim xollarda bu dasturlarni multimedia vositalaridan boshqarish va qo’llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini xam bajarish mumkin. Dasturda ishlash uchun biz yangi bo’lgan asosiy tushunchalar bilan tanishaylik.Prezentasiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi.Prezentasiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi.Slayd - bu prezentasiyani aloxida kadri bo’lib, matnni, sarlavxalarini
grafik va diaggramalarni o’z ichiga oladi. Power point vositalari bilan barpo etilgan slaydlarni oq-qora yoki rangli printerda chop etish yoki maxsus agentligi yordamida 35 millmetrli slaydlarni fotoplenkalarda tayyorlash mumkin.
Tarqatiladigan material - qulay shaklda bosib chiqarilgan va tanishish uchun mo’lljalangan materiallar. Ular bir betda ikki, to’rt yoki olti slaydlar chop etilgan bo’ladi.
Ma’ruza konspekti - Power Point da prezentasiya ustida ishlash jarayonida yaratilgan ma’ruza konspekti. Chop etish vaqtida ma’ruza konspektining xar bir betida slayd va tekstning mazmunini tushuntiruvchi qichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan bo’ladi.
|
| |