Giroskop haqida Giroskop




Download 131,11 Kb.
bet9/21
Sana12.12.2023
Hajmi131,11 Kb.
#117429
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Mavzular

Gazlarda elektr toki Reja:

  1. Gazlarda elektr toki.

  2. Nomustaqil gaz razryad.

  3. Mustaqil gaz razryad.

Gazlar orqali elektr tokning o’tishini tekshirish uchun 1–rasmda tasvirlangan sxema asosida elektr zanjir tuzaylik. Bu zanjirning bir qismi, ya’ni M va N plastinalar (elektrodlar) orasidagi qismi biror gazdan iborat bo’lsin. Sxemadagi galvanometr zanjir bo’ylab elektr tok oqmayotganligini ko’rsatadi, chunki oddiy sharoitlarda gazda zaryad tashuvchilar bo’lmaydi.
Demak, zanjir M va N elektrodlar orasida uzilgan bo’ladi. Shuning uchun zanjir orqali elektr tok oqishini ta’minlamoqchi bo’lsak, elektrodlar oralig’iga zaryad tashuvchilar kiritish yoki biror usul bilan elektrodlar orasidagi gazda zaryad tashuvchilar vujudga keltirish kerak. Gazda zaryad tashuvchilar vujudga keltirishning barcha usullarini ikki gruppaga ajratish mumkin:

    1. gazdagi zaryad tashuvchilar tashqi faktorlar tufayli vujudga kelishi natijasida kuzatiladigan elektr tokni nomustaqil gaz razryad deyiladi.

    2. M va N elektrodlar orasidagi elektr maydon ta’sirida vujudga kelgan zaryad tashuvchilar tufayli kuzatiladigan elektr tokni mustaqil gaz razryad deyiladi.

  1. Nomustaqil gaz razryad.

Agar M va N elektrodlar orasidagi gazni qizdirsak yoki α, γ, rentgen, ul
trabinafsha nurlar bilan nurlantirsak, gaz molekulalarining ionlashuvi sodir bo’ladi. Ionlashuv jarayonining mohiyati quyidagidan iborat. Tashqi faktorlardan olgan energiya tufayli gaz molekulasidagi bir yoki bir necha elektron molekuladan ajralib chiqadi. Natijada molekula musbat zaryadlangan ionga aylanib qoladi. Ajralib chiqqan elektronlarning bir qismi neytral molekulalar bilan birlashib manfiy zaryadlangan ionlarni vujudga keltiradi.
Shuning uchun ham gazdagi (ionlashish jarayoniga sababchi bo’lgan tashqi faktorni ionizator (ionlashtiruvchi) deb ataladi.
Ionlanish jarayoni bilan bir qatorda gazda rekombinatsiya jarayoni ham sodir bo’ladi. Rekombinatsiya ionlanishga teskari jarayon bo’lib, bunda musbat va manfiy ionlarning yoki elektron va musbat ionning to’qnashuvi natijasida neytral molekulalar hosil bo’ladi.
Shunday qilib, gazlarda ionlanish jarayonida manfiy zaryad tashuvchilar (elektronlar va manfiy ionlar) hamda musbat zaryad tashuvchilar (musbat ionlar) teng miqdorda hosil bo’ladi, rekombinatsiya jarayonida esa teng miqdorda yo’qoladi.
Elektron va musbat zaryadli ionlarning qo’shilishi natijasida neytral atomlar hosil bo’lish jarayoni gazlarda zaryadli zarralarning rekombinatsiyasi deb ataladi.


  1. Download 131,11 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Download 131,11 Kb.