|
Giroskop haqida Giroskop
|
bet | 11/21 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 131,11 Kb. | | #117429 |
Bog'liq MavzularToj razryad. Razryadning bu turi vujudga kelganda elektrodlar yaqinida huddi quyosh tojiga o’hshagan nurlanish kuzatiladi. Toj razryad vujudga kelishi uchun nihoyat kuchli notekis elektr maydon mavjud bo’lishi shart. Masalan, katta kuchlanishli elektr toklarni o’tkazuvchi simlarni ko’raylik. Sim va erni kondensatorning ikki qoplamasi deb qarash mumkin.
Mavzu : Plazma.
Reja:
1.Plazma asosiy tushuncha va harakteristikalar.
2.Plazma oqimining moddalarga ta’siri.
3.Plazma oqimini olish.(tezlatish mehanizmi).
4.Plazmaning issiqlik ta’siri.
Fizika va kimyoda plazma (yunoncha. plasso — „shakl quyaman“) atamasi ostida gazga o‘xshash, zarrachalari ionlashgan modda holati tushuniladi. Gazni qizdirish uning atom yoki molekulalarini ionlantirib, plazmaga aylantirishi mumkin^ Issiqlikdan tashqari kuchli elektromagnit maydoni (lazer yoki mikrotoMqin) yordamida ham plazma hosil qilish mumkin.
Plazma (yun. plasma — shakllangan) — to‘liq yoki kisman ionlashgan va har bir elementar hajmdagi elektron va ionlarning yig‘indi zaryadi nolga teng bo‘lgan gaz. Suyuqlikning gaz holatiga o‘tishi bug‘lanish, qattiq jismning gaz holatigao‘tishi sublimatsiya deb ataladi. Har qanday jism kuchli qizdirish natijasida gaz holatiga o‘tadi. Agar temperatura yanada oshirilsa, issiqlik energiyasi ta’sirida molekulalarning ionlarga ajralish jarayoni boshlanadi. Gazning ionlanishi turli vositalar yordamida, mas, yoritish, elektronlar yoki boshqa zarralar bilan bombardimon qilish natijasida ham sodir bo‘lishi mumkin.
Plazma hajm birligidagi ionlashgan atomlar sonining shu hajm birligidagi barcha atomlar soniga nisbati Plazmaning ionlanish darajasi a deyiladi. a ning qiymatiga qarab zaif, kuchli va to‘la ionlashgan Plazma bo‘ladi. Kosmos va Yer sharoitlarida, hozirgi zamon texnikasida Plazma holatidagi modda g‘oyat katta rol o‘ynaydi. Gazlardan tok o‘tish hodisalari, ya’ni gazlardagi razryadlar, yashin, uchqun, elektr yoyi kabi hodisalar Plazma bilan bog‘liq. Yer atmosferasining yuqori qatlami Quyosh va boshqa kosmik omillar ta’sirida zaif ionlashgan Plazma bo‘lib, ular quyosh shamoli kurinishida Yer magnitosferasi va ionosferasini tashkil qiladi. Quyosh va yuqori temperaturali yulduzlar to‘la ionlashgan Plazmadan iborat. Plazma zichligi (1 sm dagi elektron yoki ionlar soni) quyidagi qiymatlarga ega bo‘ladi: galaktik fazoda p ~ 10 , quyosh shamolida p ~ 10 , qattiq jismlarda p - 1O22. "Plazma" terminini fanga birinchi bo‘lib amerikalik olimlar I.Lengmyur va L.Tonks kiritgan Umumiy holda Plazmani tashkil etuvchi elektronlar, ionlar va neytral atomlarning o‘rtacha kinetik energiyalari birbiridan farq qilishi mumkin.
Plazmani harakterlovchi eng muhim fizik kattalik Debay radiusidir, uning mohiyatini quyidagicha tushuntirish mumkin.
Agar plazma tarkibidagi biror q zaryadli zarra vakuumda bo‘lganida edi, uning o‘zidan g masofa uzoqlikdagi nuqtada hosil qilayetgan potensiali formula orqali aniqlanar edi. Plazmada esa kuzatilayotgan bu zaryadli zarra boshqa zaryadlangan zarralar bilan qurshab olingan. Zaryadlar orasida o‘zaro ta’sir kuchlari mavjudligi tufayli kuzatilayotgan zaryad atrofiga ko‘proq unga teskari ishorali zarralar yig‘iladi va ular q zaryad maydo-nini kuchsizlantiradi. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha, plazmadagi q zaryadning potensiali masofa ortishi bilan quyidagi qonuniyat bo‘yicha o‘zgarib boradi: bundagi D kattalik temperaturaga, hajm birligidagi zarralar soniga, ularning zaryadiga bog‘liq.
Moddaning qattiq, suyuq yoki gaz qolatlarda bo‘lishi uning agregat holatlari deyiladi. Yuqorida aytilganlardan ravshanki, plazma xususiyatlari moddaning oddiy gaz holatidagi xususiyatlaridan ko‘p jihatdan farq qiladi. Shuning uchun plazmani moddaning to‘rtinchi holati deb hisoblanadi. Plazma xususiyatlaridan foydalanish xozirgi. zamon texnikasi taraqqiyotida g‘oyat katta ahamiyatga ega.
Plazma lampasida elektronlar ionlar bilan birlashib, yuqori energiyali holatdan quyi energiyali holatga o‘tadi va nurlanadi.
lazma: asosiy tushuncha va harakteristikalari.
Plazma ionlashgan gaz bo’lib, manfiy zaryadlangan zarrachalar (elektron va manfiy ionlar), musbat zaryadli ionlar va neytral zarrachalardan (turg’un va uyg’otilgan holatdagi atom va molekulalar) tashkil topgan.
Plazmaning ionlanish darajasi qiymatiga qarab plazmalar
Kuchsiz ionlashgan (ai<1)
Ionlashgan (ai<1)
To’liq yoki yuqori ionlashgan ( ai 100 % ga yaqin). plazmalarga bo’linadi.
Plazmaning kvazinaytralligi katta hajmda va keng vaqt intervalida quyidagi shartni bajarilishi bilan harakterlanadi
Σ𝑧 (𝑛) =(ne)(ni) va (ne) ionlar va elektronlarning o’rtacha konsentratsiyasi. z- ionlar ionizatsiyasining karraligi (z>1)
Plazmada zaryadning hajmiy masshtabda bo’lishishi Debay uzunligi deyiladi. Elektronli plazma zarrachalarning elektrostatik va issiqlik energiyalarini tengligi bilan harakterlanadi.
𝐷=√𝑘𝑇𝑒/8𝜋𝑒2𝑛𝑒
k- Boltsman doimiysi. E va Te plazma zaryadi va temperaturasi.
D- masofada qarama qarshi zaryadli zarrachalarni ekrani hosil bo’ladi.(Kulon potensiali e marta kamayadi). Shuning uchun Debay ekranlanish radiusi deyiladi. L - o’lchamidagi plazma uchun, L>>D shart bajariladi.
Taqdim etuvchi : Olimov Javlonbek
Qabul qiluvchi: Bobojonov K. A.
|
| |