|
Giroskop haqida Giroskop
|
bet | 10/21 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 131,11 Kb. | | #117429 |
Bog'liq MavzularMustaqil gaz razryad.
Tashqi ionizator ta’sir qilmasa ham, nihoyat kuchli elektr maydonlar ta’sirida zaryad tashuvchilar vujudga kelishi mumkin. Zaryad tashuvchilarning vujudga kelishini ta’minlovchi asosiy jarayonlar quyidagilardan iborat.
Zarbdan ionlanish. Oddiy sharoitlardagi gazda turli sabablar tufayli vujudga kelgan elektronlar va ionlar mavjud. Lekin ularning soni nihoyat darajada kam bo’lganligi uchun oddiy sharoitlardagi gaz amalda elektr tokni o’tkazmaydi, deyish mumkin. Kuchlanganligi E bo’lgan elektr maydonga q zaryadli tok tashuvchi (ion yoki elektron) ga qE kuch ta’sir etadi. Bu kuch ta’sirida tok tashuvchi ikki ketma-ket to’qnashuv orasida erkin bosib o’tilgan l yo’lda 𝑊𝑘 = 𝐸𝑞𝑙
Ikkilamchi elektron emissiya. Gazdagi musbat zaryadli ionlar elektr
maydon ta’sirida ancha katta energiyalarga erishgach, manfiy elektrodga urilishi natijasida elektroddan elektronlar ajralib chiqadi. Bu hodisani ikkilamchi elektron emissiya deyiladi.
Avtoelektron emissiya. Bu hodisa nihoyat kuchli elektr maydonlarda (E~108 V/m) sodir bo’ladi. Bunda nihoyat kuchli elektr maydon metallardan elektronlarni yulib (tortib) oladi, deyish mumkin.
Fotoionlanish. Zarbdan ionlanish natijasida vujudga kelgan ion uyg’otilgan holatda bo’lishi mumkin (uyg’otilgan holatdagi sistemaning energiyasi asosiy holatdagiga qaraganda kattaroq bo’ladi). Bu ion uyg’otilgan holatdan asosiy
holatga o’tayotganda qisqa to’lqin uzunlikli nur chiqaradi. Bunday nur energiyasi molekulaning ionlanishiga yetarli bo’lib qolganda fotoionlanish hodisasi ro’y beradi.
Termoelektron emissiya. Manfiy elektrod temperaturasi yetarlicha yuqori bo’lgan hollarda termoelektron emissiya tufayli anchagina elektronlar vujudga keladi.
Mustaqil gaz razryadlarning ba’zi turlari bilan tanishaylik. Oldin oddiy atmosfera bosimlaridagi gazlarda ro’y beradigan razryadlarni tekshiramiz.
|
| |