|
Gliston shahar 11 sonli umumtalim Maktabining 8-bsinf o‘quvchilariga
|
Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 39,5 Kb. | | #152699 |
Bog'liq Tavsiyanoma maktab
Gliston shahar 11 - sonli umumtalim
Maktabining 8-bsinf o‘quvchilariga
TAVSIFNOMA
8-b sinf o‘quvchilari maktabda alo baholarga o‘qiydigan, musobaqa va tadbirlarda faol qatnashuvchi sinflardan hisoblanadi. Sinf rahbari –Usmonova R
Sinfda 38 ta o‘quvchi mavjud bo‘lib, ulardan tasi 14 kiz bola, 24 tasi o‘g‘il bolalardir.
Sinf faollari: sinf etakchisi-G`aniyev Ulug`bek
Sinfda alo va yaxshi baholarga o‘qiydigan o‘quvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Masalan: Abdullayeva M, Halimjonov S va boshqa o‘quvchilar o‘zlarining darsdagi faolliklari bilan boshqa o‘quvchilarga namuna bo‘la oladilar.
Sinf o‘quvchilari maktabdagi ingliz tili, kompyuter, adabiyot, matematika to‘garaklariga xam muntazam qatnashadilar. Qayumov A va boshqalar ingliz tili, sport to‘garaklariga katnashadilar.
8-bsinf o‘quvchilari fan olimpiadalariga, maktab tugaraklariga, kushimcha soat darslariga, turli xil uchrashuvlarga, kurik tanlovlarga, shanbaliklarga faol katnashadilar. Ayniqsa, bayram yoki tadbirlarda sahna ko‘rinishi va raks ijro etishni yaxshi kuradilar. Rollarni koyilmakom ijro etishadi.
SHuningdek, bu o‘quvchilar maktab kutubxonasiga qatnashadi. Sportning boks, basketbol, futbol, engil atletika turlarini yoqtirishadi. Darsdan bo‘sh vaktlarida ularning barchasini sport zalida biron bir mashg‘ulot bajarishayotganligini ko‘rishimiz mumkin buladi.
8-bsinf faol, alo baxolarga ukishi bilan bir katorda shux o‘quvchilar xamdir. Kezi kelganda sal tupolonchirok. Sinfda uzlashtirishi past o‘quvchilar xam mavjud bulib, alo baxolarga ukiydigan o‘quvchilar ulrga erdam berishadi .
Sinf ota-onalari bir oyda ikki marta yigilish utkazishadi. Ruzigul opa ularga farzandlarining xulki, bilimlari xakida malumot beradilar.
Menga ushbu sinf juda xam yoqdi . Ular kelajakda puxta bilimlarga ega, mustakil fikrlay oladigan, yurtimizga munosib farzand bulib etishishlariga tula ishonch bildiraman.
Tavsifnoma beruvchi: Eshmirzayev Yodgor
Guliston shahar 11-sonli umumtalim
maktabining 8-bsinf o‘quvchisi
Xusanova SHoxistaga
TAVSIFNOMA
___________________ qizi 2002-yil 19- aprelda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tug‘ilgan. Otasi Xusanov K tadbirkor, onasi Xusanova L uy bekasi. SHoxista oilada birinchi farzand bo‘lib, singlisisi hamda ukasi bor. singlisi –2004 yilda tug‘ilgan bo‘lib, hozirda shu maktabda ukiydi.
Xusanova SHoxista sinfda lider o‘quvchilardan biri bo‘lib, sinf «Kamalak” etakchisi hamdir. U sinfdoshlari orasida o‘zining haqgo‘yligi, tirishqoqligi tufayli hurmatga sazovor bo‘la olgan.
SHoxista o‘zining odobi, bilimga chankokligi, qizikuvchanligi va sal tupolonchiroqligi bilan ajralib turadi. Sinf rahbar Usmonova R ning aytishicha, SHoxista sinfning faol hamda mas’uliyatli o‘quvchilaridan biri. U deyarli barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirib kelmoqda. SHoxista o‘ziga berilgan topshiriqni o‘z vaqtida va sidqidildan bajarishga harakat qiladi..
U turli fan olimpiadalarida, maktab to‘garaklariga, maktabdan tashqari turli tadbirlarga faol ishtirok etadi. SHoxistaning aytishicha, maktab kutubxonasi va kompyuter sinfi uning eng sevimli xonalaridir. Ingliz tili va kompyuter to‘garaklariga qatnashadi. SHoxista sportning karate turiga qiziqadi va u bilan doimiy shug‘ullanib keladi. Turli musobaqalarda faol ishtirok etadi.
Uning hayotdagi shiori “Intilganga tole yor”. .
Tavsifnoma beruvchi: Mamajonov Umid
|
| |