Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.02.2024
Hajmi0,58 Mb.
#156945
  1   2   3   4
Bog'liq
Ilm-fan 0148



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
191 
MULTIMEDIA TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI
Rustamxonov Azimxon 
Qo‘qon DPI, “Matematika-informatika” yo’nalishi 
 3- bosqich talabasi. 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7932325 
Multimedia tizimlari va texnologiyalari. Asosiy tushunchalar. 
"Multimedia" termini "multi" — ko’p va "media" — muhit, tashuvchi
muloqot vositasi so’zlaridan tuzilgan. Bu so’zlarni o’zbek tiliga “ko’p 
muxitli” kabi tarjima qilish mumkin 
Multimedia — bu turli kompyuter texnologiyalarining to’plami bo’lib, unda turli shakldagi va 
ko’rinishdagi ma’lumotlar, masalan, grafika, tekst, video, fotografiya, xarakatlanuvchi 
obrazlar (animatsiya), ovozli effektlar qo’llaniladi. 
Qoidaga ko’ra multimedia deganda interaktiv dasturiy ta’minot orqali boshqariladigan vizual 
va audio effektlarning birgalikda qo’llanilishi tushuniladi. 
“Multimedia” tushunchasiga bir qancha misol keltiramiz: 
Multimedia (multimedia) – bu zamonaviy kompyuterli axborot texnologiyalari bo’lib, u 
kompyuter sitemasida tekst, ovoz, videotasvir, grafik tasvir va animatsiya (multiplikatsiya) ni 
birgalikda qo’llash imkonini beradi.
Multimedia – bu kompyuterda tekst, grafika, animatsiya, raqamli o’zgarmas tasvirlar, video, 
ovoz, nutq kabi tipli ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, saqlash almashish va tasvirlash
imkonini yaratuvchi texnologiyalar yig’indisidir.
Multimedia — bu tasvir va xarakatli video, animatsiyali kompyuter grafikasi va matn, nutq va 
yuqori sifatli ovoz bilan ishlashni ta’minlovchi interaktiv sistemadir. 
Multimediali – kompyuter — bu multimedia texnologiyalarini amalga oshiruvchi apparat va 
dasturiy ta’minotiga ega bo’lgan kompyuterdir.
Multimedianing rivojlanish tarixi. 
Multimedia-texnologiyalari informatikaning eng dolzarb va mashxur yo’nalishlaridan biri 
xisoblanadi. Bu yo’nalishning asosiy maqsadi “tasvir, tekst va matn ovoz, video animatsiya va 
boshqa tasviriy effektlar (Simulation) kollektsiyasiga ega bo’lgan, hamda interaktiv va boshqa 
vizual boshqaruv mexanizmiga ega bo’lgan” mahsulotlarni yaratishdan iborat. Bu tushuncha 
1988 yil yangi texnologiyalarni tadbiq qilish va foydalanish muammolari bilan 
shug’ullanuvchi yirik Yevropa Komissiyasi tomonidan bayon qilingan.
80 – yillar oxirida multimedia – texnologiyalarini gumanitar soxalarda qo’llashga bo’lgan 
qiziqishlarni oshishi, bevosita atoqli amerikalik kompyuter – biznesmeni Bill Geyts nomi bilan 
bog’liq. U turli “muxitli”: tasvir, ovoz, animatsiya va gipermatnli sistema asosidagi multimedia 
maxsulotlarini yaratish va amaliyotda muvaffaqiyatli qo’llash g’oyasini ilgari surgan 
("National Art Gallery. London"). 
Aynan mana shu maxsulot o’zida multimedianing quyida keltirilgan 3 ta asosiy printsipini 
mujassamlashtirib olgan edi: 
Ma’lumotlarni inson sezuvchi turli ma’lumot muxitlari kombinatsiyasi yordamida tasvirlash.
Maxsulotdagi ma’lumotlarni tasvirlashni turli xil liniyalarini mavjudligi (xususan unda 
ma’lumotni tasvirlash liniyasini maxsulotda mavjud bo’lgan boshqaruv mexanizmi orqali 
insonni o’zi belgilaydi).



Download 0,58 Mb.
  1   2   3   4




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi

Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish