• Kalit sozlar
  • Ключевые слова
  • Globallashuv va ma`naviy qashshoqlik Tursunqilichov Tursunboy Vohidovich




    Download 25.77 Kb.
    bet1/5
    Sana13.03.2024
    Hajmi25.77 Kb.
    #170926
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Tursunqilichov Tursunboy Voxidovich (2)



    Globallashuv va ma`naviy qashshoqlik
    Tursunqilichov Tursunboy Vohidovich
    Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshken axborot texnologiyalar universiteti 1-kurs talabasi
    ANNOTATSIYA
    Maqolada globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir paytda yoshlarning ma'naviy xavfsizligini ta'minlash masalalari alohida tadqiqot ob'ekti sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur maqolada globallashuvning turli xil mintaqalardagi davlatlarning turmush tarziga ko’rstayotgan salbiy ta’sirlari, ularni oldini olish uchun ajdodlarimizning milliy merosidan foydalanish, teatr san’ati va kiyinish madaniyatiyatlarining milliy g’oyani tiklashdagi axamiyatlari keltirilgan.c
    Kalit so'zlar: g‘oyaviy qarama-qarshilik, ma‘naviy xavfsizlik, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonuniylik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya, sog‘lom turmush tarsi, ma‘naviy immunitet.
    АННОТАЦИЯ
    В статье анализируются вопросы обеспечения моральной безопасности молодежи как отдельный объект исследования в условиях усиления процессов глобализации. Также в данной статье представлены негативные последствия глобализации на образ жизни стран разных регионов, использование национального наследия наших предков для их предотвращения, значение театрального искусства и культуры одежды в восстановлении национальной идеи.
    Ключевые слова: идеологический конфликт, моральная безопасность, национальные ценности, патриотизм, гражданское чувство, толерантность, законность, национальные и общечеловеческие ценности, защита от идей насилия и жестокости, здоровый образ жизни, духовный иммунитет.

    Kirish.
    1.Hozirgi davr - dunyoda gʼoyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq boʼlib borayotgan davrdir. Bugungi kunda halqaro munosabatlarda eng dolzarb va olamshumul muammolardan hisoblangan xavfsizlik, barqarorlik va tinchlik masalalariga eʼtibor tobora kuchayib bormoqda. Dunyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy taraqqiyoti va rivojlanishi aynan shu muammolarning qay darajada yechilishiga bogʼliqdir. Hozirgi globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan bir davrda Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikning, shuningdek, yoshlarning maʼnaviy xavfsizligini taʼminlanishi va ularni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, hayotda oʼzlarini munosib oʼrinlarini topish uchun zarur shart-sharoitlarini yaratish berish mintaqa davlatlari oldida turgan dolzarb masala boʼlib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirishni taqozo etadi.
    Jamiyatning globallashuvi, integratsiyalashuvi, axborotlashuvi va ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida insoniyat taraqqiyotining jadal suratlar bilan rivojlanayotgan intellektual salohiyati, turli mamlakatlarda yashayotgan elat, millat va xalqlarning iqtisodiyotini yaxshilashga xizmat qilgan bir paytda xalqlarning milliy identikligi (milliy o‘zlikni anglash) jarayoniga bepisandlik munosabatida bo‘lish – xalqning milliy o‘zlikni yo‘qotish xavfini kuchaytiradi. Natijada uning o‘rnini hech narsa bilan to‘ldirishni imkoni bo‘lmaydi.

    Download 25.77 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 25.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Globallashuv va ma`naviy qashshoqlik Tursunqilichov Tursunboy Vohidovich

    Download 25.77 Kb.