|
Axborotlashgan jamiyat XX asrning oxiri
|
Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 22,2 Kb. | | #149650 |
Bog'liq Aytbaeva Z
Axborotlashgan jamiyat
XX asrning oxiri -
XXI asrning boshlarida dunyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda, shuningdek,
tabiatda yuz berayotgan global o‘zgarishlar bugungi jamiyatni "Axborotlashgan jamiyat" deb
atashga asos bo‘lmokda. Xo‘sh axborotlashgan jamiyat nima? Bu savolga o‘zbek tilida nashr
etilgan adabiyotlarda: "Axborotlashgan jamiyat - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo,
axborotni ishlab chikarish, unga "ishlov berish", saklash va jamiyat a’zolariga yetkazish bilan
bog‘liq bo‘ladigan jamiyat"
40
, "axborotlashgan jamiyat, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishda mehnat
qiluvchilarning, fan va madaniyat vakillarining axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish,
dunyoviy bilimlar majmuini shakllantirish, yaratish, saklash, qayta ishlash va xalqaro bozorda
sotishni amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘lgan jamiyatdir", "Axborotlashgan jamiyat -
ko‘pchillik ishlovchilarning axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab
chiqarish, saklash, kayta ishlash va sotish-ni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdir"
41
,
- degan ta’rif-lar berilgan.
Zamanoviy axborot texnologiyalari deganda nimani tushinasiz
Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
8.Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari.
Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo bo’ldi. Bu yillarda ular maosh hisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, elyektromyehanik buhgaltyerlik hisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu kog’oz hujjatlarni tayyorlashda myehnat va vaqtni bir qadar qisqartirishga olib kyelgan.
60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay uzgardi. Bu tizimlardan olingan axborot davriy hisobot uchun ko’pgina paramyetrlar bo’yicha qo’llana boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ko’pgina funktsiyalarga ega bo’lgan eum lar talab etila boshlandi.
70—80-yillarda axborot tizimlari qarorlarni qo’llab-quvvatlovchi va tyezlashtiruvchi jarayonga ega bo’lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida kyeng foydalanila boshlandi.
80-yillar ohiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish kontsyeptsiyasi yanada o’zgarib bormoqda. Ular axborotning stratyegik manbai bo’lib kolmokda va istalgan sohada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmokda. Bu davrning axborot tizimlari axborotni uz vaqtida byerib, tashkilot faoliyatida muvaffakiyatga erishishga yordam byermokda
9.Axborot ta`minoti - axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishni tasniflash va kodlashtirish tizimlari xujjatlashtirishning unifikatsiyalashgan tizimlari, xujjat aylanmasi va xujjatlar shakli uslublarini ratsional holga keltirishni o`z ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil qilish bo`yicha uslublar va vositalar yig`indisidir.
Dasturiy ta`minot - hisoblash texnikasi vositasida ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig`indisidir. Dasturiy ta`minot tarkibiga bazaviy va Amaliy dasturiy mahsulotlar kiradi.
Amaliy dasturiy ta`minot - axborot tizimi funktsional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy mahsulotlar yig`indisio`zida namoyon etadi. Ular ham universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma`lumotlar bazasi boshqaruv tizimlari) va ham maxsus vositalar – funktsional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil ob`ektlar sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Texnik ta`minot - ma`lumotlarini qayta ishlash tizimini funktsiyalashtirish uchun qo`llanuvchi texnik vositalar kompleksidir. u ma`lumotlarni qayta ishlovchi namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o`z ichiga oladi.
Huquqiy ta`minot - axborot tizimini yaratish va funktsiyalashtirishni tartibga soluvchi huquqiy me`yorlar yig`indisini o`zida namoyon etadi. Axborot tizimini qayta ishlashning huquqiy ta`minoti AT buyurtmasiga va tayyorlovchi o`rtasidagi shartnomaviy o`zaro munosabatlar me`yoriy aktlari, chetga chiqishlarining huquqiy tartibga solinishini o`z ichiga oladi.
Lingvistik ta`minot inson va EHM muloqotini ishlab chiqarish va ta`minlash samaradorligini oshirish uchun ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig`indisini o`zida namoyon etadi.
Axborot tizimlari ma`lumotlari bilan ishlash mutaxassislarga keng yordam beradi, muhandislar va loyihachilarning ish samaradorligini oshiradi. Bunday axborot tizimlarining vazifasi – tashkilotlarga yangi ma`lumotlarni integratsiyalash va qog`oz xujjatlarni qayta ishlashga yordam berishdan iborat. Sanoat jamiyati axborot jamiyatiga aylanib borar ekan, iqtisodiyot mahsuldorligi borgan sayin bu tizimlar rivojlanishi darajasiga bog`liq bo`la boradi. Bunday tizimlar ayniqsa ishchi stantsiyalar va ofis tizimlari ko`rinishda bugungi kunda biznesda juda tez rivojlanmoqda.
|
| |