Глобаллашувнинг фалсафий муаммолари




Download 0.89 Mb.
bet1/9
Sana03.04.2024
Hajmi0.89 Mb.
#186226
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Глобаллашув ва бар тарақ фалса ЛОТИН 10 04 2023
8-maruza, ximiya, Управления физический културы и спортам в зарубежных странах, yakuniy LE, mus ish1ing, Kompyuter arxitekturasi, 4 2 амалиёт 2-курс 3-4 семестр, 1696327605-2, Дарс жадвали 2 курс ft Word, 1-dateline(408) (1), 2-uzb-dateline (1), Davlat ekologik ekspertizasi 1, Leet, Kirish Issiqlik almashinish qurilmalari, lugat

7- Mavzu: Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi
1. Globallashuv tushunchasi va globalistika.
2. Global hodisalarning shakllanish tarixi
3. O‘zbekistonda innovatsion rivojlanish strategiyasi xususiyatlari
4. Nanotexnologiyalar va biologik identifikatsiya texnologiyalarning ijtimoiy jarayonlarga ta’siri
5. Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi virtual muloqatning ijobiy va salbiy jihatlari
6. Sun’iy intelekt tushunchasi va uning tahlili
Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g‘am-tashvishlarini, balki uning so‘nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida tobora jadalroq sur’atlarda, shu jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan real hayoti kundalik amaliyotini ham aks ettiradi.
Shu munosabat bilan yuzaga kelayotgan yangi hodisalar, g‘ayrioddiy qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, faylasuflarning ham e’tiborini tortmoqda.
Hozirgi vaqtda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi.
GLOBALLASHUV (lot. globus – yer kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Yer sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir.
Globalistika - Jahon rivojlani-shining eng yangi tendensiyalarini anglab yetish borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muam-molarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi.
Кенгроқ маънода «глобалистика» атамаси глобаллашувнинг турли жиҳатлари ва глобал муаммоларга оид илмий, фалсафий, маданий ва амалий тадқиқот-ларни, жумладан уларнинг олинган натижа-ларини, шунингдек уларни айрим давлатлар даражасида ҳам, халқаро миқёсида ҳам иқтисодий, ижтимоий ва сиёсий жабҳаларда амалга жорий этиш борасидаги амалий фаолиятни ифодалаш учун қўлланилади
Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi.
Globallashuvning navbatdagi bosqichi dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo o‘zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi, XX asr o‘rtalariga kelib esa u to‘la darajada borliqqa aylandi
Ayni shu davrda dunyoni iqtisodiy bo‘lib olish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqadigan mutlaqo yangicha tusdagi keskin xalqaro muammolar yuzaga keldi. Bu jarayonlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya vositalarini, shuningdek ma’naviy jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab oldi.

Download 0.89 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Глобаллашувнинг фалсафий муаммолари

Download 0.89 Mb.