|
Glossariy 1 gpa (Grade Point Average)
|
bet | 2/5 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 27,38 Kb. | | #153490 |
Bog'liq Glossary12 Ta’lim dasturi katalogi — oliy ta’lim muassasasi tavsifi, kredit-modul tizimiga kirish, mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, xizmatlar va resurslar, o‘quv fanlari dasturlari, aniq ta’lim dasturlari elementlari tavsifi to‘g‘risidagi axborot;
13 Ta’lim natijalari — talaba tomonidan o‘zlashtirilgan va baho bilan tasdiqlangan malaka darajasini aks ettiradigan, ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tugallagach talaba o‘zlashtirgan ko‘nikmalar va ularni amalda bajarish qobiliyatining tavsifi;
14 O‘qish yuklamasi — talaba tomonidan o‘quv faoliyatining barcha turlari — ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihasi (ishi), amaliyot va mustaqil ishni amalga oshirish asosida kutilgan o‘quv natijalariga erishish uchun zarur bo‘lgan soatlar hajmi;
15 Ta’lim elementlari — ta’lim dasturining bir qismi bo‘lib, ta’lim olish natijalariga erishish va ta’lim dasturida ko‘rsatilgan bilimlarni o‘zlashtirishga ko‘maklashuvchi o‘qitish turi;
16 Transkript — ta’lim olishning tegishli davrida o‘zlashtirilgan kreditlar va baholarning harf va raqamlardagi ifodasi ko‘rsatib o‘tilgan fanlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan belgilangan shakldagi hujjat.
17 Oraliq nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning modulning birinchi qismi bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning muhim bosqichi bo‘lib, kelajakda shu fan bo‘yicha o‘zlashtirishni prognoz qilish ko‘rsatkichidir
18 Joriy nazorat - talabalarning amaliy mashg’ulotlari, munozaralardagi ishtiroki, amaliy va keys hamda mustaqil ish topshiriqlarini baholash tarzida amalga oshiriladi
19 Yakuniy nazorat - bu professor-o’qituvchi tomonidan talabaning kurs bo’yicha olgan bilimlari va amaliy ko’nikmalarini baholashning umumlashtiruvchi bosqichi hisoblanadi
20 Mustaqil ta’limni baholash – bu talabalarning jamoaviy tartibda va yakka tartibda berilgan amaliy loyihalarni bajarishlari orqali amalga oshiriladi
|
| |