bo'lsin. Uning yorqinligi 100 (foiz) ga teng bo'lsa, u oqligicha qoladi. Yorqinlik 0 ga teng
qilib olinsa, oq rang qora rangga aylanib qoladi. 50 ga teng bo'lsa, kulrang, 25 ga teng
bo'lsa, to'q kul rang, 75 ga teng bo'lsa, och kul rangga aylanadi. Bu tizimning yaxshi tomoni
unda bir-birini to'ldiruvchi va bir-biriga yaqin bo'lgan ranglar yaqqol ko'rinib turadi. Bir-
birini to'ldiruvchi ranglar deb doiraning bitta diametrida bir-biriga qarama-qarshi
joylashgan ranglarga aytiladi. Masalan, qizil va havo rang; va ko'k; yashil va pushti ranglar;
shuningdek, oq va qora ranglar bir- birini to'ldiruvchi ranglar hisoblanadi. To'ldiruvchi
ranglardan biri fon uchun olinsa, ikkinchisi chiziqlar chizish, matn yozish uchun ishlatiladi.
Bunda chiziq va yozuvlar fonda yaqqol ko'rinib turadi. Matnning biron qismini ajratish
uchun matnning asosiy rangiga yaqinroq rang tanlanadi. Ranglar ikki turga ajratiladi.
Ulardan birinchi iliq ranglar, ikkinchisi esa sovuq ranglar deb ataladi. Iliq ranglarga
tarkibida qizil va sariq ranglar ko'proq bo'lgan ranglar, sovuq ranglarga tarkibida ko'k va
siyoh ranglar ko'proq bo'lgan ranglar kiradi. Ayniqsa, ularga qora va kul ranglar
aralashsa, ular yanada sovuqlashadi.