Grafik formatlar
Tasvirlami kompyuter xotirasida saqlash uchun ko'plab
formatlar ishlab chiqilgan.
Quyida eng ko'p ishlatiladigan formatlarni ko'rib chiqamiz.
BMP (ingliz tilidagi Bitmap Picture) - rastrli tasvir.
GIF (Graphics Interchange Format) - tasvirlar almashish formati. Bir faylda bir necha
tasvirlari saqlay oladi va soda animatsiyalar uchun juda qulay.
TIFF (ingliz tilidagi Targed Image File Format) - belgilab chiqilgan tasvir fayli formati.
Rasmlarni tayyorlashga ishlatiladigan eng keng tarqalgan rastr formatlardan biri TIFF
(Target Image File Format), 1986 yilda Aldus korporatsiyasi tomonidan yaratilgan bo'lib,
grafik fayllarni IBM-mos keluvchi kompyuterlardan Makintoshga yoki aksincha, o'tkazish
paytida paydo bo'ladigan qiyinchiliklarni bartaraf etadi. JPEG (Joint Photographic Experts
Group) - fotografiya ekspertlarining birlashgan guruhi (Yevropa ittifoqi) tomonidan ishlab
chiqilgan. JPEG tasvirni zichlashi, kichraytirishi mumkin, bu tasvir sifatini pasayishiga olib
keladi.
PCX (PC exchange) - shaxsiy kompyuterda ma’lumot almashish formati.
RAW (ingliz tilida raw) - xom, hali tayyor emas, degan ma’noni bildiradi. Sifatli
fotoapparatlarda olingan suratlarni saqlash uchun ishlatiladi.
PNG (Portable Network Graphics) - tarmoq uchun portativ (ixcham) grafikasi formati.
Ushbu format yosh va GIF va JPEG formatlarining afzalliklarini birlashtiradi. Bu sizning
rasmingiz sifatini yo'qotmasdan sezilarli darajada siqish imkonini beradi.
PDF (ingliz tilida Portable Document Format) - elektron hujjatlar formati.
2.3-rasm. Tasvir formatlari.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Tasvirlarni saqlash usullari haqida umumiy tushuncha.
2. Tasvirlarni saqlash usullarining turkumlanishi.
3. Tasvirlarni kompyuter xotirasida saqlash formatlari.
4. Tasvirlami saqlashning tarkibiy tuzilishi.
5. Tasvirlami saqlashning aralash usullari.
|