Guliston davlat universiteti berilganlar bazasini




Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana02.12.2022
Hajmi4.43 Mb.
#32769
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Снимок экрана 2022—11—30 в 10.31.37
tom.tt oraliq, faxriy yorliq tashakkurnoma taqdirla, xvf slayd n, slayd 2, Лойиха тахлилидан якуний назорат саволлари, Лойиха YN savollar, 403023


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Berilganlar bazasini
boshqarish tizimlari
Ma’ruzalar to‘plami
1-10 mavzular
Guliston – 2021
1-mavzu: Berilganlar bazalarini boshqarish tizimlari faniga kirish.
Berilganlar bazasini boshqarish texnologiyalari.
Asosiy savollar:
1. 
Fanning maqsad va vazifasi.
2. 
Ma’lumotlar bazasi haqida umumiy ma’lumotlar.
3. 
Ko’p foydalaniladigan tixzimlardagi BBBT.
4. 
Foydalanuvchi tomonidan BBBTni tanlash mezonlari.
Jadvallar
So’rovlar
Hisobor
Forma


Hozirgi vaqtda ko’pgina mamlakatlar axborot texnologiyalar sohasida
rivojlanish yo’liga o’tib, axborotlashgan jamiyat qurishga intilmoqdalar.
Axborotlashgan jamiyatga yaqin turgan mamlakatlar sifatida AQSh, Yaponiya,
Angliya va Germaniya kabi mamlakatlarni keltirish mumkin.
Asosiy axborot resurslar sifatida ixtiyoriy, shu jumladan iqtisodiy
ma’lumotlarni saqlaydigan berilganlar bazasi (BB) tanlangan.
BB quyidagi imkoniyatlarga ega:
1. 
Katta hajmdagi har xil shakldagi axborotni birmuncha ratsional usulda saqlash;
2. 
Kerakli axborot bazasiga tez ega bo’lish;
3. 
Yopiq axborotga ega bo’lish imkoniyatini ishonchli cheklash.
BB bilan bevosita ishlaydigan tizimlar Berilganlar Bazasini Boshqarish
Tizimlari(BBBT) deb yuritiladi.
Bu kursda BBni BBBT yoki programmalash tili yordamida loyihalashtirish
muammolari ma’lum bir masalalar asosida ko’rib o’tiladi.
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda berilganlar bazasi bilan ishlash
imkoniyatini beruvchi zamonaviy kompyuter texnologiyalari bo’yicha mos bilim,
ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida
turli arxitekturali (lokal yoki mijozG’server) BBBT larni yaratishni o’rgatishdan
iborat.
«Berilganlar Bazasini Boshqarish Tizimlari» o’quv fanini o’zlashtirish
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar:
- berilganlar bazasini yaratish tizimlari, ularning arxitekturasi va berilgan
arxitekturaga mos yaratilgan yangi kompyuter texnologiyalarini bilishi kerak;
- berilganlar bazasini yaratishdagi ma’lum asosiy qoidalarni (berilganlar
bazasidagi jadvallarda axborotning minimal etarliligini ta’minlash, berilganlar
bazasini normallashtirish, berilganlar bazasidagi jadvallar aro bog’lanishlarni
saqlash va berilganlar bazasidagi axborotni himoya etish) qo’llash ko’nikmalariga
ega bo’lishi kerak;
- ikki va uch bo’g’inli berilganlar bazasini boshqarish tizimlarini loyihalash
malakalariga ega bo’lishi kerak.
Ma’lumotlar bilan amaliy ishlarning ilk tizimlari axborotlarni ishlashning
an’anaviy usullariga asoslanib tuziladi. Har bir muayyan holat uchun tashqi
foydalanuvchining mantiqi ishlab chiqiladi. U axborot tuzilmasi, tanlash
operatsiyasi, axborotni qo’shish va yo’q qilish kabi tushunchalardan iborat.
Ma’lumotlar va dastur o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik yuzaga keladi: ma’lumotlarni
o’zgartirishda yo dasturni almashtirish yoki ma’lumotlarni qaytadan buzish zarur
bo’ladi.
Murakkab axborotlarni ishlab chiquvchilar duch kelgan bu va boshqa
qiyinchiliklar ma’lumotlar bilan amal bajarish uchun tizimlarga nisbatan standart
talablar shakllanishiga olib keladi. Asosiy talablardan biri – ma’lumotlarning
mustaqilligi yoki axborot tuzilmasini fizik tushunchalardan ajratish edi. Bunda
hamma ma’lumotlar ko’p foydalanuvchilar kirishi mumkin bo’lgan holda ba’zi
standart ichki tuzilishli qilib saqlanadi.
Ma’lumotlar bazasi – axborotlar tizimlarining eng muhim tarkibiy qismi.
Oxirgi foydalanuvchi va ma’lumotlar bazasi ma’murining ishini engillashtirish
uchun BBBT yaratilgan edi. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan
ajratadi. BBBT dastur va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo’lib,
foydalanuvchi shu tufayli faqat ma’lumotlar bazasini mantiqiy tashkil etishnigina
tasavvur qiladi. Ma’lumotlar bazasini mantiqiy tashkil etish uni fizik amalga
oshirishdan (ya’ni tashkil etish va fayllarni ishlashdan) sezilarli farq qilishi
mumkin. Foydalanuvchilarning ixtiyorida talablar tili bo’lib ular yordamida
foydalanuvchilar ma’lumotlarni tanlaydi va o’zgartiradi. Quyidagi 1.1-rasmda


BBBTning 
yangi 
standartlarini 
qo’llayotgan 
yoki 
qo’llamayotgan
foydalanuvchining holatlari ko’rsatilgan.
Mantiqiy tuzilish fizik (jismoniy)dan ajratilsa axborotlarning taqdim
etishning bir qancha bosqichlari paydo bo’ladi. Natijada turli bosqichlardagi ancha
murakkab dasturiy ta’minlash yuzaga keladi. Eng yuqori bosqichda talablar tili
avvaliga biror oraliq tartib tiliga uzatiladi. Bu tartib tili yordamida keyinchalik
tanlash va boshqa amallar operatsiyalari bajariladi. Tartib tili, o’z navbatida,
bevosita bajarish uchun mashina tiliga o’tkaziladi. Axborotlarni taqdim etish
bosqichida aloqalarni saqlash va tashkil etishning barcha xususiyatlarini hisobga
olish zarur. Bu – ma’lumotlarga samarali assotsiativ kirishni ta’minlaydi. Qidirish
ishonchli bo’lishi uchun kesishuvchi aloqalar va invertatsiyalashgan ro’yhatlar
(yoki kataloglar) uchun ko’rsatkichlar to’plami kabi mexanizmlarni tizimga
kiritish lozim.
МББТ қўллашгача
(файлли тизим)
МББТ қўллаш орқали
(маълумотларнинг
мустақиллиги
)
Файлдаги
маълумотларнинг
жисмоний шакли
қайта ташкил этиш
тузилмалари
ички схема
Фойдаланувчи
Дастур
+
Маълумотлар-нинг
мантиқий
тузилмаси
+
Кириш усуллари
+
Аниқ бир мантиқий
илова
Фойдаланувчи
Дастур
+
Маълумотлар-нинг
мантиқий
тузилмаси
+
Кириш усуллари
+


Аниқ бир мантиқий
илова
Файлдаги
маълумотларнинг
жисмоний шакли
1.1-rasm.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu xotiralarning qo’shimcha sarflanish,
tanlash va xizmat ko’rsatish vaqtining ko’payishini talab qiladi. Bundan tashqari,
tuzilmalarni qayta tashkil etish xato qilish xususiyatiga ega bo’lgan dasturlar bilan
bajariladi. Tizimli dasturlar foydalanuvchilarga oson bo’lmaganligi sababli,
bunday xatolarni faqat ancha mehnat talab qiladigan, ma’lumotlarni tasdiqlash
jarayonlari orqaligina aniqlash mumkin. Bu turli xil axborot tuzilmalarini samarali
ta’minlaydigan tizmilarni loyihalashni qiyinlashtiradi. Bu qiyinchiliklarni engish
uchun zamonaviy BBBTlar quyidagi talablarni ta’minlashi lozim:
• 
ma’lumotlarning mustaqilligi;
• 
talablarning kuchli tili;
• 
javob (sado berish)ning qisqa vaqti;
• 
ma’lumotlar va kataloglarni qayta tashkil etishni qisqartirish yoki ulardan voz
kechish.
Ma’lumotlarning mustaqilligi – BBBTga asosiy talab, talablarning kuchli tili
esa foydalanuvchining talablarini qondirishning muhim shartidir. Bu tillar
assotsiativ manzillashtirish va ma’lumotlar to’plami bilan amallar bajarish
vositalariga ega. Bu esa o’z navbatida EHMlar yangi qurilmalarining ichida
ulardan samarali foydalanishga sharoit yaratadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Bu quyidagilarga imkon beruvchi
dasturiy vositalarning to’plamidir;
A) foydalanuvchilarni ma’lumotlarni aniqlash va amallar bajarish tili
vositalari bilan ta’minlash. Bunday vositalarga ma’lumotlarni aniqlash tili (MAT)
va ma’lumotlar bilan amallar bajarish (MABT) kiradi. Ma’lumotlar tili atamasi
aytib o’tilganlarining har ikkalasini yoki ulardan birini anglatadi. Ma’lumotlar
so’zi ma’lumotlar tilini SIQQ, Paskal va h.k. kabi tillar turidan farqlaydi. lekin
ma’lumotlar tili universal tilga, masalan, SIQQ, Paskalga kiritilishi mumkin.
Bunday holda dasturlashning universal tili va ma’lumotlar tili tegishli ravishda
(kirituvchi) til va ma’lumotlarning tilosti deb ataladi;
B) foydalanuvchi ma’lumotlarining modelini qo’llab-quvvatlashni
ta’minlash. Ma’lumotlar modeli – ba’zi ilovaga tegishli fizik ma’lumotlarning
mantiqiy taqdim etilishini aniqlash vositasidir;
V) aniqlash, yaratish va mantiqiy ma’lumotlar bilan amallar bajarish (ya’ni
tanlash, yangilash, kiritish va yo’q qilish)ga imkon beruvchi MAT va MABT
vazifalarini amalga oshiruvchi dasturlarni ta’minlash;
G) ma’lumotlarning himoyasi va yaxlitligini ta’minlash. Tizimdan
foydalanish faqat shunga huquqi (himoyasi) bo’lgan foydalanuvchigagina ruxsat
etiladi. Foydalanuvchilar ma’lumotlar ustida operatsiya bajarayotganlarida
saqlanayotgan ma’lumotlarning muvofiqligi (yaxlitligi) ta’minlanadi. Gap
shundaki, BBBT ko’plab foydalanuvchilar ishi jamoa rejimida ta’minlashga
mo’ljallanadi.
Jamoa rejamida umumiy fizik ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Bu turli
foydalanuvchilarning ishida aynan bir xil ma’lumotlarning muvofiqligini
ta’minlashni talab qiladi. Nomuvofiqlikning tipik misoli bir vaqtdagi
modifikatsiyalarni noto’g’ri boshqarishda yuzaga keladi. O’zgartirishlarda


yo’qotib qo’yish va noto’g’ri axborot berish kabi muammolar quyida (himoyalash
va yaxlitlashga bag’ishlangan bo’limlarda) ko’rib chiqiladi. ko’p mahsulot sotish
yoki bir o’ringa bir nechta chipta sotishlar bunga misol bo’ladi. Yaxshi BBBT
ma’lumotlar bazasidan foydalanishda ehtimol tutilgan nomuvofiqliklarni nazorat
qilish mexanizmini ta’minlash lozim.
BBBT o’z tasniflanishining muhim belgilaridan biri bo’lgan ma’lumotlar
modeli turlaridan birini (tarmoqli, ierarxik yoki relyatsion) ta’minlaydi. BBBT
ma’lumotlar bazalarining ko’pmaqsadli tavsifini, ma’lumotlarni hisg’moyalash va
qayta tiklashni amalga oshiradi. Rivojlangan muloqot vositalari va yuqori darajali
talablar tilining mavjudligi BBBTni oxirgi foydalanuvchi uchun oson vositaga
aylantiradi.
BBBTning asosiy vositalari quyidagilar
• 
ma’lumotlar bazalari tuzilmalariga topshiriq berish (tasvirlash) vositalari;
• 
ma’lumotlarni kiritish, ko’rish va muloqotlar rejimida ishlashga mo’ljallangan ekran
shakllarini loyihalash vositalari;
• 
berilgan sharoitlarda ma’lumotlarni tanlash uchun talablar yaratish, shuningdek,
ularni ishlash bo’yicha operatsiyalar bajarish vositalari;
• 
foydalanuvchiga qulay ko’rinishda ishlov natijalarini bosmaga chiqarish uchun
ma’lumotlar bazasidan hisobot yaratish vositalari;
• 
til vositalari – makroslar, qurilgan algoritmik til (Dbase, Visual Basic yoki
boshqalar), talablar tili (QBE –Query Example, SQL ) va h.k. Ular ma’lumotlarni
ishlashning nostandart algoritmlarini, shuningdek foydalanuvchi topshiriqlaridagi
voqealarni ishlash tartiblarini bajarish uchun qo’llaniladi;
• 
ma’lumotlar bazalari bilan ishlash turli operatsiyalarini yagona texnologik jarayonga
birlashtirishga imkon beruvchi foydalanuvchi ilovalarini yaratish vositalari
(ilovalar generatorlari, menyu va ilovalarni boshqarish yo’laklarining vositalari).
Ma’lumotlar bazasi – BBBT vositalari orqali mashina «tashuvchi»da hosil
qilingan ma’lumotlar yig’indisidir. Ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan
ma’lumotlarni minimal takrorlash orqali mantiqiy bog’langan ma’lumotlarning
qo’shilishi ta’minlanadi. MB o’zaro bog’langan ob’ektlarning ba’zi mantiqiy
modelini aks ettiradi. Ma’lumotlar bazasi BBBTda ta’minlanadigan model va
ma’lumotlar tuzilmalariga muvofiq tashkil etiladi.
Ma’lumotlar bazasi, qoida tariqasida, ko’p foydalanuvchilarga zarur bo’lgan
ma’lumotlarni o’zi ichiga oladi. Bir vaqtning o’zida bir necha
foydalanuvchilarning umumiy ma’lumotlar bazasiga kirishi BBBTni shaxsiy
kompyuterning lokal tarmog’iga ulanganda va ko’p foydalanadigan ma’lumotlar
bazasi yaratilganda mumkin bo’ladi.
BBBT tarmog’i turli foydalanuvchilar ma’lumotlarining umumiy bazasiga
kirishining cheklanganligini kuzatib boradi va foydalanuvchi bir vaqtda
ma’lumotlarning 
umumiy 
bazasidan 
foydalanganda 
ma’lumotlar
himoyalanganligini ta’minlaydi. Bir vaqtning o’zida bir necha mijozlar
ma’lumotlardan foydalanganda ularning muvofiqligi, himoyalanishi avtomatik
ravishda amalga oshiriladi.
Faylli server tarmog’ida ma’lumotlar bazasi serverda joylashishi mumkin.
Bunda BBBT ishga tushadi va foydalanuvchilarning ish bekatlaridagi baza
ma’lumotlarini ishlash amalga oshiriladi. Lokal tarmoqdagi faylli server tamoyili
bir qator tarmoq operatsion tizimlari orqali bajariladi. Ularning eng ommaviylari
Microsoft Windows NT va Net Novell 4.1. lardir.
“Mijoz-server“ tamoyilini quvvatlovchi tarmoqda kuchli mashinalar
joylashgan va serverdagi ma’lumotlarga ishlov beruvchi, ularning yaxlitligi va
saqlanganligi uchun javob beruvchi ma’lumotlar bazasining serveri ishlatiladi.
Serverdagi ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun tuzilmali talablar tili SQL
(Structured Queries Language) qo’llaniladi. Mijozlar faqat o’zlarini lokal bazalari
bilangina emas, balki serverda joylashgan ma’lumotlar bilan ham bir-birlariga
ta’sir qilishlari mumkin. SQL ta’minlangan BBBT – mijoz serverga to’liq xajmda
SQL talabini bilidirishi zarur ma’lumotlarni olishi, shuningdek yangilangan
ma’lumotlarni yuborishi mumkin. Unda ma’lumotlarning umumiy bazasi bilan ish


bekatlarida o’rnatilgan turli ko’rinishdagi BBBTlar faoliyat ko’rsatadi (agar ularda
SQL ta’minlangan bo’lsa).
BBBTdan SQL ma’lumotlar bazalarining serverlariga ulashish ODBC
drayverlari yordamida amalga oshiriladi. ODBC (Open Database Connectivity) –
ma’lumotlar bazasiga kirishning ochiq standarti. SQL ma’lumotlar bazasi
serverlari uchun standart qarorni ta’minlaydi.
BBBT va ma’lumotlar bazalarining asosiy xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
• 
ma’lumotlarni bir marta kiritish va ularni muvofiqlashtirishning oddiyligini
ta’minlovchi modelning turli ob’ektlarida ma’lumotlarning takrorlanishining
yo’qligi;
• 
ma’lumotlarning bir-biriga zid emasligi;
• 
ma’lumotlar bazasining yaxlitligi;
• 
ko’p jihatli kirishning mumkinligi;
• 
ma’lumotlarni har xil tanlash va ulardan foydalanuvchilarning turli topshiriqlari va
ilovalardan foydalanish;
• 
avariya holatlari, apparat va dastur buzilishi, foydalanuvchining xatolari paytida
ma’lumotlarni himoya qilish va tiklash;
• 
turli mijozlarning beruxsat kirishlarini cheklash vositalari yordamida himoya qilish;
• 
ma’lumotlarni qayta ishga tushirmay ma’lumotlar bazasi tuzilmalarini modifikatsiya
qilish imkoniyati;
• 
ma’lumotlar bazasi tuzilmalarini modifikatsiyalashda dasturlarni saqlab turishga
imkon beradigan, dasturlarning ma’lumotlarda mustaqilligini ta’minlash;
• 
mashina «tashuvchisi»dagi ma’lumotlar bazasini joylashtirishni hajm-vaqt tavsifini
yaxshilash maqsadida qayta tashkil etish;
• 
oxirgi mijozga mo’ljallangan har qanday talab bo’yicha axborotlarni ma’lumotlar
bazasidan chiqarib berishni va foydalanuvchi uchun qulay hisobot shakllari
ko’rinishida taqdim etishni ta’minlovchi yuqori darajali talablar tilining
mavjudligi.
BBBT mijozning turli predmet sohalari uchun amaliy ilovalarini
yaratishning asosi hisoblanadi.
Foydalanuvchi tomonidan amaliy ilovalar uchun BBBTni tanlashi quyidagi
ko’plab omillar bilan belgilanadi:
• 
mavjud texnikaviy va dasturiy ta’minlash, ularning tashqi ko’rinishlari, operativ va
disk xotiralari;
• 
ta’minlanayotgan ma’lumotlar modelining turi, predmet sohasining xususiyati,
axborotlar mantiqiy modelining topologiyasi;
• 
foydalanuvchining ishlab chiqarilayotgan ilovalari ehtiyojlari;
• 
ma’lumotlarni ishlashda mahsuldorlik ko’rsatkichiga qo’yiladigan talablar;
• 
BBBTda zarur vazifalar vositalarining mavjudligi;
• 
Mijozlarning malakasi, darajasi va BBBTda ishlab chiqarishning muloqot va MB
bilan ishlash vositalari mavjudligi.
BBBTni o’rnatish. BBBT dastur mahsuloti bo’lib, amaliy dasturlar paketi
ko’rinishida etkazilib beriladi. U shakllari, zahiralari va operatsion tuzilish,
shuningdek, vazifalar to’plash uchun bo’lgan talablari hisobga olingan holda
kompyuterga o’rnatilishi (installashtirilishi) zarur.
Bosqichma-bosqich joriy etish jarayoni. BBBTni o’rnatgach, MBni
yaratish, jumladan MB tuzilmalarini joylashtirish, ma’lumotlarni kiritish,
shuningdek BBBT funktsional imkoniyatlarda nazarda tutilgan har qanday
harakatlarni bajarish mumkin. Shaxsiy kompyuterlarga mo’ljallangan BBBTlar
etarlicha ixcham ekanligini esda tutish lozim. Bu foydalanuvchi ilovalarini ishlab
chiqishning ilk bosqichlaridayoq MBning alohida qismlarini yaratishga kirishishga
imkon beradi. Bunday MB ishlab chiqish chuqurlashgani sayin oson kengayishi va
modifikatsiyalanishi mumkin. Shunday qilib, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash
texnologiyasi xodimlar tomonidan tez o’zlashtiriladi, BBBT imkoniyatlarini
o’rganish va bosqichma bosqich joriy etish osonlashadi.


Ma’lumotlar bazalari tuzilmalarini ishlab chiqish. BBBT asosida loyihalarni
ishlab chiqish MB tuzilmasi bo’yicha qaror tayyorlashni nazarda tutadi. Bu
qarorlar bevosita mashinadan tashqari muhit va MBni, uning zarur axborotlarga
ega xujjatlarini, shuningdek bu axborotlarni joylashtirish va ishlash bo’yicha
vazifalarni alog’goritmlashtirishni ro’yhatga olish bilan bog’liq.
MB tizimlarini ishlab chiqishning ilk bosqichida predmet sohasi
axborotlarining mantiqiy tuzilishini aks ettruvchi axborot – mantiqiy modelni
yaratish maqsadga muvofiq. Ma’lumotlarni me’yorlashtirish talablariga javob
beruvchi bunday model, ma’lumotlarning relyatsion bazalarini yaratishga asos
bo’ladi.
BBBT vositalari bilan ma’lumotlar bazasini yaratish. Ishlab chiqilgan
ma’lumotlar bazasi tuzilmasiga muvofiq, «tashuvchisi»da uni BBBT vositalari
bilan yaratish va eksplutatsiyaga kiritish amalga oshiriladi. MBni yaratish va
eksplutatsiya qilish jarayonlarini ta’minlash uchun BBBT instrumental vositalari
imkoniyatllarini bilish zarur. Bunda BBBT vositalaridan foydalanish
texnologiyasiga amal qilish lozim. Bunday texnologiya MBni dastlabki kiritish,
ishga tushirish, ma’lumotlarni nazorat qilish, o’zgartirishlar kiritish bo’yicha
operatsiyalar bajarish, kerakli ma’lumotlar olish uchun talablardan foydalanish,
MBni qayta tiklash va h.k. kabi barcha jarayonlarni belgilab berish kerak. Bu
texnologiyaning muhim bosqichlaridan biri mashina tashqarisidagi muhitidagi
xujjatlardan, ma’lumotlar bazasiga axborotlarni yuklash, ma’lumotlarni
muvofiqlashtirish va ularni ko’rib chiqish uchun kiritish-chiqarish ekran shaklini
tayyorlashdan iborat.
Ma’lumotlarni BBBT vositalari bilan ishlash. Ma’lumotlarni qo’shish, yo’q
qilish, almashtirish, talablar tili, kiritilgan algoritmik til va BBBTning boshqa
vositalari yordamida amalga oshiriladi. Talablarni bajarish menyudagi
ko’rsatmalarning muloqotli tizimi yoki QBE misolidagi talablar yordamida
ta’minlaydi. Birinchi holatda alohida talab BBBTning bir yoki bir necha buyruqlari
bilan bajariladi. BBBTning tili buyruqlarining ketma-ketligi buyruq fayli - dasturni
tashkil qiladi. Ikkinchi holatda – talabni bajarish uchun foydalanuvchi birin-ketin
menyuning bir yoki bir necha bandini tanlab oladi yoki talabda tanlab tuziladigan
misol (namunaning), shuningdek, zarurat tug’ilganda tanlash va hisoblash
operatsiyalarining shartini ko’rsatadi. Bu operatsiyalarni (BBBT Paradox, Accecs)
ma’lumotlari bilan bajarishi shart. Menyu buyruqlari va talablarning ketma-ketligi
va makrodasturda xotirada saqlanib qolishi va kelgusida xuddi buyruq fayli kabi
bajarilishi mumkin.
BBBT ishga tushiruvchi yoki dasturlashning baza tiliga ega bo’lishi
mumkin. Ishga tushiruvchi tilni BBBTda universal algoritmik tillar (SQQ, Pascal
va h.k)dan biri qo’llaniladi. Ishga tushiruvchi tilda yozilgan amaliy dastur BBBT
buyruqlarini ishga tushiradi. Baza tili BBBTda ma’lumotlar bilan amallar bajarish
opretsiyalaridan tahshqari turli hisoblashlarni va ma’lumotlarni ishlashga imkon
beruvchi o’z algoritmik tili ishlatiladi. Tuzilmalashgan talablar tili SQL
talablarning standart relyatsion tili hisoblanadi.
DOS muhitida ishlovchi tizimlar ichida ma’lumotlarning tarmoqli modeliga
ega bo’lgan dBase (Ashton –Tate kompaniyasi), Paradox (Borland), R:base
(Mierorim), Fox Pro (Fox Software), Clipper 5.0 (Nantucket), db-VISTA (Raima)
kabi relyatsion BBBTlar eng ko’p ommaviylashdi.
Uzoq vaqt davomida Xbase standariga mos tushuvchi BBBTlardan keng
foydalanildi. Biroq stolusti BBBTlari bozorida Xbase ulushi qisqarib bormoqda.
dBase, Foxbase, FoxPro BBBT lari ushbu oila vakillaridir.
2-mavzu: Tranzaksiya. Kureor. Saqlovchi proseduralar va trigerlar

Download 4.43 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guliston davlat universiteti berilganlar bazasini

Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish