|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
|
bet | 144/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIBosh kotibning faoliyati
Bosh kotib musobaqaning bosh hakamiga bo’ysunadi. Bosh kotibning majburiyalari:
bosh kotibiyat a’zolari orasida vazifalarni taqsimlash va ularning ishini tashkil etish;
shaxsiy va texnik talabnomalarning qabul qilinishini tashkil etish (ishtirokchilarni musobaqalarga kiritish hay’ati bilan hamkorlikda);
qaydnomalarni tayyorlash va ularni barcha xizmatlarga tarqatish;
alohida sport turlari bo’yicha kotiblar guruhlariga ko’rsatmalar berish va ular faoliyatini nazorat qilish;
shaxsiy va jamoaviy musobaqalar, shuningdek, ko’pkurashlar natijalarini chiqarish;
rekord dalolatnomalari tuzilishining to’g’riligini ta’minlash va nazorat qilish;
natijalar to’g’risidagi ma’lumotlarni bosib chiqarish va nusxasini ko’paytirishga rahbarlik qilish;
Startyor va uning yordamchilari
1. Startyorlar hay’ati tarkibiga kiradigan hakamlar startyor etib tayinlanishi mumkin.
Asosiy startyorning eng muhim vazifasi – ishtirokchilarning ham start signaligacha yugurishni boshlab yubormaydigan tarzda start berishdan iborat, qo’shimcha startyorlarning vazifasi – agar ishtirokchilar start qoidasini buzgan bo’lsalar va asosiy startyor ularni qaytarmagan bo’lsa, to’xtash va joylariga qaytish uchun signal berishdan iborat.
Startyorning majburiyatlari:
- ishtirokchilarning kelganligini tekshirish, start bayonnomasiga qayd etish, keyin marradagi kotibga topshirish;
- startda mavjud jihozlarni tekshirish;
- startda ishtirokchilar egallagan holatning to’g’riligini tekshirish;
- agar oldinroq qur’a tashlanmagan bo’lsa, uni amalga oshirish.
Marradagi hakamlar
Marradagi hakamlar to’g’ridan-to’g’ri kuzatib yoki maxsus asbob-uskunalar yordamida ishtirokchilarning marraga yetib kelish tartibini (ketma-ketligini) aniqlaydilar, o’rta va uzoq masofalarga yugurishda davralar hisobini olib boradilar.
Qisqa masofalarga yugurishda (400 m.gacha) hakamlar marraga yetib kelgan poyganing alohida qatnashchilariga orasidagi masofani marra chizig’i oldidagi 5 metrlik belgi chegarasida aniqlaydilar, hakamlar varaqasini to’ldirib, uni katta hakamga beradilar.
|
| |